Turizm infratuzilmasi tushunchasi- turistik faoliyatni amalga oshirishda
turistlarning turistik resurslaridan bemalol foydalanishini ta’minlovchi bino
va inshoatlar tizimi, muxandislik va kommunikatsiya tarmoqlari, shu
jumladan yo‘llar, turizmning turli xizmat ko‘rsatish korxonalari va ularni
kerakli darajada ishlatish va ta’minlash tushuniladi.
Bu avtomobil va temir yo‘llar, yo‘l harakatini, havo yo‘llarini, dengiz va
daryo yo‘lari harakatini tartibga soluvchi, issiqlik, suv, elektr va telefon aloqalari
bilan ta’minlash va boshqa kommunikatsiya tizimlaridir. Ma’lumki, turizm
sohasida turistik resurslari, ya’ni tabiiy-iqlim, tarixiy-madaniy, ma’rifiy, ijtimoiy-
maishiy turizm ob’ektlari bo‘lgan hududlarda kerakli infratuzilmani yaratish
muhim masalalardan biri hisoblanadi. Yo‘llarning ravonligiga qarab ham sayyohlar
oqimining oshishi yoki kamayishi mumkin. Yo‘llar, bozorlar mamlakatning
iqtisodiy va madaniy ahvoli qay darajada rivojlanganidan dalolat beradi.
Turist-avvalo dam oluvchi bo‘lib, unga ko‘rsatiladigan xizmatlar
iste’molchisi ekanligini unutmasligimiz lozim. Bular nafaqat avtomobil yo‘llari,
shuningdek, temir yo‘llarga ham taa’luqlidir. Vokzal va po‘ezd relslaridan tortib,
uning ichidagi kommunikatsiya va muhandislik tarmoqlarining barchasi – turizm
infratuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Nafaqat avtomobil yoki temir
yo‘llar, xatto turistlar uchun maxsus ajratilgan yo‘llar va yo‘laklar ham talab
darajasida bo‘lmog‘i kerak.
Mehmonxona va shunga tenglashtirilgan joylardagi kommunikatsiya va
165
muxandislik tarmoqlarida ham muammolar bo‘lmasligi turizm sohasining yangi
pog‘onalarga ko‘tarilishida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Bir tasavvur qilib
ko‘raylik: issiqlik tarmog‘i ishlamaydigan, elektr tarmog‘i past, kanalizatsiya
tarmog‘i bo‘lmagan yoki ichimlik suvi talab darajada bo‘lmagan
mehmonxonalarda turistning bo‘lishi, bular va boshqalar turizm infratuzilmasining
rivojlanishidagi kechiktirib bo‘lmas va tezda xal qilinishi zarur bo‘lgan
muammolardan biri hisoblanadi.
Ayniqsa, olis, tog‘li joylar, yo‘l trassalari kabi hududlarda bu muammolarni
hal etish katta kapital mablag‘ talab qiladi. Hozir Respublikamizning avtomobillar
qatnaydigan trassalarida shoh bekatlarning ahvoli xorijiy turistlarga xizmat
ko‘rsatadigan darajada emas. Turistlar tezda hojatini chiqarib oladigan yoki zarur
tibbiy yordam beriladigan ob’ektlarning zamon talabi darajasida emasligi
infratuzilma ob’ektlarini qurish borasidagi dolzarb ishlar qatoriga kiradi.
Bir vaqtlar Buyuk ipak yo‘li o‘tgan joylardagi muhim maskanlarda
karvonsaroylar bo‘lgan. Karvonsaroylar savdo karvonlari uchun hozirgi vaqtlardagi
mehmonxonalar xo‘jaligi vazifasini o‘tagan. Unda karvonlar va savdogarlar
tunaydigan xonalardan tortib, ichimlik suvi, ovqatlanish xizmati va boshqa
xizmatlar (tabiblar, mashshoqlar, qo‘riqchilar) o‘z joyiga qo‘yilgan. Yurtimiz
ko‘hna tarix va madaniyatga ega.
Hozirda kanalizatsiya deb ataluvchi tarmoq bundan uch ming yil avval
xizmat ko‘rsatganligini isbotlovchi dalillarni arxeologiya sohasi olimlarimiz
tadqiqot ishlarida ko‘rsatib berishgan. Bu esa kommunikatsiya tarmoqlari, ichimlik
suvi (sardobalar) maxsus quvurlar kulolchilik mahsulotlari sopol quvurlar orqali
olib kelinganligidan daloldat beradi. Mana shunday tarixiy, an’anaviy merosimizni
yana tiklash, zamonaviy holatga keltirish ham bugungi kuning dolzarb masalasidir.
Hozirgi paytda turizm infratuzilmasida bank va moliyaviy tashkilotlar –
xizmatlarning o‘rni alohida. Turistlar sayohatda va dam olishda xilma-xil xizmat
turlaridan foydalanishni xoxlaydilar. Ya’ni, o‘z xohishi bo‘yicha biror narsa sotib
olishni istashadi. Bunda ular ko‘ngil ochish uchun har kuni ko‘p miqdorda pul
166
sarflashadi. Pulni ayniqsa, katta miqdordagi pulni ko‘tarib yurish, turistlarga
noqulaylik va qiyinchiliklar tug‘diradi. Turistlarning ko‘p miqdorda pulni olib
yurishi o‘g‘rilarni, qaroqchi va tovlamachilarni va har-xil turdagi jinoyatchilarning
jinoiy harakat qilishlariga olib keladi. Turizm sohasi tashkil topishi bilanoq,
to‘g‘rilanishi va tartibga olinishi mumkin bo‘lgan xavfsiz pul bilan ta’minlash
muammosi paydo bo‘ldi.
Axborot xizmati ham turizm infratuzilmasida turistlarga ham va uning
tashkilotchilariga ham juda zarurdir. Turist sayohatga tayyorlanayotganda hamda
sayohat vaqtida o‘zi boradigan joy haqida o‘sha mamlakat yoki boradigan
hududning qonun-qoidalari, odatlari, mexmondo‘stligi haqidagi qo‘shimcha
ma’lumotlarga, shuningdek, o‘sha joyning haritasiga, transport magistrallari
sxemasiga muhtoj bo‘ladi. Sayohat va turistlarning sarguzashtlari haqidagi
ma’lumotlar ommabop va maxsus adabiyotlar ko‘rinishida chop etiladi va bu holat
turistlarni samarali sayohat qilishga chorlaydi.
Turizm infratuzilmasini zamonaviy kompyuter xizmatisiz tasavvur etish
qiyin. Tezkor axborot va so‘zlashuv, yangiliklardan xabardorlik turizmning muhim
bir jihatidir. Hozirgi turist internet, faks va boshqa zamonaviy texnika vositalaridan
foydalanishiga talab turizm infratuzilmasini qay darajada ekanligidan yana bir
nishonadir. Zamonaviy elektron vositalari, shu jumladan, turistik xizmatlar, turistik
markazlar haqidagi ma’lumotlar joylashgan millionlab saytlarga ega bo‘lgan
Internet tarmoqlari nafaqat sayohat va turistik agentliklarni tanlash, hattoki, tur
sayohatning chiptalari, xizmatlar uchun to‘lovlarni ham oldindan tayinlab qo‘yish
mumkin.
Tasniflanadigan belgilarning turlari bo‘yicha turizm industriyasi va
infratuzilmasining tarkibiy qismi quyidagi rasmda batafsil ifodalangan.
167
Do'stlaringiz bilan baham: |