O‘zbekiston turoperatorlarining ikki xil turistlik mahsulotni (turini) oling va ularning iste’molchilik xususiyatlarini baholang. Ularni taqqoslang va xulosa qiling.
Tadqiqot qilanayotgan turlardagi xizmatlar optimalligini baholab xulosa chiqaring. Qaysi hollarda optimalroq dastur taklif etiladi? Bu ishlab chiqarishning qaysi omillariga bog‘liq?
Tadqiqot qilanayotgan turlarning har birida mehmondo‘stlikni ta’minlash dasturini ishlab chiqing.
Turoperatorlar reklama e’lonlarini tahlil qiling va ular orasidagi inklyuziv turlarni ajrating. Bunda o‘z qaroringizni tushuntirib bering.
Biror bir inklyuziv turning qo‘shimcha xizmatlarni inobatga olgan holda asosiy xizmatlar to‘plamini tuzing.