Strategik marketing
– bu iste’molchilar (ya’ni turistlarni) ehtiyojlarini va
talablarining tizimli, doimiy tahlili bo‘lib hisoblanadi hamda turfirmalarga barqaror
raqobat holatini ta’minlovchi samarali mahsulot va xizmatlar konsepsiyasini ishlab
chiqishdan iborat.
Operatsion (jarayonli) marketing
– ancha soddalashtirilgan holat bo‘lib,
sotishni tashkil etishga yo‘naltirilgan va salohiyatli iste’molchilarga ma’lumot
berish uchun kommunikatsiya siyosati hamda harajatlarni pasaytirishda,
haridorlarni qidirishda tovar sifatini o‘ziga xos xususiyatda, usullarda namoyish
qilish hisoblanadi. Marketingda ikkala yondashuv ham biri-birini to‘ldiradi va
firmaning yagona marketing siyosatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |