Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Favqulodda vaziyatlarda shikastlanganlarga tibbiy yordam



Download 1,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/70
Sana20.06.2021
Hajmi1,95 Mb.
#71385
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Bog'liq
favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi-1

Favqulodda vaziyatlarda shikastlanganlarga tibbiy yordam 
berish, ularni davolash va bunda jalb etiladigan kuch va 
vositalar
FVdagi  davolash   evakuasion   ta’minoti   (DET)ning   mohiyati 
shikastlanganlarga   tibbiy   evakuasiyani   ikki   bosqichida   tibbiy   yordam 
ko’rsatish va davolash tadbirlarini o’tkazib shikastlanganlarni shikastlarini 
xususiyatiga   ko’ra   ularni   talofat   va   ofat   o’chog’laridan   davolash 
muassasalariga tezroq jo’natishdan iblrat.
O’zbekiston  Respublikasidagi   FVda   shikastlanganlarni   davolash-
evakuasiya tadbirlari bilan ta’minlab mo’ljallangan joyga evakuasiya qilish 
ko’zda tutiladigan ikki bosqichli tizim qabul qilingan.
173


 
Shikastlanganlarga ofat o’choqlari joylarida tibbiy yordam ko’rsatish 
shartli   ravishda   uch   davrga:   yakkalash   (izolyasiya   qilish),   qutqarish   va 
sog’liqni tiklash davriga bo’lish mumkin.
Shikast  o’chog’iga tushib, o’z holiga qoladigan shikastlanganlarni 
yakkalab   olish   davrida   shikast   olingan   joyning   o’zida   hayotiy 
ko’rsatkchilarga muvofiq beriladigan birinchi tibbiy  yordam alohida rol 
uynaydi (rasm-3.10). Bunda eng avvalo shikastlovchi omillarni to’xtatish, 
jabrlangan kishining axvolini tez va to’g’ri aniqlash katta ahamiyatga ega. 
Shikastlangan   kishini   ko’rib   chiqishda   shifokor   muayan   algoritmdan 
foydalanish mumkin. Bular:
- og’iz bo’shligi va yuqori nafas yo’llarini tekshirish (begona, yot 
narsalardan tozalash);
- nafas olish harakatlarining xususiyati va qanchalik tezligiga baho 
berish (sun’iy nafas oldirish, yurakni o’qalash);
- qon tomirlari butunligini aniqlash (ayniqsa arterial tomirlardan qon 
oqishini to’xtatish);
- yurak-qon tomir tizimi (tomir urishi) ahvoliga baho berish;
- sezgi a’zolari, asosan ko’rish a’zolariga baho berish.
Birinchi tibbiy yordam berishining eng qisqa muddati shikastlangan 
ondan   boshlab   30   daqiqa,   nafas   olish   to’xtagan   bo’lsa   bu   vaqt     5-7 
daqiqagacha   qisaqartiriladi.   Jarohatlangandan   so’ng   1   soat   davomida 
yordam ko’rsatilmasa o’lim holati 30%ga, 3 soatgacha yordam berilmasa 
60%ga va 6 soatgacha yordam berilmaganda 90%gacha ortadi.
174


Birinchi   tibbiy   yordamni  shikastlangan   kishining   o’zi   (o’z-o’ziga 
yordam),   yoki   uning   yonida   bo’lganlar,   aholi,   sandrujinachilar,   fuqaro 
muhofazasi tuzilmalarining shaxsiy tarkibi ko’rsatadi.
Birinchi   shifokor   yordami   jabrlanganlar   hayotiga   bevosita   havf 
soluvchi oqibatlarini bartaraf qilish, jarohat infeksiyasi yanada rivojlanishi 
oldini   olish   va   shikastlanganlarni     evakuasiyaga   tayyorlash   maqsadida 
tibbiy   evakuasiyaning   birinchi   bosqichida   shifokorlar   bajaradigan 
davolash-muhofaza   majmuidir.   Bunday   yordamni   umumshifokorlik 
tayyogarligi   bo’lgan   va   ixtisosligi   jarroh-shifokor   ko’rsatadi. 
Shikastlangan ondan keyingi 3 soat, eng ko’pi bilan 6 soat birinch shifokor 
yordami ko’rsatish uchun eng qisqa muddat hisoblanadi.
a)
 
