20. TURIZMGA OID RASMIYATCHILIK VA HUJJATLAR
Reja:
-
Turizmga oid rasmiyatchilik tushunchasi va uning mazmuni.
-
Bojxonaga oid turizm rasmiyatchiliklari.
-
O‘zbekistondagi bojxona qoidalari.
-
Turizmga oid hujjatlar.
-
Turist uchun tibbiy rasmiyatchiliklar tartibi.
-
Turizmga oid rasmiyatchilik tushunchasi va uning mazmuni.
«Forma» lotin tilidan tarjima qilinganda o‘rnatilgan tartib ma’nosini beradi. «Formalniy» o‘rnatilgan namuna bo‘yicha bajarilgan demakdir. «Formalnosti» - «Rasmiyatchilik» - biror bir muhim va ma’suliyatli ishni bajarishda talab qilinadigan, qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan shartlar yoki harakatlardir.
Xorijiy mamlakatga birinchi marta turist sifatida tashrif buyurmoqchi bo‘lgan shaxslar odatda faqat chegaraga oid va bojxona rasmiyatchiliklari mavjud deb o‘ylashadi. Biroq, turist o‘z davlatiga olib kirishi mumkin bo‘lgan bir talay hayot uchun o‘ta xavfli kasalliklar mavjud, tropik mamlakatlarga kirishni tartibga solib turadigan sanitar – epidemiologik qoidalar ham juda muhim ekanligiga e’tirozlar bo‘lmasa kerak. Tibbiy sanitar qoidalarini bilish va ularga qat’iy amal qilish turistni sayohat chog‘idagi ko‘plab ko‘ngilsizliklardan saqlaydi.
Chegaradan hayvonot va o‘simliklar namunalarini o‘tkazishning qat’iy belgilangan tartibi ham; xorijga safar chog‘ida sug‘urta qilish masalasi ham turist uchun muhim ahamiyatga egadir.
Bundan tashqari, bir qator boshqa, qonunchilik tomonidan davlat manfaatlari va jamoat xavfsizligi hamda sayohat qilayotgan shaxslar va atrof-muhit muhofazasi nazarda tutilgan xalqaro turizmning keng ommaga deyarli noma’lum shartlari va qoidalari ham mavjud.
Yana shuni unutmaslik lozimki, xalqaro turizm faoliyatini umumqabul qilingan jahon amaliyotiga muvofiq yo‘lga qo‘yish zarur, bunga quyidagilar misol bo‘ladi: xalqaro turizm faoliyatini litsenziyalash, turizmni uning tarkibidagi xizmatlar xavfsizligiga oid sertifikatlash, ekologik muhofazalanmagan alohida hududlarga tashrifni cheklash, mamlakatga xorijiy fuqarolar kirib kelishi va istiqomat qilishning tartibi.
Shunday qilib, turizm rasmiyatchiliklari – bu turist, turistlik firmasi (keyinchalik turfirma) va boshqa davlatga tashkil qilinayotgan sayohatni tayyorlash va o‘tkazishga aloqador boshqa barcha tashkilotlar amal qilishi lozim bo‘lgan, u yoki bu davlat yoxud bir guruh davlatlar qonunchiligini bir vaqtning o‘zida qabul qilgan qat’iy shartlardan iborat.
Turizm rasmiyatchiligiga amal qilish – go‘yo bu ish ahamiyatli bo‘lmagan yoki ma’nosiz, qandaydir ortiqcha va kerakmas rasmiy qoloq marosimlarni bajarish deb o‘ylash haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek bu yerda, o‘rnatilgan tartibga uning ichki mohiyati emas, faqat tashqi tomoniga e’tibor berib, ko‘r-ko‘rona amal qilishni anglatadigan «quruq rasmiyatchilik - formalizm» atamasini eslash ham noo‘rin. Ba’zi turizm rasmiyatchiliklari bevosita turistga tegishlidir, masalan, xorijiy pasport olish zarur, chegaradagi nazorat va bojxona tekshiruvidan o‘tish tartibiga amal qilish, bir qator tropik mamlakatlarga safar qilishda «sariq bezgak»ga qarshi emlash va hokazolar.
Boshqa rasmiyatchiliklar turfirmaga tegishli – bu xalqaro turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish uchun o‘rnatilgan tartibda bajarilishi talab qilinadigan barcha shartlar. Masalan, turizm faoliyatiga litsenziya olish va tashkil qilinayotgan sayohatga muvofiqlik sertifikati olishdir. Turfirma va turist o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlari bo‘yicha talablarga rioya qilish. «Tur-1» safar qog‘ozi va unga ilovalarni (marshurut yo‘nalishdagi xizmatlar dastutri, xizmatlarga vaucherlar, xavf xatar holatlari va sayohat davomida tavsiya qilingan yurish – turish qoidalari haqida ma’lumotnoma) hamda boshqa ko‘p narsalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish.
Aytilganlardan kelib chiqib, turizmga oid rasmiyatchiliklar – sayohatni tashkillashtirish, rasmiylashtirish va amalga oshirish jarayonida qonunchilik va mamlakatda o‘rnatilgan tartib bo‘yicha rioya qilish majburiy bo‘lgan qoidalar, shartlar va harakatlar demakdir.
Turizm rasmiyatchiliklarining muhimligini tasdiqlash va ularni tartibga solish hamda osonlashtirish uchun bir qator eng muhim xalqaro hujjatlardan ko‘chirmalar keltiramiz.
-
Yevropadagi hamkorlik va xavfsizlik bo‘yicha kengashning yakunlovchi dalolatnomasi (Xelsinki, 1975 y.): «Kengashning ishtirokchi davlatlari xorijiy davlatlarga sayohat uchun talab etiladigan rasmiyatchiliklar bilan bog‘liq masalalarni ijobiy ruhda qarab chiqish orqali turizm rivojini rag‘batlantirish maqsadida ekanliklarini bildiradilar»;
-
Jahon turizmi bo‘yicha Manila deklaratsiyasi (Manila, 1980 y.): «Butun jahon turistlik tashkiloti o‘zining rivojlanish dasturiga jahonda turizm rasmiyatchiliklari ahvolini o‘rganish, mazkur sohadagi joriy amaliyot va mavjud me’yorlarni tadqiq etish, sayohatlarni yo‘lga qo‘yish va osonlashtirish uchun umumiy tavsiyanomalar ishlab chiqish masalalarini kiritgan»;
-
Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi (Niderlandlar. 1989 y.): «Sayohatlar tez o‘sishi bilan bir vaqtda turizm rasmiyatchiliklarining tushunchasi aniqlanmoqda va kengaymoqda. Ulardan biri bevosita turistlarga, boshqalari esa turizm biznesiga oid. Turizm rasmiyatchiliklarining osonlashuvi o‘zining dastlabki tor chegaraviy rasmiyatchilik va bojxona tekshiruvlari ramkasidan chetga chiqa oldi. Bugungi kunda gap turizmni rag‘batlantirish va ijobiy qo‘llab-quvvatlash haqida borishi lozim, xususan har bir shaxsga ichki va xalqaro turizmda ishtirok etishga sharoit yaratish, yoshlar, keksalar va nogironlar orasida turizmga alohida e’tibor ajratishga harakat qilish shart»;
-
Barqaror rivojlanish bo‘yicha BMT komissiyasi o‘zining 1999 yil apreldagi N’yu-York sessiyasida Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) tashabbusiga ko‘ra, global turizm etik kodeksini ma’qulladi va BTTga xususiy sektorlar, nohukumat va mehnat tashkilotlaridan tushgan takliflar bilan to‘ldirishni taklif etishdi.
BTT mutaxassislarining xulosasiga ko‘ra, turizm Global etik kodeksi joriy hujjat bo‘lib, jumladan turizm rasmitchiliklarini tartibga solishda ham dasturilamal bo‘lmog‘i lozim. Xususan uning 8-moddasida «Turizm sayohatlari erkinligi»da davlatlar tomonidan kiritilgan yoki xalqaro kelishuvlardan kelib chiqadigan, masalan vizalar, sanitar va bojxona rasmiyatchiligini imkon qadar shunday moslashtirish lozimki, erkin turizm va xalqaro turizmga yo‘l ochish zarur.
Ushbu rasmiyatchiliklarni osonlashtirishga qaratilgan mamlakatlararo bitimlarni rag‘batlantirish lozim; turizm iga og‘ir tushadigan va uning raqobat bardoshligiga zarar yetkazadigan maxsus soliq va to‘lovlarni bekor qilish yoki qayta ko‘rib chiqish kabi choralar kursatilgan.
Xalqaro turizm rivoji dolzarb mavzuga aylanib bormoqda. BTTning ma’lumotiga ko‘ra, 2010 yilda xorijiy turistlar soni ikki baravar ko‘payadi va bir mamlakatdan ikkinchisiga 1mlrdan ortiqroq kishi sayohat qiladi. Bunday sharoitda chegaradan o‘tish va turistlar tomonidan chegaraviy va boshqa turizm rasmiyatchiliklariga amal qilish bilan bog‘liq muammo va tadbirlar yuzaga kelishi tabiiy. Mazkur sharoitda turizmga alohida olingan davlat yoki unga qo‘shni mamlakat doirasida emas, balki umumjahon jamoatchiligi miqyosida tartibga solish muammosi yuzaga keladi. Turizm sohasida hukumatlararo yetakchi tashkilot sifatida bu ishning katta qismini BTT haqiqiy a’zolari bo‘lgan 150 ta davlat, assotsiatsiyali a’zolar – hudud, shuningdek 400 dan ortiq qo‘shiladigan a’zolar (BTT Ish kengashi a’zolari) ning manfaatlarini ifodalaydi.
BTT ning asosiy maqsadi – xalqaro tinchlik va o‘zaro tushinish, jahon savdosi va davlatlararo xo‘jalik aloqalarining asosiy ta’minlovchi faktori sifatida turizm rivojini rag‘batlantirish.
BTT faoliyatining muhim yo‘nalishlari quyidagilardir: «turizm almashinuvi va rasmiyatchiliklarning soddalashtiruvi; turizm nazorati tartibining qonuniy aniqlashtirish va muvofiqlashtirish, jumladan favqulodda holatlar yuz bersa (epidemiyalar, tabiiy ofatlar va hokozolar). Sayyohlikda ishtirok etayotgan tomonlar o‘zaro hamkorligida ratsional munosabatlar o‘rnatishda hukumat siyosatini ishlab chiqishda yordam ko‘rsatish».
Do'stlaringiz bilan baham: |