221
Turizmda menejmentning samaradorligi turistik mahsulotni ko‘p ishlab
chiqarish bilan belgilanmaydi, balki turistik mahsulotning iste’molchi talablarini
qay darajada qondirilganligi bilan belgilanadi. Mamlakat iqtisodiyotiga turizmning
to‘liq ta’siri va mamlakat iqtisodiyotining turizmga o‘zaro ta’sirini tushunishda
biri-biriga bog‘langan quyidagi to‘rtta masalani yechishga to‘g‘ri keladi.
1.
Turizmning mamlakat yalpi daromadiga qo‘shadigan hissasini
aniqlash;
2.
Turizm faoliyatidan kelib chiqadigan yangi iqtisodiy yo‘nalishlarni
aniqlash;
3.
Milliy iqtisodiyotda turizm hissasini ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari
bo‘yicha aniqlash;
4.
Turizmning milliy iqtisodiyotga qo‘shadigan «hissasi»ni
rivojlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Turistik firmaning menejeri firma faoliyatini boshqarishda bosh ma’sul
hisoblanadi. Lekin barcha turistik firmalarning menejeri bir xil vazifani
bajarmaydi, balki turistik firmaning faoliyat ko‘rsatish yo‘nalishlari turli-tuman
bo‘lganligidan menejerlar faoliyati ham xilma-xildir.
Birinchidan,
turistik firmada boshqaruv haqidagi qarorlarni va bu
qarorlarning bajarilishini menejer boshqaradi. Firmaning to‘g‘ri faoliyat yuritishga
ham asosiy javobgar rahbarlardan biri menejer hisoblanadi.
Ikkinchidan,
menejerning axborotlar bo‘yicha turistik firmani boshqarishi
ham o‘ta ma’sul, zamonaviy talabdir. Boshqaruvda menejer eng ishonchli
axborotlarni to‘plab tahlil qiladi. Menejer axborotlarni qanchalik puxta tanlasa va
tegishli, to‘g‘ri qaror qabul qilsa ijroni bajaruvchilar ham firma ishlab chiqarishida
aniq, belgilangan yutuqlarni erishadilar.
Uchinchidan,
menejer turistik firmaning rahbari sifatida ish ko‘rib, firmaning
ichki va tashqi muhitini ijobiy holatda belgilaydi. Menejer bu tashkilotda alohida
mavqe’ga ega bo‘lgan ishonchli shaxs. U o‘zining orqasidan odamlarni
ergashtiradi, odamlar ham uning ish uslubiga, g‘oyasiga ishongani uchun unga
ergashadilar.
222
Bozor iqtisodiyoti sharoitida zamonaviy turizmda turistik firmaning zamonaviy
menejeridan quyidagilar talab qilinadi:
o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
aql-farosat hislatlariga ega bo‘lishi;
aniq shaxsiy maqsadlari bo‘lishi;
o‘z-o‘zini har xil jihatlarda o‘stirib, kamol toptirib borishi;
muammolarni yechish ko‘nikmalarining bo‘lishi;
innovatsiyalarni to‘g‘ri qabul qilishi;
atrofdagilarga ta’sir
qila bilishi;
zamonaviy boshqaruvga
yondasha bilishi;
tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi;
ishlovchilarini o‘qita bilishi;
mehnat jamoasini shakllantirish va rivojlantirish qobiliyatiga ega.