b)                                                                    v)
175


g) 
Rasm-3.10. Qon oqishida birinchi tibbiy yordam usullari:
a – arteriya qon tomirini bosish yordamida; b – burama bog’lam yordamida; v – 
tizzani bukish yordamida; g – qattiq qisib bog’lash yordamida.
Malakali  tibbiy   yordam   davolash   muassasalarida   tegishli 
iztisoslashgan shifokorlar amalga oshiradigan, shikast oqibatlarini, birinchi 
galda   hayot   uchun   xavfli   oqibatlarini   bartaraf   qilishga,   ehtimoli   bor 
og’irlashuvlar   oldini   olishga   va   rivojlana   boshlagan   salbiy   oqibatlariga 
qarshi   kurashish,   shikastlanganlarni   o’zil-kesil   natijagacha   davolashga 
qaratilgan jarohlik va terapevtik tadbirlar majmuidir.
Ixtisoslashgan 
tibbiy   yordam   ixtisoslashgan   davolash 
muassasalarida   odamning   ba’zi   a’zolari   va   tizimlaridagi   buzulishlarni 
tiklash   maqsadida   maxsus   apparatlar   va   uskunalardan   foydalanib 
mutaxassis   shifokorlar   bajaradigan   davolash-muhofaza   tadbirlari 
majmuidir.
FVda  jabrlanganlarga   tibbiy   yordam   ko’rsatish   uchun   ko’chma 
tuzilmalar tashkil etiladi:
-   shoshilinch   tibbiy   yordam  brigadasi   (ShTYoB)   –   FVda   shikast 
o’chog’i   va   uning   hududida   birinchi   shifokor   yordami   berish,   tibbiy 
saralash hamda jabrlanganlar evakuasiyasini tashkil etish va o’tkazishga 
mo’ljallangan   ShTYoB   shahar,   tumandagi   markaziy   va   tumanlararo 
176


davolash-muhofaza   muassasalari   negizida   sog’liqni   saqlash   hududiy 
organlarining   qarorlariga   muvofiq   tashkil   etiladi.   ShTYoB   tarkibi   5 
kishidan iborat bo’lib unga shifokor (1 ta), tibbiy hamshira (2 ta), sanitar 
(1 ta) va sanitar haydovchi kiradi. ShTYoB FVdan tashqari vaqtda uni 
tashkil etgan muassasa rahbari tasarrufida bo’ladi.
- ixtisoslashgan  doimiy shay shoshilinch  tibbiy  yordam brigadasi 
(IDShTYoB)   shikast   o’chog’laridan   tashqarida,   ya’ni   tibbiy 
evakuasiyaning   ikkinchi   bosqichida   malakali   va   ixtisoslashgan   tibbiy 
yordam   tashkil   etishga   mo’ljallangan.   U   o’z   ishini   amaliy   sog’liqni 
saqlash,   davolash   –   muhofaza   muassalari   bazasida   gospital   modullari, 
maxsus xonalar va boshqa shunga o’xshash vositalardan foydalanib olib 
boradi.
IDShTYoBning tashkiliy bo’linmalari:
1.
Saralash-evakuasiya guruhi (jami 11 kishi);
2.
Jarrohlik (neyrojarrohlik) guruhi (jami 6 kishi);
3.
Qon-tomir jarrohlik guruhi (jami 6 kishi);
4.
Travmotologiya guruhi (jami 5 kishi);
5.
Reanimasiya-anesteziologiya guruhi (jami 6 kishi).
Shoshilinch  tibbiy   yordam   viloyat   markazining   IDShTYoBsi 
markazning ko’chma tuzilmasi   sifatida jabrlangan aholiga bevosita ofat 
o’chog’larida kechiktirib to’lmaydigan malakaviy va ixtisoslashgan tibbiy 
yordam elementlari bor birinchi shifokor yordami berishga mo’ljallangan.
Ushbu brigadani tarkibi O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash 
vazirligining   1990   yil   24   dekabrdagi   1334-buyrug’iga   asosan   14-17 
kishidan  ibrat bo’lib unga toksikolog, epidemiolog, jarroh, travmatolog, 
177


neyrojarroh-travmatolog,   anesteziolog-reanimatolog,   tibbiy   hamshira, 
anesteziyachi   hamshira,   jarrohlik   hamshiralari,   jadal   terapiya   xonalari 
hamshiralari va sanitarkalar kiritiladi.
- ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam brigadasi (IShTYoB) FV 
da   shikastlanganlarga   kasalxona   sharoitida   ixtisoslashgan   shoshilinch 
tibbiy yordam ko’rsatishga mo’ljallangan ko’chma tuzilmadir. IShTYoB 
tarkibiga   jarrohlik,   neyrojarrohlik,   travmatologiya,   kuyuklarni   davolash, 
transfuziologiya,   akusherlik-ginekologik,   bolalar   jarrohligi,   taksiologik, 
psixoterapiya,   radiasion   va   yuqumli   kasalliklar,   pediatriya,   radiologiya, 
sanitariya profilaktika brigadalari kiritilgan.
-   Tez   tibbiy   brigadalari   (TTYoB)   O’zbekiston   Respublikasi 
sog’liqni   saqlash   vazirining   1993   yil  13   oktyabrdagi   10  buyrug’i  bilan 
tasiqdlangan   nizomga   asosan   tashkil   etiladi   va   ishlaydi.   TTYoB 
(muntazam   shifokorlar   va   feldsherlar   brigadalari)ni   faoliyati 
jabrlanganlarga   shikast   o’chog’ining   bevosita   o’zida   tibbiy   saralash 
o’tkazish hamda birinchi shifokor yordami berishga mo’ljallangan bo’ladi.

Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish