HAZRATI XIZR MASJIDI. Hazrati XIzr masjidi Samarqand shahrining muqaddas ziyoratgohlaridan biridir. U Samarqanddagi birinchi musulmon masjidi va me’moriy obidasi sifatida e’tirof etiladi. Masjid Qutayba ibn Muslim tomonidan qurilib, Hazrati XIzr nomi bilan atalgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab sajdagohi mavjud bo‘lgan. VIII asrda arablar tomonidan otashparastlarning ibodatxonalari buzib tashlanadi. Shu tepalikdagi ibodatxona o‘rniga Qutayba ibn Muslim tomonidan birinchi masjid binosi quriladi va Hazrati XIzr nomi bilan ataladi. Hoja Doniyor, Qusam ibn Abbos va Hazrati XIzr ziyoratgohlari aslida bitta majmua bo‘lgan. Masjidga kiraverishdagi marmar toshda ko‘rsatilgan “1854 yil” yozuvi uning Buxoro amiri Amir Muzaffarxon tomonidan tiklanganligiga ishoradir. 1899 yilda masjidning ayvon va darvozaxona qismi qayta qurilgan. Darvoza yuzasiga yozilgan hijriy 1336 yil (melodiy 1916-1917 yillar) yozuvi darvozaxona va minoraning qayta tiklangan vaqtini anglatadi. Fikrimizni xonaqoh mehrobidagi 1274 yil hijriy (1854 melodiy yil), 1302 hijriy yil (1884 melodiy yil) degan yozuvlar isbotlaydi. Mustaqillik yillarida hazrati XIzr masjidi mamlakat rahbariyati qo‘llab-quvvatlashi bilan bir necha bor mukammal ta’mirlandi, masjid yonida joylashgan Arzis qudug‘i qayta tozalanib, qadimiy holiga qaytarildi. Musulmon dunyosida XIzr alayhissalomning nufuzi haqida ko‘p gapirish mumkin. Bu payg‘ambar Haq taolo tomonidan aziz tutilgan zotlardan biri bo‘lib o‘tgandir.
Hazrati XIzr shajaralari eski manbaalarda quyidagicha keltirilgan:
Xizr alayhissalom.
Binni Mulko.
Binni Qole’.
Binni Omir.
Binni Mard.
Binni Hud.
Binni Shoyix.
Binni Sadad.
Binni Arfaxshod.
Binni Som.
|
Binni Nuh
Binni Lamak.
Binni Matushalax.
Binni Idris.
Binni Bard.
Binni Mahloyil.
Binni Qaynon.
Binni Anush.
Binni Shis.
Odam Safiyulloh alayhissalom
|
Tarixchi Abu Tohirxojaning «Samariya» asarida ushbu shaharning masjidlari va madrasalarining xosiyat va sifatlari to‘g‘risidagi bobida shunday fikrlar keltiriladi:
«Hazrati XIzr alayhissalom masjidi. Shahar tashqarisida Afrosiyob tepasi ustida, Ohanin, darvozasining qarshisidadir. Aytadilarkim, Samarqandda eng avval solingan masjid ushbudir. Imom Qutayba Hazrati XIzr ishorati bilan imorat qilgandir. Boshqa bir rivoyatga ko‘ra, qiblasini sahobalar tiklaganlar. Ba’zi kishilarning aytishlariga qaraganda, uning mehrobini Hazrati XIzr to‘g‘rilagan. Derlarkim, bir kimsa 40 dushanba kuni ulashtirib bomdod namozini o‘sha masjidda o‘tasa, Hazrati XIzrni ko‘rar emish. Ushbu masjid Amir Muzaffarxonning xonligi chog‘ida qayta imorat qilingan».
O‘tmishda Samarqand shahri ko‘plab marotaba istilochilar tomonidan zabt qilingan. Har bir tariXIy vaziyatda ushbu yodgorlikka alohida bir urg‘u berilib kelingan. Masjid o‘zining jug‘rofik joylashuvi jihatdan shaharning eng baland va namoyon nuqtasidan o‘rin olgan bo‘lib, yana bir asosiy tomoni uning shahardan tashqari, Kesh darvozasi yo‘li yoqasida joylashishidir.
Ushbu darvozadan Baqtriya, Hindiston, Eron va boshqa davlatlardan savdo karvonlari kirib kelishgan va masjidning yon bag‘rida butun shaharni ichimlik suvi bilan ta’minlovchi Arziz qudug‘i va arig‘i joylashganligi masjidning mavqeini yanada ko‘targan.
VII asrda arab xalifaligi Samarqand shahrini zabt etib, shahardagi barcha otashparastlarning ibodatxonalarini buzib tashlashadi, lekin Hazrati XIzr masjidini saqlab qoladilar va bu joyni hatto obodonlashtiradi. Qadimdan XIzr payg‘ambar «o‘lmas shaxs» hisoblanib, u yer ostidagi konlar, boyliklar, suv piri barcha insonlarning hojatbarori va sayyohlarning piri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |