MAVZU: VII-XV- ASRLARDA YASHAB IJOD ETGAN O’RTA OSIYOLIK OLIMLAR HAYOTI VA IJODI. O’NLI KASRLARNING KIRITILISHI. - Bajardi:Tursunova X
- Xaitboyeva S.
- Tekshirdi:prof.Radjabov B.
- Muso al-XORAZMIY (783-850)
- Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o‘rta osiyolik buyuk matematik, astronom. Xivada tug‘ilgan, Bag‘dod shahrida vafot etgan. Arifmetika va algebra fanlarining asoschisi. Hozirgi zamonda keng qo‘llanib kelinayotgan “algoritm” atamasi al-Xorazmiy nomidan olingan. Uning “Al-jabr val-muqobala” (Tiklash va qiyoslash) risolasi ayniqsa mashhur. Bundan tashqari, uning “Ustunlar haqida risola”, “Quyosh soatlari to‘g‘risida risola”, “Tarix risolasi”, “Musiqa risolasi” singari asarlari bor.
- Axmad al-FARG‘ONIY (IX asr)
- O‘rta asrlarda tabiiy-ilmiy bilimlar rivojiga juda katta hissa qo‘shgan, keyinchalik asarlari G‘arb olimlari tomonidan chuqur o‘rganilgan Abdul Abbos Axmad ibn Muhammad ibn Kasr al-Farg‘oniyning tarjimai holi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar juda oz. U taxminan 797 yilda Farg‘onada tug‘ilgan va taxminan 865 yilda vafot etgan (qayerdaligi noma’lum).
- Axmad al-Farg‘oniy Damashqda, Kohirada, Bag‘dodda “Bayt ul hikma” – “Donishmandlar uyi”da Muso al-Xorazmiy va boshqa buyuk olimlar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borgan.
BUYUK SIYMOLAR - Abu Nasr Muhammad al-FAROBIY (873-950)
- Sharq falsafasining yetuk vakili – Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxon ibn Uzlog‘ al-Farobiy Sirdaryoning Farob tumanida tug‘ilgan. O‘rta Osiyodan ketguncha Shoshda, Samarqandda va Buxoroda o‘qib ishlagan. Bog‘dodga kelib tibbiyot, mantiq va grek tilini o‘rgangan. Shuningdek Xaleb va Damashqda ijod qilgan. Al-Farobiy Aristotel, Platon, Yevklid va Ptolemey asarlariga izoh tuzgan. Uning asarlari ibn Sino uchun, Yevropaning o‘rta asrlar falsafasi va fani uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Yevropa uchun Farobiyning ismi lotinlashtirilgan Alpharabius nomi bilan ma’lum. Unga qarashli asarlar: “Geometrik yasashlarga doir qo‘llanma”, “Yulduzlar to‘g‘risida ishonchli va ishonchsiz hukmlar haqida risola”, “Fizika fani elementlari haqida yuqori fikrlar kitobi”, “Ximiya san’atining zaruriyatlari haqida” va boshqalar.
- Abu Rayhon BERUNIY (973-1048)
- Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad Xorazmning Kot shahrida (hozirgi Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasidagi Beruniy tumani) tug‘ilgan. O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi. U barcha fanlarni, birinchi navbatda, astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, etnografiya fanlarini puxta egallagan va bu sohalarda yirik asarlar yaratgan. Uning “Geodeziya”, “Hindiston”, “Qonuni Mas’udiy”, “Saydana” singari mashhur asarlari bor. 1048-yilning dekabr oyida G‘azna shahrida vafot etgan.
BUYUK SIYMOLAR - Abu Ali ibn SINO (980-1037)
- Abu Ali ibn Sino Buxoroning Peshku tumanidagi Afshona qishlog‘ida dunyoga kelgan. O‘rta asrning buyuk qomusiy olimi: tibbiy ilmlarning donishmandi, tabiatshunos, faylasuf, filolog, shoir. Yevropada “Avitsena” nomi bilan mashhur. Asli ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh, Abu Ali ibn Sino taxallusidir.
- Umar XAYYOM (1048-1131)
- G‘iyosiddin Abul Fath ibn Ibrohim Umar al-Xayyom Nishapuri o‘rta osiyolik shoir va olim, matematik, astronom, faylasuf. Nishapurda (Eronning shimoliy qismida) tug‘ilib, uning bolaligi Balxda o‘tgan, hayoti va faoliyati esa Samarqandda, Buxoroda, Isfaxonda kechgan. Ruboiylar (to‘rtliklar) ning ajoyib ustasi. Matematik asarlari uning o‘z zamonasining buyuk olimligini xarakterlaydi. Asosiy asarlari – “Arifmetika qiyinchiliklari”, “Algebra va almuqobala masalalarining isbotlari haqida”, “Yevklid kitobining qiyin postulatlariga izohlar”, “Jism tarkibida bo‘lgan oltin va kumushning qiymatini aniqlash san’ati haqida”.
BUYUK SIYMOLAR - O’nli kasrlar- mahraji 10 ning natural darajalaridaniborat kasr. O’nli kasrlar va ular ustida amallar to’g’risida G’iyosiddin Koshiyning 1427- yilda yozilgan “ARIFMETIKA” (“Muftoh ulhisob”) asarida birinchi marotaba bayon qilgan.
- O’nli kasrlarning hozirgi ko’rinishda yozilishiga qadar butun qismidan keyin qavs ichida (0) yozish odat bo’lgan. Masalan: 3,7 ni 3(0)7 ko’rinishda yoki vertikal chiziq bilan ajratilgan (3|7) yoxud turli rangli siyohda yozilgan. Masalan, butun qismi qora, kasr qismi qizil siyohda yozilgan. Butun qismidan keyin vergul “,” ishorasini qo’yish nemis olimi I.Kepler (1571-1630) tomonidan kiritilgan.
TA’RIF: agar kasrning mahraji 10ⁿ dan iborat bo’lsa , o’nli kasr deyiladi. Bu holda suratni mahrajga bo’lish jarayoni yakunlanadi.Misol uchun, - TA’RIF: agar kasrning mahraji 10ⁿ dan iborat bo’lsa , o’nli kasr deyiladi. Bu holda suratni mahrajga bo’lish jarayoni yakunlanadi.Misol uchun,
- 10/10=1
- 4/10=0,4
- 7/100=0,07
- 147/100=1,47
Do'stlaringiz bilan baham: |