Samarqand mintaqasining turistik resurslari salohiyati Reja


NODIR DEVONBEGI MADRASASI



Download 38,99 Kb.
bet8/9
Sana18.07.2022
Hajmi38,99 Kb.
#820113
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Samarqand mintaqasining turistik resurslari salohiyati Reja

NODIR DEVONBEGI MADRASASI. Nodir Devonbegi madrasasi naqshbandiya tariqatining yirik vakillaridan biri, buyuk nazariyotchi va nufuzli shayx Xoja Ubaydulloh Ahror ziyoratgohiga yaqin joylashgan bo‘lib, hijriy 1040 (melodiy 1631) yil ashtarxoniylar sulolasining namoyandasi Subhonqulixon saltanati davrida, Nadirbiy Tog‘ay nomi bilan tanilgan Nodir Mirzo Tog‘ay ibn Sulton Arlot tomonidan qurilgan.
Bu madrasa Hoja Ahror xonaqosi yonida joylashganligi bois, xalq orasida “ Hoja Ahror madrasasi ” deb ham yuritiladi. Mazkur madrasaning Xoja Ahrori Valiy xonaqosini ng yonida barpo qilinishini Nodir Mirzo Tog‘ay ibn Sultonning Hojaga bo‘lgan cheksiz hurmati belgisi, deb tushun ish mumkin.
Madrasa katta masjid, darsxona vazifasini o‘tagan zaldan, to‘rt ta darsxona va 28 ta hujralardan iborat. Katta zal ustida hashamatli gumbaz mavjud.
XOJA AHRORI VALIY MAJMUASI. XV asrning mashhur din peshvosi, yirik jamoat va siyosat arbobi Xoja Ahrori Valiy (Xoja Nasriddin Ubaydulloh ibn Mahmud Shoshiy) hijriy 806 yilning ramazon oyida, ya’ni melodiy 1404 yilning mart oyida Toshkentda tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bekning kuyovi Mirzo Abdullo (1450-51) hukumronligi davrida Samarqandga u bilan uchrashish maqsadida kelgan Xoja Ubaydulloh niyatiga erisholmay Shoshga qaytadi. Faqat Sulton Abu Sayid Mirzo hokimligi boshlangach, uning iltimosiga ko‘ra Samarqandga ko‘chib keladi. Xoja Ahror 895 hijriy yilning rajab oyida – 1490 yil fevral oyining 21-kunida Kamongaronda olamdan ko‘z yumdi. Uning tabarruk jasadi Xoja Kavshiy mahallasi mozori (hozirgi Xoja Ahror mozori)ga dafn etilgan. Qabri ustida xotira lavhasi qo‘yilib, keyinchalik bu mozorda uning yaqinlari, shogirdlari ham dafn etilgan.
BIBIXONIM jome masjidi. Amir Temur jome masjidi Markaziy Osiyodagi eng yirik inshootlardan biri hisoblanadi. Tarixchi G‘iyosiddin Ali Yazdiy “ Zafarnoma ” asarida “ …801 yil Ramazoni Sharif oyining to‘rtinchi kunida ( milodiy 1399 yil, 10 may) Amir Temur masjid uchun poytaxtning eng yaxshi joyini tanladi. Mashhur ustalar va me’morlar bu ulkan imoratning loyihasini tuzdilar va eng saodatli kunlar da uning poydevorini qurishga kirishdilar ”, deb yozib qoldirgan. Sohibqiron Amir Temur masjid qurilishi vaqtida harbiy yurishlarda bo‘lganligi bois qurilishga Saroymulkxonim – Bibixonim rahbarlik qilganligi uchun el ichida Bibixonim masjidi, deb yuritiladi. Samarqand mintaqasi respublikamizda tabiiy va iqtisodiy geografiya jihatdan qulay xududda joylashgan bo‘lib, uning tabiiy shart-sharoiti, yer usti tuzilishi geografik jihatdan chegaralanishi, ya’ni uning janub va shimol hamda shimoli-sharq tomonlari tog‘ va tog‘liklardan iboratligi ham turizm sohasida juda katta mazmun kasb etadi. Uning chegaralari shimolda Nurota tog‘lari (Oqtov, Qora tog‘, G‘o‘bdin tog‘, Qo‘ytosh tog‘i), janubdan Zarafshon tog‘ tizmalari (Chaqilqalon, Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq h.k.) bilan o‘tadi. Samarqand viloyati umumiy yer maydoni 16,77 ming kv.km. bo‘lib, uning aholisi 2,9 mln. kishini tashkil qiladi. Viloyatning asosiy yer usti tuzilishi o‘ziga xos bo‘lgan tabiiy va landshaft xususiyatlari rekreatsiya resurslarining rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Uning tekislik qismida ya’ni Zarafshon daryosi sohillarida, Qarnabcho‘l va Jom kabi cho‘l hududlarida sayyohlikning cho‘lu-dasht kabi ekoturizm turlarini tashkil etish mumkin.
Viloyatning yer osti va yer usti gidrologik suv resurslari, tog‘, tog‘ oldi etaklari hamda tog‘ oralig‘i soylarida tabiiy ravishda hosil bo‘lgan landshaftlar (tabiiy manzaralari), yam-yashil o‘rmonzorlar (Omonqo‘ton), tog‘u-tosh jinslar shakllari (Qoratepa), tog‘ daralari (chuqurliklari), g‘orlar (Hazrati Dovud, Kelsi, Lev), noyob tabiat yodgorliklari (Kamongaron, G‘us), shifobaxsh buloqlar, Yuqori chinor (Mingchinor), Qaynar buloq, Rohatbuloq, ajoyib ko‘llar (Muz buloq, Alvasti ko‘llari), go‘zal shar-sharalar (G‘ussoy, Kamangaron) va hakozolar mintaqamiz turizm imkoniyatlarini yanada oshiradi. Viloyatimiz «qon tomiri» bo‘lgan Zarafshon daryosi, muzliklar va qorlardan to‘yingan holda vodiy aholisini, hamda barcha xalq xo‘jalik tarmoqlarini suv bilan ta’minlovchi asosiy manbaidir. Zarafshon daryosi qadimiy turistik ob’ektlarga boy yaxlit sayyohlik majmuasi (kompleksi) hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, viloyatning tog‘, tog‘ oldi hududlarida mavjud bo‘lgan beqiyos shifobaxsh, tibbiyot va boshqa sohalarda keng ko‘lamda foydalanadigan chashma va buloq suvlari o‘zining ekologik jihatdan tozaligi, XIlma-XIl kimyoviy elemerntlarga boyligi bilan alohida ajralib turadi. Ular aholi sog‘ligini tiklash, sog‘lomlashtirish, dam olish uchun qo‘lay imkoniyatlarni yaratadi va mintaqamizda rekreatsiya (sog‘lomlashtirish, hordiq chiqarish) turizmning ahamiyatini oshiradi. Bunday tabiiy maskanlar viloyatimizning Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo‘shrobod va boshqa tumanlari tog‘, toqoldi hududlarida tarqalgan bo‘lib, ulardan turizm maqsadida foydalanish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Samarqand viloyati Pomir Olay tog‘larining g‘arbiy chekkasida, Zarafshon daryosining o‘rta qismida joylashganligi ham bu yerda rekreatsion turizmni rivojlantirishning ikoniyatlari yuqoriligidan darak beradi. Viloyat yuqorida sanab o‘tilgan tabiiy rekreatsiya resurslariga ham boydir.
Samarqandning tabiiy-iqlimiy sharoiti, qulay geografiq joylashuvi, muloyim ob-havosi (qishda 10 darajagacha iliq, yozda 35 darajagacha issiq), tabiiy suv manbalarining mo‘lligi, tog‘lar, Zarafshon daryosining yaqinligi betakror joziba yaratib, ko‘plab turistlarni jalb qiladi. Tabiatiga ko‘ra betakror va ertaklaridek so‘lim qo‘riqxona hududlari, Shveysariya Alplariga o‘xshash, Urgut, Nurobod, Ming Chinor, Ming Archa, Jomboy qo‘riqxonasi, G‘o‘s, Omonqo‘ton, Ohalik, Mironqul, Oqsoy qimmatli turistik zahiralar bo‘lib, ekstremal, piyoda, otliq, alpinizm, speleoturizm, rafting va boshqa turistik mahsulotlarni olg‘a surishda ulkan imkoniyatlarga egadirlar.



Download 38,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish