Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Rekreatsiya resurslari tushunchasi



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/166
Sana15.12.2020
Hajmi0,96 Mb.
#53293
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   166
Bog'liq
ozbekistonning turistik resurslari

10.1. Rekreatsiya resurslari tushunchasi.
Rekreatsiya  deb,  insonlar  sog’ligini  va  mehnatga  qobiliyatini  dam  olish 
obyektlarida  qayta  tiklashi,  sayyohlik  yo’li  bilan  tabiatning  turli  maskanlariga 
borishi,  arxitektura  va  tarixiy  yodgorliklarni  borib  ko’rishiga  aytiladi.   Rekreatsiya 
sohalari   bir   qancha   bo’lib,   ularga   kurort   –   sanatoriya   va   boshqa   salomatlik 
obyektlarida  sog’likni  tiklash, sayyohlik yo’li bilan tabiatning  go’zal  go’shalariga 
(daryo, ko’l, o’rmon, tog’, g’orlar, sharshara va b.) borish, sport bilan shug’ullanish, 
hamda   noyob   tarixiy   va   arxitektura   yodgorliklari   bilan   tanishishlari   kiradi. 
Rekreatsiya  va davolash sog’lomlashtirish zonalarida ularning resurslaridan oqilona 
foydalanish va atrof-muhit muxofazasi katta ahamiyatga ega. Rekreatsiya zonalariga 
aholining tashkil etilgan va ommaviy dam olishi va turizmga mo’ljallangan yer va 
suv   muhitining   tabiiy   yoki   madaniy   hududlari   kiradi.   Shunday   zonalar   tarkibiga 
71


shaharning   ayrim   hududlari,   shahar   atrofi   va   yashil   zonalar,   o’rmonlar,   parklar, 
milliy,   tabiiy   parklar   (bog’lar),   botanika,   zoologiya   bog’lari,   dendrologik   parklar, 
turistik   marshrutlar,   dam   olish   uylari   va   bazalari   hududlari,   qo’riqxona   va 
buyutmalarning   aholi   borib   ko’rishi   uchun   ajratilgan   ma’lum   joylari   kiradi. 
Rekreatsiyaga mo’ljallangan yerlar tabiat muhofazasi yerlarining alohida turi bo’lib, 
ularga   tabiat   muhofazasi,   sog’lomlashtirish,   tarixiy   -   madaniy   maqsadlarga 
mo’ljallangan  yerlar  ajratiladi. O’rmonlar ham rekreasiya  uchun katta ahamiyatga 
ega.  Davolash-sog’lomlashtirish   zonalariga   fuqoralarni   davolash   va   salomatligini 
tiklashga mo’ljallangan yer va suv muhitlari hududlari, ularga kurort va sanatoriya 
zonalari kiradi.
Rekreatsiya   faoliyati   bevosita   rekreatsiya   resurslari   asosida   shakllanadi. 
Rekreasiya   resurslari   tabiiy   va   madaniy,   iqtisodiy,   tarixiy   resurslarning   bir 
qismlaridan   iborat   bo’lib,   kelib   chiqishi   va   foydalanish   xususiyatlariga   ko’ra 
rekreasiya   resurslari   ikki   guruhga   ajratiladi:  tabiiy  va  antropogen  rekreasiya 
resurslari.
Tabiiy rekreasiya resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, 
go’zal   tabiat   go’sha(landshaft)lari   kiradi.   Ular   daryo,   ko’l,   dengiz   bo’ylari,   tog’ 
etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh 
maskanlar   bo’lishi   mumkin.   Undan   tashqari   aholining   dam   olishi,   sport   bilan 
shug’ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi yashil 
mintaqalar, park va bog’lar yoki qo’riqxona va milliy bog’lar ham tabiiy rekreasiya 
resurslaridir. Turli davrlarda inson aql – zakovati bilan yaratilgan tarixiy, arxeologik 
va san’at obidalari, yodgorliklar, muzeylar hamda rekreasiya maqsadida foydalish 
mumkin bo’lgan ijtimoiy obyektlar,  antropogen rekreasiya resurslariga kiradi.
Rekreasiya  faoliyati   dunyoning   ko’p   mamlakatlarida   daromat   manbaiga 
aylangan  iqtisodiyot   sohasi hisoblanadi.  Mmlakatimiz  ham rekreasiya   resurslariga 
boy hisoblanib, nafaqat dam olish, sayyohlik, sog’likni tiklash, shuningdek chet el 
sayyohlarini qabul qilish imkoniyatlariga ega. 

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish