Qusam ibn Abbos majmuasi. Chortoqning sharq tarafida ikki tabaqali o‘ymakor qayrag‘och eshik bor. Eshik Amir Temurning farmoyishiga binoan usta Said Yusuf Sheroziy tomonidan 1404-1405 yillar mobaynida ishlangan. Eshikning naqshlari takrorlanmas san’at namunasi asosida ishlanib, undagi arabiy yozuvlar ustida fil suyaklaridan qadama bezaklar ishlangan. IKKI tabaqa eshikdan birida quyidagi so‘zlar bitilgan: «Jannat eshiklari kambag‘al faqirlar uchun ochiqdir». Ikkinchi tabaqasida esa «Rahmat eshiklari rahimlilar uchun ochiq» deyilgan.
Qusam ibn Abbos maqbarasi kompleksida eng asosiy va qadimiy maqbara hisoblanadi. Maqbara XIlxona va ziyoratxonadan iborat. Ziyoratxona ichidagi janubiy devorning yog‘och panjarasi orqali Xilxonadagi Qusam ibn Abbos qabrtoshini ko‘rish mumkin.
IMOM AL-BUXORIY YODGORLIK MAJMUI.Muhammad ibn Ismoil - hijriy 194 yil (milodiy 810 yili) shavval oyi 13 sanasida Buxoro shahrida tavallud topgan. Aytishlaricha, u juma namozi o‘qilgandan so‘ng tug‘ilgan ekan. Al-Buxoriy go‘dakligidanoq o‘zidan katta yoshdagi o‘quvchilar bilan maktabga qatnab, ular oladigan darslarni tez o‘zlashtirib ola boshladi. O‘n yoshida hadislarni yodlay boshlad va shuningdek hadislarni to‘play doshlaydi. Al-Buxoriy «Al-Jome’-as-sahih» kitobini yozayotgan vaqtda ustozlarining sonini hisoblab: «Men hadislarni bir ming sakson muhaddisdan yozib oldim» hamda «Yuz ming sahih - ishonarli va ikki yuz ming ayri sahih - ishonchsiz hadis yodladim» deb qoldirgan. Al-Buxoriy Makkada Abu Bakr Abdullo ibn az-Zubayr-il-Humaydiy, Abul-Valid Amad ibn Muammad-il Azraiy, Abdullo ibn Yazid-il Muriy, Madinada Abdul-Aziz ibn Abdullo al-Avaysiy, Mutrif ibn Abdullo ibn Hamza, Ibroim ibn al-Munzira al-Haramiy kabi ustozlardan tahsil olgan.
Bugungi kunda uning quyidagi kitoblari ma’lum. «Al-jome’ as-sahih» (Ishonarli to‘plam)
«At-tarix al-kabir» (Katta tarix).
«At-tarix as-sag‘ir» (Kichik tarix).
«Az-zua’fa as-sog‘ir» (hadisning zaiflari haqida kichik kitob).
«Al-kuno» (Faqat laqablari ma’lum rivoyatchilar haqida kitob).
Ushbu to‘qqiznomdagi kitob ko‘plab marta nashr etilgan. Qolgan kitoblarining esa nusxalari saqlanib qolmagan.
Imom al-Buxoriy bilan Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy o‘rtasida ziddiyat vujudga keldi va Buxoroni tashlab chiqib ketdi. Imom Al-Buxoriy ketishlarida, dastlab bobosi Mug‘ira tug‘ilgan «Baykand» (hozirgi Qorako‘l tumanidagi Poykent) qishlog‘iga boradi. Biroz vaqtdan keyin esa Samarqand shahridan 22 chaqirim uzoqlikdagi Hartang qishlog‘i (hozirgi Payariq tumani)ga kelib qo‘nim topadi. Shu yerda ilm – fan bilan shug‘ullanadi va shu yerda vafot etadi.
Imom al-Buxoriy dafn etilgan Payariq tumani Hartang qishlog‘idagi qabriston musulmon ahlining eng tabarruk va aziz ziyoratgohlaridan bo‘lib kelgan. XVI asrda Imom al-Buxoriy qabri ustiga mo‘’jazgina maqbara, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin sobiq sho‘ro tuzumi davrida bu maskan qarovsiz qolgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 29 apreldagi «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi Qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodgorlik majmui O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, XIVa, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo‘qon va Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998 yilda qurildi.