BK=KK/(1+F)S=242000/(1+0.1)2=200000
Diskontlashtirish investitsiyalarning kelgusi qiymatini baholashda, qimmatli qog‘ozlarning qiymatini aniqlashda, bank, sug‘urta, valuta amaliyotida va boshqa hollarda keng qo‘llanishi lozim. Misol uchun, tadbirkorga 3 yildan so‘ng 100000 so‘m zarur bo‘lsin. Shu maqsaddatadbirkor 3 yildan keyin uziladigan(qaytariladigan) va umumiy qiymati 100000 so‘mdan iborat bo‘lgan obligatsiyalarni sotib olish istagini bildirdi. Shu obligatsiyalar bo‘yicha yillik daromad darajasi 9% ni tashkil etsin. Ana shularga asoslangan holda «biz o‘sha obligatsiyalar uchun hozir(bugun) qancha to‘lashimiz kerak?» — degan savolga javob berishimiz mumkin.
BK=100000:(1+0.09)3=100000:1.295=77220 so‘m
Mazkur aytib o‘tilgan 3 asosiy qoidani bilgan holda endi investitsion loyihani tanlash bo‘yicha aniq bir misol bilan tanishib chiqaylik. Bu misolning qiziqarli va diqqatga sazovor ekanligi shundaki, taklif etilayotgan har ikkala muqobil variant birinchi ikki qoida nuqtayi nazaridan foydasizdir. Lekin shunday bo‘lishiga qaramasdan moliyaviy menejer tomonidan rad etilmayotir. Shunday qilib, tadbirkor «Z» yo‘nalishidagi mahsulot turini ishlab chiqarish uchun korxona mablag‘-larini investitsiya qilmoqchi. Lekin uning oldida 2 loyiha mavjud. 1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga o‘z munosabatimizni quyidagi ketma-ketliklar tartibida bildirishga harakat qilamiz:
1. Investitsiyalarning o‘rtacha yillik rentabellik darajasini bank kreditining o‘rtacha foiz stavkasi bilan taqqoslaymiz. Har ikkala loyihalarga nisbatan mablag‘larni bankda saqlash foydaliroq. Lekin «B» loyiha bo‘yicha qo‘ldan chiqarilgan afzalliklar nisbatan kamroq. Shu nuqtayi nazardan olib qaralganda «B» loyiha (foydalilik nuqtayi nazaridan) hozircha yutuqli holatdir.
2. Loyihalarni inflatsion zararlardan(yo‘qotmalardan) sug‘urtalanganlik (himoyalanganlik) nuqtayi nazaridan taqqoslaymiz.
8.4. Ishlab chiqarish investitsiyasi tahlili
Mablag‘lardan foydalanishda ishlab chiqarish yo‘nalishi ham korxona, ham jamiyat uchun ma’qulroq bo‘lar edi. Chunki ishlab chiqarishda aniq turdagi mahsulot (ish, xizmat) yaratilib iqtisodiy qiymat bilan birgalikda iste’mol qiymati hosil qilinadi. Bahosi hamda iste’mol qiymati va uning sifati xaridor talabini qondirsa, mazkur turdagi mahsulot (ish,xizmat) ishlab chiqarish davomiyligi oshadi. Demak, mablag‘ aylanishi ta’minlanadi. Eng asosiysi investorlar sarflagan mablag‘idan ko‘zda tutilgan samara oladilar. Dastlabki saxifalarda investorlar o‘z mablag‘larini asoslangan loyihalarga ko‘ra aniq yo‘nalishga sarflash variantlarini muqobillik tarzida tanlab olishni ko‘rib chiqdik. Endigi masala agar investor ishlab chiqarish yo‘nalishiga sarflangan mablag‘larini joriy davrdagi va joriy davr yakunlangan holati hamda ularning yillar bo‘yicha dinamikasini belgilangan rejaga muvofiq, bozordagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holdagi ahvolini tahlil qilib, ularni umumlashgtirib, tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi ahamiyatini o‘rganamiz. Bu bilan faoliyat yo‘nalishidagi kamchiliklarni bartaraf etib, yanada samarali bo‘lgan imkoniyatlarni topib, ularni joriy qilishga erishiladi. Investitsion faoliyatini tahlil qilish, avvalo, ta’minot rejasini bajarishni o‘rganishdan boshlanadi. Bu jarayonda rejada belgilangan asosiy va aylanma aktivlar (ularning turi bo‘yicha)ni kelib tushishi yoki ishlab chiqarishga berilishi holati, reja va haqiqiy ma’lumotlarni taqqoslash yo‘li bilan ko‘riladi. Aniqlangan og‘ishishlar yoki kechikishlar sabablari aniqlanadi. Ular tufayli erishiladigan moliyaviy natijaga ko‘rsatilgan salbiy ta’sir miqdori o‘rganiladi, mas’uliyatli shaxslarga nisbatan tegishli ko‘rsatmalar beriladi. Mazkur usuldagi tahlil tezkor yoki muayyan davrni qamrab olgan holda (masalan: choraklik, yillik) o‘tkazilishi mumkin. Albatta, tahlil natijasida olingan xulosalardan samarali foydalanish imkoniyati qo‘ldan boy berilmagan davrda mazkur tadbir o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Mablag‘ aylanishining bevosita ishlab chiqarish bosqichida asosiy va aylanma aktivlarini haqiqiy miqdor va qiymat sarfi belgilangan reja bo‘yicha amalga oshirilishi tahlil etiladi. O‘zgarishlar sabablari o‘rganiladi. Ishlab chiqarishga sarflangan investitsiyalarni tahlil qilishda ularning moliyalashtirish manbalarini ham alohida o‘rganib chiqish talab etiladi. Chunki, majburiyat asosida moliyalashtirish, o‘z qiymati bilan birgalikda ma’lum bir foiz to‘lovini ham keltirib chiqaradi. Bu esa, erishilgan foydani pirovard natijada kamayishiga ta’sir etadi.Muayyan faoliyatni investitsiyalash jarayonida uzoq muddatli aktivlarni jalb etishda o‘z mablag‘lariga sotib olish, kredit, lizing yo‘li yoki ijara munosabatlari bilan olish variantlari ham o‘zaro taqqoslanib eng yaxshi deb topilgan tadbir tanlab olinadi. Bunda qiymat jihatdan eng arzon, qaytimi o‘z o‘simiga ega, moliyalashtirishning qulayligi kabi
jihatlariga e’tibor beriladi. Aylanma mablag‘lardan unumli foydalanishda ham yuqorida aytib o‘tilgan tomonlar chuqur tahlil talab qilinadi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, investitsiya yo‘nalishini ishlab chiqarishga burish eng avvalo alohida jamoa hamda davlat manfaatlariga mos tushadi. Chunki moddiy ne’matlar ko‘payadi hamda iste’mol qililadi.
Investorlarga esa ishlab chiqarishni rivojlantirganligi uchun soliq qonunchiligi bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |