Ta’lim. Aholining turistlik faolligi to‘g‘ridan–to‘g‘ri salohiyatli iste’molchilarning ta’lim darajasi bilan bog‘liq. Ta’lim odamlarni qiziqishini kengaytiradi va shu sababli turizmga ta’sir qiladi. O‘rta ma’lumotli odamlar ko‘ngilochar sayohatlarni afzal ko‘radilar. Oliy ma’lumotli odamlar esa ko‘proq sayohat qilishga molikdirlar. Bu toifadagi aholida yuqori darajada daromad manbai bo‘lib, sayohat chog‘ida asosiy harakatlanish vositasi sifatida aviatransportni afzal ko‘radilar.
Kasb. Turizm mahsuloti va xizmatlarining haridiga turistning qanday kasb bilan shug‘ullanishi ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi. Idoralarda ishlovchilar, xizmatchilarga nisbatan ko‘proq sayohat qiladilar. Lekin yil mobaynida ko‘proq sayohatni menedjerlar, bank xodimlari va boshqaruv apparati xodimlari amalga oshiradilar. Turistlik firmalar mashg‘ulot turlari bo‘yicha guruhlarni aniqlab olishga harakat qiladilar. Ba’zi bir turistlik firmalar aniq bir kasb guruhlari uchun maxsus turmahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Lekin har doim ham iste’molchilarni aniq bir ko‘rsatkichlar, ya’ni daromadi, ma’lumoti, yoshi va mashg‘ulot turlari bo‘yicha ajratib bo‘lmaydi. Ayrim ishchi xizmatchilar yetarlicha yuqori daromadlarga ega bo‘lishlari mumkin, lekin ularning harid qobiliyati boshqaruv apparati xodimlari harid qobiliyatidan keskin farq qiladi. Odatda yuqori maosh oladigan ishchilar turizmga kamroq pul ishlatadilar. Bu guruhdagilar faol sayohat qiluvchilar bo‘lmasalarda, salohiyati bo‘yicha bozorda turizm menedjerlarining e’tiborini jalb qiladilar.
Irqi. Ma’lum bir millat va irqning son jixatdan kamligi ham turizm xizmatlarining salohiyatli iste’molchilari bo‘lishi mumkin. Aholining bu qismi o‘zlarining milliy an’analari, madniyati va urf-odatlariga ega. Bu guruh odamlarida mahalliy aholidan farqli ravishda harid qobiliyati o‘ziga xos bo‘ladi. Bu guruhdagi salohiyatli iste’molchilar o‘zlariga alohida maxsus yondashishni va maxsuslashgan marketing dasturini bo‘lishini talab qiladi.
Jinsi. O‘zbikiston aholisi tarkibida ayollar 51 % ni tashkil qiladi, sababi ayollarning o‘rtacha umri erkaklarnikiga nisbatan o‘sib bormoqda. Bundan tashqari doimo o‘suvchi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jabhalarda ayollarning roli oshib bormoqda. Bu omillar ayollarni turizm xizmat bozoridagi asosiy segmentga aylantirmokda.
O‘zbekistonda ishlovchi ayollardan ko‘ra uy bekalari ko‘p. Ishlovchi ayollar ko‘p hollarda yuqori daromadlarga ega va shu sababli oilada qo‘shimcha daromad bo‘lishi tufayli sayohatlarga yetarli pul mablag‘lari bo‘ladi.
Ishlayotgan ayollar orasida kar’eraga qiziquvchi ayollar turfirma uchun ancha istiqbollidir. Shu sababli jinslarning ijtimoiy rolida o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda va bu iste’molchilar harakatidagi o‘zgarishlarga olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |