39
Olloqulixon
madrasasi
XIX asrning birinchi yarmi. Xivadagi Olloqulixon madrasasining qurilishi
Ichan qal’aning yaxlit majmua bo’lib shakllanishi tarixi bilan uzviy
bog’liqdir. Madrasa qarshisidagi Xo’jamberdibiy madrasasiga o’xshatib
ishlangan. Natijada O’rta Osiyo me’morligida keng tarqalgan usulda
qo’shmadrasa hosil bo’lgan. XIX asrdan yodgorlik bo’lgan bu madrasani
Xiva xoni Muhammad Rahimxonning o’g’li Olloqulixon 1834 yili
qurdirgan. Olloqulixon mamlakatda bunyodkorlik ishlariga katta ahamiyat
bergan. Uning davrida karvonsaroy, 109kb, toshhovli, Oqmasjid, Saidboy
masjidi kabi inshootlar barpo etilgan.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |