Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


 O’zbekistonning turistik rayonlari tavsifi



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/166
Sana15.12.2020
Hajmi0,96 Mb.
#53293
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   166
Bog'liq
ozbekistonning turistik resurslari

12.4. O’zbekistonning turistik rayonlari tavsifi.
Toshkent  turistik  rayoni  Toshkent  shahri  va  Toshkent  viloyatidan  iborat 
mintaqa  hisoblanadi.  Toshkent   shahri   –   Markaziy   Osiyoning   eng   yirik   shahri   – 
O’zbekistonning   Respublikasi   poytaxtidir.   Toshkent   qadimiy   shaharlardan 
hisoblanib,   u   haqidagi   dastlabki   ma’lumotlar   eramizdan   oldingi   II   asrdagi   Xitoy 
solnomalarida uchraydi. Hozirgi kunda Toshkent yirik transport tuguni sifatida (havo, 
temir yo’l, avtomobil) o’zida mamlakatimizning tarixiy o’tmishini   eslatib   turuvchi 
taraqqiy topgan zamanoviy sanoat shahridir. Shuningdek, Toshkent turistik rayoni 
turistik  resurslarga  boy  hisoblanib,   mahalliy   va  halqaro   ahamiyatdagi   sayyohlikni 
rivojlantirish   imkoniyatlariga   ega.   Mazkur   rayonda   madaniy   –   tarixiy,   tabiiy 
rekreasiya   resurslari   mavjud.   Bu   yerda   Oqtosh,   Xumson,   G’azalkent,   Tovoqsoy, 
Boldirsoy,   Chorbog’,   Chimyon,   Kumushkon,   So’qoq,   Ohangaron,   Yangiobod, 
Ertosh, Ko’ksaroy, Qizilchi kabi dam olish va davolanish resurslariga ega. Rayonning 
turli tekislik va tog’li qismida ekskursiya obyektlari va shifobaxsh maskanlari ko’p. 
Bu   rayonda   Botanika,   Turon,   Chinobod,   Toshkent   mineral   suvi,   8   mart,   Qibray, 
Bo’ston,   Zangchi   ota   kabi   bir   qancha   sanatoriya   va   kurort   zonalari   joylashgan. 
Yuqoridagi tabiiy rekreasiya resurslaridan kelib chiqib ekologik turizmni tashkil etish 
imkoniyatlari bisyor. Ayni kunda Chotqol davlat qo’rio’xonasiga turli marshrutlarni 
85


yaratish katta samara beradi. O’z navbatida Toshkent turistik rayoni madaniy-tarixiy 
hamda   ijtimoiy-iqtisodiy   obyektlarga   boy   hisoblanadi.   Toshkent   shahrida   ko’plab 
muzeylar   mavjud.   Masalan,   Tasviriy   san’at   muzeyi   haykallar,   rasmlar   va   turli 
hunarmandchilik mahsilotlarining yirik to’plamiga ega. O’zbekiston Amaliy San’at 
muzeyi   30   mingdan   ortiq   hunarmandchilik   mahsulotlari   va   qimmatbaho 
taqinchoqlariga   ega.   Undan   tashqari   XVI   asrning   ajoyib   yodgorligi   Baroqxon 
madrasasi,   XIV   asrga   oid   Ko’kaldosh   madrasasi   kabi   qadimiy   arxitektura 
yodgorliklari va zamonaviy Amir Temur xiyoboni, Mustaqillik maydoni kabi turli 
bog’ va maydonlar ham turistlarni jalb qiluvchi obyektlardir.
Mazkur turistik rayonda turizm infratuzilmasi boshqa rayonlarga nisbatan ancha 
rivojlangan. Xususan, Toshkent shahri va Toshkent viloyati tog’oldi mintaqalaridagi 
turistik   obyektlarda   mehmonxona   va   dam   olish   maskanlarida   turistlarga   xizmat 
ko’rsatish   darajasi   yildan   –   yilga   yaxshilanmoqda.   Bu   albatta   yuqori   darajada 
urbanizasiyalashgan hudud uchun ayniqsa muhimdir.
Toshkent   shahrini   2007   yil   «Islom   madaniyati   poytaxti»   deb   e’lon   qilinishi 
natijasida poytaxtimizning dovrug’i yanada oshdi vash u bilan birga hukumatimiz 
tashabbusi bilan ko’pgina qadimiy yodgorliklar qayta ta’mirlanib o’z jozibadorligini 
yanada   oshirdi.   Bu   shundan   dalolat   beradiki,   mazkur   turistik   rayonda   turizmni 
rivojlanishi istiqbollari yana ham kengayib boradi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish