Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Samarqand   turistik   rayoni



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/166
Sana15.12.2020
Hajmi0,96 Mb.
#53293
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   166
Bog'liq
ozbekistonning turistik resurslari

Samarqand   turistik   rayoni    mamlakatimizning   asosiy   turizm   markazidir. 
Turistik   rayon   ma’muriy   jihatdan   Samarqand   viloyatidan   iborat   bo’lib, 
respublikamizda tabiiy va iqtisodiy geografik  jihatdan qulay mintaqada joylashgan. 
Rayon tabiiy shart-sharoiti, yer usti tuzilishi geografik jihatdan chegaralanishi, ya’ni 
uning janub va shimol hamda shimoli-sharq tomonlari tog’ va tog’liklardan iboratligi 
ham   turizm   sohasida   juda   katta   mazmun   kasb   etadi.   Uning   chegaralari   shimolda 
Nurota   tog’lari   (Oqtov,   Qora   tog’,   G’o’bdin   tog’,   Qo’ytosh   tog’i),   janubdan 
Zarafshon tog’ tizmalari (Chaqilqalon, Qoratepa, Ziyovuddin, Zirabuloq h.k.) bilan 
o’tadi. 
87


Viloyatning   asosiy   yer   usti   tuzilishi   o’ziga   xos   bo’lgan   tabiiy   va   landshaft 
xususiyatlari rekreasiya  resurslarining rivojlanishiga sabab bo’lgan. Uning tekislik 
qismida   ya’ni   Zarafshon   daryosi   sohillarida,   Qarnabcho’l   va   Jom   kabi   cho’l 
hududlarida sayyohlikning kabi ekoturizm turlarini tashkil etish mumkin.
Viloyatning yer osti va yer usti gidrologik suv resurslari, tog’, tog’ oldi etaklari 
hamda   tog’   oralig’i   soylarida   tabiiy   ravishda   hosil   bo’lgan   landshaftlar   (tabiiy 
manzaralari),   yam-yashil   o’rmonzorlar   (Omonqo’ton),   tog’u-tosh   jinslar   shakllari 
(Qoratepa), tog’ daralari (chuqurliklari), g’orlar (Hazrati Dovud, Kelsi, Lev), noyob 
tabiat   yodgorliklari   (Kamongaron,   G’us),   shifobaxsh   buloqlar,   Yuqori   chinor 
(Mingchinor),   Qaynar   buloq,   Rohatbuloq,   ajoyib   ko’llar   (Muz   buloq,   Alvasti 
ko’llari),   go’zal   shar-sharalar   (G’ussoy,   Kamangaron)   va   hakozolar   mintaqamiz 
turizm   imkoniyatlarini   yanada   oshiradi.   Zarafshon   daryosi   qadimiy   turistik 
obyektlarga boy yaxlit sayyohlik majmuasi (kompleksi) hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, viloyatning tog’, tog’ oldi hududlarida mavjud bo’lgan 
beqiyos   shifobaxsh,   tibbiyot   va   boshqa   sohalarda   keng   ko’lamda   foydalanadigan 
chashma va buloq suvlari o’zining ekologik jihatdan  tozaligi,  xilma-xil kimyoviy 
elemerntlarga   boyligi   bilan   alohida   ajralib   turadi.   Ular   aholi   sog’ligini   tiklash, 
sog’lomlashtirish, dam olish uchun qo’lay imkoniyatlarni yaratadi va mintaqamizda 
rekreasiya   (sog’lomlashtirish,   hordiq   chiqarish)   turizmning   ahamiyatini   oshiradi. 
Bunday tabiiy maskanlar viloyatimizning Urgut, Samarqand, Nurobod, Qo’shrobod 
va   boshqa   tumanlari   tog’,   toqoldi   hududlarida   tarqalgan   bo’lib,   ulardan   turizm 
maqsadida foydalanish muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Viloyatimiz  o’zining   go’zal   tabiati,   o’simlik   va   hayvonat   dunyosi   bilan   ham 
mamlakatimizning   boshqa   mintaqalaridan   alohida   ajralib   turadi.   Viloyatimizga 
tashrif   buyuradigan   sayyohlarni   tarixiy   arxitektura-qurilish   inshoatlari,   qadimiy 
obidalardan   tashqari   ming   yillik   tarixga   ega   bo’lgan   chinorlar   va   boshqa   yashil 
daraxtlar   beqiyos   ko’pdir.   Viloyatning   tog’,   tog’oldi   hududida   joylashgan 
Omonqo’ton   o’rmonzorlarida   (maydoni   2188   gektar   bo’lib,   1887   yilda   dastlabki 
ko’chatlar ekilgan) o’ziga xos tabiiy landshaft shakllari vujudga kelgan. Omonqo’ton 
hududining iqlimi va o’simlik dunyosining o’ziga xosligi bu joyda ko’plab dam olish 
zonalari,   oromgohlar   qurish   imkonini   beradi.   Ammo   sayyohlarga   Omonqo’ton 
havzasidagi o’rmonzorlarni ko’rsatish uchun qo’lay shart-sharoitlar yaratish, maxsus 
yo’lakchalar   qurish   lozim   bo’ladi.   Viloyatning   yana   bir   qator   tumanlarida   va 
qishloqlarida ming yillik davrga teng qadimiy noyob daraxtlar (archalar, chinorlar) 
hanuzgacha   saqlanib   qolgan.   Ular   qatoriga   Urgut   shahridagi   yuqori   Chor   Chinor 
(1020   yillik),   Kattaqo’rg’on   tumani   Qoradaryo   qishlog’idagi   chinor   (565   yillik), 
Nurobod   tumani   Tim   qishlog’idagi   archa   1000   yillik,   Jomboy   tumani   Xolvoyi 
qishlog’idagi   ming   yillik   archalarni   misol   keltirish   mumkin.   Ayniqsa,   Jomboy 
tumanida joylashgan Zarafshon daryosi qayirida joylashgan Zarafshon qo’riqxonasi 
betakror o’simlik va hayvonat dunyosining xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi 
va   mavsumiy   hamda   qisqa   muddatli   sayyohlikni   tashkil   qilish   uchun   qulay 
imkoniyatlar yaratadi.
Viloyatning  chala   cho’l  va  cho’l  hududlari   ham  esa   o’ziga  xos   hayvonat  va 
o’simlik   dunyosiga   ega.   Ularda   sudralib   yuruvchilar   turkumidan   turli   xil   zaharli 
ilonlar, cho’l toshbaqalari, qushlardan to’rg’ay, qarchig’oy, sut emizuvchilardan sariq 
88


sassiq ko’zan, kabilar uchraydi. Mazkur hududlar o’simlik va hayvonat dunyosiga 
qiziquvchi  ekoturizm  ishqivozlari uchun yangi turistik marshrutlarni tashkil etishni 
talab qiladi.
  Shuni   ta’kidlash   joizki,   bozorlar   bilan   sayyohlarning   tanishishi   juda   katta 
iqtisodiy va ijtimoiy geografik mazmun kasb etadi. Chunki, bozorlar, ayniqsa sharq 
bozorlari   mintaqa   va   hududning   ijtimoiy-iqtisodiy   xususiyatlarini,   uning   boyligi, 
ixtisoslashuvi, aholining milliy tarkibi, urf-odatlari, milliy qadriyatlari va an’analarini 
o’zida   mujassamlashtiradi.  Shunday   ekan,   tarixiy   yodgorliklar,   qabristonlar   kabi 
bozorlar   ham   sayyohlar   uchun   juda   muhim   turistik   obyekt   bo’lib   hisoblanadi. 
Shuning uchun ham bozorlarning sanitariya holatlarini yuqori darajaga ko’tarish va 
uni   doimo   nazorat   qilish   shu   kunning   eng   muhim   muammolaridan   biri   bo’lib 
hisoblanadi.
Hozirgi kunda viloyatimizda turizm sohasida o’z yechimini kutayotgan bir qator 
muammolar   borki,   ularni   bosqichma-bosqich   hal   etish   kelajakda   ushbu   sohani 
mintaqa iqtisodiyotining yetakchi tarmog’iga aylantirishga xizmat qiladi. Chunonchi, 
Samarqand turizmini yuksaltirishda sayyohlar ayirboshlashni, turizm bozorini yaxshi 
yo’lga qo’yish eng muhim muammolardan hisoblanadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish