Kalit so’zlar va iboralar Moliyaviy tahlii, moliyaviy boshqaruv, noliyaviy mustahkam, barqarorlik, likvidlik, rentabellik, ho’jalik faoliyayi tahlili
Topshiriqlar 1-masala. Vaziyatli masala Samarali va normal ish faoliyatini tashkil qilish, mraketing tadqiqotlarini o‘tkazish uchun xodimlar bo‘limi rahbari firma prezidentidan korxonani malakali marketing tadqiqotchi xodimlar bilan ta’minlash vazifasini oldi.
Yangi xodimlar bo‘limi funksiyalari boshqa an’anaviy faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘limi funksiyalaridan farq qilishini hisobga olib, prezident belgilangan vazifalarni aniq qilib qo‘ydi:
1.Xodimlar bo‘limi boshqaruv tuzilmasini tasdiqlash va marketing tadqiqotlari funksiyalarni ishlab chiqish.
2.Xodimlarni tanlash va joylashtirish tamoyillarini, xodimlar malakasini oshirish tizimini, korxonani marketing tadqiqotlari uchun zarur kadrlar bilan ta’minlash tizimini ishlab chiqish.
3.Buning uchun quyidagilarni aniqlash:
kadrlarga bo‘lgan talab;
kasb tayyorgarligi darajasi;
mehnatga haq to‘lash darajasi.
4.Korxona jamoasida ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish uslubiyatini ishlab chiqish.
5.Korxona marketing tadqiqotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish.
6.Amal qilayotgan ish bilan ta’minlash tizimiga baho berish hamda korxonani marketing tadqiqotlari xizmatchilari bilan ta’minlashning ichki va tashqi manbalarini aniqlash.
Prezidentdan topshirini olgach, xodimlar bo‘limi rahbari bir qator vazifalarni bevosita funksional bo‘linmalarga topshirdi. Bunda u kiritiluvchi takliflar muhokama uchun xodimlar bo‘limi Kengashiga kiritilish lozimligini aytib o‘tdi.
2- masala. Test 1. Quyidagilar ichida Joan Vayolet Robinsonning asarini toping.
A) Nomonopolistik raqobat nazariyasi
B) Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi*
S) Oligapolistik raqobat nazariyasi
D) Monopolistik raqobat nazariyasi
2. Ushbu fikr kimga tegishli? «Monopoliyaning mohiyati –bu taklif va narx ustidan nazorat bo‘ladi».
A) E. Chemberlin*
B) J.B.Seyning
S) J. V. Robinson
D) A. Smit
3. “Quvvatlar ortiqchaligi fenomeni” kimga tegishli?
A) J.B.Seyning
B) A. Smit
S) E. Chemberlin*
D) J. V. Robinson
4. 1937 yil “Nomukammal raqobat” va “Monopolistik raqobat” bir xil hodisaning ikki nomi deb tushuntirgan olim kim?
A) J.B.Seyning
B) A. Smit
S) E. Chemberlin*
D) J. V. Robinson
5. “Nomukammal raqobatning iqtisodiy nazariyasi” asarining muallifi kim?
A) J.B.Seyning
B) A. Smit
S) E. Chemberlin
D) J. V. Robinson*
6. O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonun qachon qabul qilingan?
A) 1992 yil, avgust*
B) 1995 yil, may
S) 1991 yil, mart
D) 1997 yil, iyun
7. «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra quyidagilar man etiladi.
A) Bozorda ataylab taqchillik hosil qilish
B) Narxlarni monopollashtirish
S) Raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash
D) Barcha javoblar to‘g‘ri*
8. Quyidagilardan qaysi bir hatti-harakatlar monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid hisoblanadi?
A) xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni cheklashga qaratilgan bitimlari
B) xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bozordagi ustunlik holatining suiste’mol qilinishi
S) davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyati organlarining raqobatni cheklashga yo‘naltirilgan hatti-harakatlari
D) Barcha javoblar to‘g‘ri.*