Samarqand qishloq xo’jalik instituti iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti «tasdiqlayman»


    Qishloq xo'jaligida mehnat muhofazasini ta'minlash……………..……



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana30.12.2021
Hajmi0,62 Mb.
#194059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
asalarichilikni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish imkoniyatlari

5.    Qishloq xo'jaligida mehnat muhofazasini ta'minlash……………..……  

 

 

Xulosa va takliflar………………………………………………………… 



 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati………………………………..……. 



 

 

 

 


 

 



KIRISH 

 

Hozirgi    kunda  O'zbekiston  Respublikasi  bozor  iqtisodiyotiga  o'tayotgan  

sharoitda    mamlakatimizda    agrar    sohaga    ko'p  e'tibor  berilmoqda.  Aholi  soni 

tobora  o'sib  borayotgan  bugungi  kunda  iste'mol  tovarlari,  jumladan,  oziq-ovqat 

mahsulotlari  yetishtirishni  ko'paytirish  dolzarb  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Bu 

dunyoning  barcha  mamlakatlarida  aholining  oziq-ovqat  xavfsizligini  ta'minlash 

masalasini ustuvor vazifa qilib qo'ymoqda. Qolaversa, keyingi yillarda yer yuzida 

ro'y  berayotgan  global  iqlim  o'zgarishlari  tufayli  yog'ingarchilik,  qurg'oqchilik  va 

boshqa tabiiy ofatlar sodir bo'lishi kuchayib, qishloq xo'jalik ekinlari hosildorligiga 

putur yetkazmoqda.  

BMTning  Oziq-ovqat  va  qishloq  xo'jaligi  masalalari  bo'yicha  tashkiloti 

(FAO)ning  ma'lumotlariga  ko'ra,  bugungi  kunda  dunyodagi  86  ta  davlat  o'z 

aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlay olmaydi. Ya'ni, dunyoning 1 mlrd 

nafarga  yaqin  aholisi  ochlikda  kun  kechirmoqda.  Mamlakatimiz  iqtisodiyoti, 

xususan,  qishloq  xo'jaligining  barcha  jabhalarida  qo'lga  kiritilayotgan  bugungi 

zalvorli yutuqlar, Prezidentimiz Islom Karimovning rahnamoligida mustaqillikning 

dastlabki  yillaridanoq  bosqichma-bosqich  amalga  oshirib  kelinayotgan  keng 

ko'lamli  islohotlar  mahsulidir.  Yurtboshimiz  tashabbusi  bilan  1989  yilda,  ya'ni 

sobiq  ittifoq  davridayoq,  qishloq  aholisini  ijtimoiy  himoya  qilish,  ularning 

daromadlarini  oshirish  va  oziq-ovqat  mahsulotlari  yetishtirishni  ko'paytirish 

maqsadida  ko'plab  oilalarga  tomorqa  berilganligini

 

ta'kidlab  o'tish  joiz.  Buning 



natijasida  respublikamizda  1,5  million  oila  tomorqalarini  kengaytirish,  500 

mingdan ortiq oila esa yangi tomorqa yeri olish imkoniyatiga ega bo'lgan. Demak, 

jami 2 milliondan ortiq oila, ya'ni o'rtacha 10 milliondan ziyod qishloq aholisining 

ijtimoiy-iqtisodiy  muammosi  ijobiy  hal  etilgan.

 

Respublikamiz  mustaqillikka 



erishganidan so'ng qishloq xo'jaligining barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirishga, 

xususan  oziq-ovqat    mahsulotlaridan    asalni    ko'proq    yetishtirish    bilan    birga, 

ularning  sifatini  yaxshilash  va  tannarxini  arzonlashtirishga  katta  e'tibor 

berilmoqda.  Bu  borada  mustahkam  xom-ashyo  bazasini  yaratish,  ona  asalarilarni 




 

 



ko'paytirish,  naslchilik  ishlarini  yaxshilash,  asalchilik  tarmoqlarini  jadallashtirish, 

ixtisoslashtirish,  shuningdek  zamonaviy  asal  yetishtiruvchi  fermalarini  bunyod 

etish,  asal  yetishtirish  ishlarini  qisqa  muddatlarda  samarali  olib  borish,  barcha 

asalari  fermalarida  mahsulot    ishlab  chiqarish    yo’nalishiga    ko'ra    olingan  

mahsulotlarni  qayta  ishlash  va  ilg'or  mamlakatlar  tajribalarini  qullagan  holda 

qadoqlash,  saqlash  va  iste'molchilarga  jo'natish  ishlarini  to'g'ri  amalga  oshirish  

muhim  ahamiyat  kasb  etadi  

Mamlakatimizda  oziq-ovqat  mahsulotlarini  yanada  ko'paytirish  maqsadida 

baliqchilik,  parrandachilik,  chorvachilik  va  asalarichilikni  yanada  rivojlantirishga  

alohida e'tibor qaratilmoqda.  

O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006  yil  23  martdagi  «Shaxsiy 

yordamchi,  dehqon  va  fermer  xo'jaliklarida  chorva  mollarini  ko'paytirishni 

rag'batlantirish  chora-tadbirlari  to'g'risida»gi  hamda  2008  yil  21  aprelda  qabul 

qilingan  «Shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer  xo'jaliklarida  chorva  mollar 

ko'paytirishni  rag'batlantirishni  kuchaytirish  hamda  chorvachilik  mahsulotlari 

ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi 

qarorlari bu yo'lda muhim dasturilamal bo'lib xizmat qilmoqda.   

Mamlakatimiz  qishloq  xo'jaligining  barcha  yo'nalishlari  qatori  asalarichilik  

ham  jadal    rivojlanib    kelmoqda.  Asalarichilik  taraqqiyoti  tufayli  bozorlarimiz 

to'kin,  bu  boradagi  aholi  ehtiyojlari  qondirilayapti.  Bir  so'z  bilan  aytganda, 

asalarichilik el farovonligini oshirishning  muhim manbalaridan biriga aylandi.  

O'zbekiston    Respublikasi    Vazirlar    Mahkamasi    tomonidan  2009  yil  26 

fevralda    “2009-2011  yillarda  asalarichilik  sohasini  rivojlantirish  bo'yicha amalga 

oshiriladigan  chora-tadbirlar”  dasturi  qabul  qilinganligi  bu  sohada  qisqa  muddat 

ichida  erishilgan  yutuqlar  omili  bo'ldi.  Dastur  asosida  tarmoqning  moddiy-texnik 

bazasi  mustahkamlandi,  asalarichilikka  ixtisoslashtirilgan  xo'jaliklar  soni 

ko'paytirildi,  respublikamiz  iste'mol  bozori  sifatli  asal  va  asal  mahsulotlari  bilan 

uzluksiz ta'minlandi. Yurtimizda asal va asal mahsulotlari yetishtirish uchun yetarli 

sharoit va imkoniyat yaratilgan.   



 

 



Mamlakatimizning iqlim sharoiti chorvachilikning yana bir muhim sohasi — 

asalarichilikni rivojlantirish uchun juda qulay. Erta bahordan to kech kuzga qadar 

asalari  oilalaridan  mo'l  va  sifatli  asal  olish  mumkin.  Shu  bois,  keyingi  yillarda 

asalarichilikni  rivojlantirishga  katta  e'tibor  berilyapti.  Shaxsiy  yordamchi  va 

dehqon xo'jaliklarini tashkil etish borasida joylardagi ishchi guruhlari va mahalliy 

hokimiyatlar  bilan  birgalikda  asalarichilik  sohasiga  qiziqadigan,  talabgor 

shaxslarni  aniqlash,  ularning  ariza  va  talablarini  o'rganib  tegishli  hujjatlarni 

rasmiylashtirish 

hamda 

ro'yxatdan 



o'tkazish 

ishlari 


olib 

borilmoqda. 

Asalarichilikka  ixtisoslashgan  fermer  xo'jaliklarini  tashkil  etish  bo'yicha  joylarda 

tuman  va  viloyatlar  hokimliklari  tomonidan  tegishli  chora-tadbirlar  belgilanib, 

ularga  asalari  oilalari  va  jihozlarni

 

sotib  olish  uchun  kredit  mablag'lari  ajratish 



ishlari  amalga  oshirilmoqda.  Chorvachilikni  rivojlantirish  dasturida  belgilangan 

loyihalarni  amalga  oshirish  orqali  xalqimiz  dasturxoniga  arzon  va  sifatli 

mahsulotlarni yetkazib berish kabi muhim vazifani bajarishga erishiladi.  

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi Samarqand viloyati Samarqand tumanida, 

mamlakat  iqtisodiyotini  modernizasiyalash  sharoitida  va  oziq  ovqat  xavfsizligini 

ta'minlash    maqsadida  asalarichilik  ishlab  chiqarishini  tashkil  etish  va  uning 

samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar berishdir.  

  Biz bitiruv malakaviy ishini bajarishda quyidagi vazifalarni belgilab oldik:

 

 

  Samarqand  tumani    qishloq    xo’jaligi    korxonalarida  resurslar  salohiyati 



va ulardan  foydalanish  imkoniyatlarini o'rganish; 

  Asalarichilikning hozirgi holatini tahlil qilib, uni samaradorligini oshirish 

yo’llariini o'rganish; 

  Asalarichilik  mahsulotlari  miqdori    va  sifatini  oshirish  imkoniyatlari  

bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.  


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish