Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm: nazariya


-rasm.  0 ‘zbekiston  Respublikasining ekoturistik rayonlari57



Download 13,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/403
Sana08.01.2022
Hajmi13,38 Mb.
#334375
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   403
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot boltaboyev m r va boshqalar 2

14.3.1-rasm.  0 ‘zbekiston  Respublikasining ekoturistik rayonlari57.
,6 “Xa!q so'zi” ro'znomasi, 2011-yil  11-mart.  4 b.
’’O'zbekiston Respublikasi  Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma’lumotlari asosida.
245


Har  bir rayon  o‘zining'ekoturistik  holati,  imkoniyatlari,  shart- 
sharoitiari va rivojlanish istiqbollari nuqtayi nazaridan ajralib turadi. 
Masalan,  Ustyurt  ekoturistik  rayonini  oladigan  boisak,  u 
0 ‘zbekistonning  shimo!i-g‘arbida  Qoraqolpog‘istonda  joylashgan 
plato bo‘lib, uning umumiy maydoni 200 ming km2 ni tashkil etadi. 
Bu joylar  dunyoda eng  katta  va  yagona  60-150  metrlik tik  qoyali 
jarlari, davolash xususiyatiga ega bo‘lgan juda katta -   1000 km tuzli 
Borsa  kelmas  sho‘rxoki  bilan  mashhur.  0 ‘simlik  qoplami  siyrak, 
osh tuzi va balchiqli tuzning qatlami  16-27 sm dan 5  m gacha bora- 
di.  Yangi  qurib  bitkazilgan  Qo‘ng‘irot  soda  zavodi  aynan  ana  shu 
tuzlar hisobiga ishlaydi.
Neolit davridan qolgan «Ustyurt makoni» ham noyobdir. Unda 
60 ga yaqin qadimiy odamlar yashagan tabiiy obyektlar aniqlangan. 
Ularning  ichida  ham  tarixiy,  ham  ekoturistik  ahamiyatga  moyil 
«Tempa»  makoni  bo‘lib,  undan  Xorazm arxeologiya ekspeditsiyasi 
qadimiy mehnat va ov qurollarini topgan.
Orol  va  Orolbo‘yi  ekoturistik  rayoni  ekologik  inqirozli 
ekoturistik  hudud  bo‘lgani  uchun  ham ekstremal  ekoturistik  obyekt 
bo‘lib hisoblanadi.  Ekoturistik marshrutlar bir paytning o‘zida  ham 
Orolning  qurigan,  ham  uning  ta’sirida  bo‘lgan  Orol  atrofi 
hududlarini  qamrab  oladi.  Ekoturlar  nafaqat  treking  (piyoda)  yoki 
tuya  va  otlarda,  balki  samolyot  va  vertolyotlar  orqali  ham  amalga 
oshirilishi mumkin.
Amudaryo ekoturistik rayoni. Amudaryoning o‘zaniga yaqin 
sohillarida  to‘qayzorlar  mavjud  bo‘lib,  ular  ekoturlar  uchun  juda 
qiziqarli  noyob  landshaft  hisoblanadi.  Quyi  Amudaryoning  o‘ng 
sohilida  to‘qay  landshaftidagi  qushlar  va  hayvonlarni  muhofaza 
qilish  uchun  Baday-to‘qay  qo‘riqxonasi  tashkil  etilgan.  Omita- 
faunani  saqlash  uchun  Xorazm  buyurtmaxonasi  tashkil  etilgan. 
Bulardan  tashqari,  Qizilqumning  g‘arbiy  qismida,  Amudaryoning 
o‘ng  qirg‘og‘ida,  kembriy  va  kembriygacha  davrda  burmalangan 
tog‘  jinslari  ochilmalaridan  iborat,  balandligi  485  metrlik  Sulton 
Uvays  togMariga  ekoturlar  uyushtirish  mumkin.  Amudaryo  eko­
turistik rayonida 0 ‘zbekistonning ko‘hna shaharlaridan biri Xorazm 
joylashgan,  uning  arxitektura  yodgorliklari  tarixiy  turizm  markaz- 
laridan  biri  hisoblanadi.  Ekoturlami  tarixiy  turlar  bilan  kompleks 
tarzda olib borish mumkin.
246


Nurota ekoturistik rayoni o‘zining ajoyib tabiat manzaralari, 
tarixiy arxitektura yodgorliklari  bilan kishilami maftun etadi.  1975- 
yilda tashkil  etilgan  va maydoni  17,8  ming ga bo‘lgan 'Nurota tog* 
yong‘oqzor-meva qo‘riqxonasi  mavjud.  Bu qo‘riqxonaga  «Ekosan» 
qoshidagi  «Ekosantur»  firmasi  tomonidan  ko‘plab  marshrutlar 
uyushtirilgan.  Oqtog‘ning janubiy  yon  bag‘rida joyldshgan  shamol 
ta’sirida tebranib turuvchi  bahaybat harsang toshli  «Sangijumon», 
«Koriz  qoldiqlar»  kabi  tabiat  yodgorligi ekoturizmning muhim 
obyektlaridan bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘p asrlik ziyoratgoh «Chashma buloq» yaqinida «Chilustun» 
masjidi,  madrasa,  Abul  Xasan  Nuriy  maqbarasi  va  qal’asi 
joylashgan.  Qoratog1  tizmasining  janubiy  yon  bag‘rida  «Sarmish 
darasi»dagi  qoyalarda  avlodlarimizning  hayoti  va  madaniyatini  aks 
ettiruvchi lavhalar, rasmlar ishlangan.
Janubiy Nurota tizmasida  uzunligi  110 m,  absolyut balandligi 
1060 m,  maydoni  163 m keladigan «Maydon karst g‘ori»,  Shimoliy 
Nurota  tizmasidagi  uzunligi  130  m,  absolyut  balandligi  1100  m, 
maydoni 70 m keladigan «Xonaixudo karst g‘or» da g‘orshunoslikni 
rivojiantirish  mumkin.  Bulardan  tashqari,  XI  asrda  bunyod  etilgan 
va  XVIII  asr  boshlarigacha  turgan  «Raboti  Malik  karvonsaroyi» 
sayyohlaming  to‘xtash  joyi,  shuningdek,  savdogarlaming  savdo 
qilish  joyi  bo‘lgan.  Raboti  Malik  yonida  ming  yillik  tarixga  ega 
bo‘lgan  madaniy  yodgorlik  -   sardoba  uchraydi.  Yer  ichiga  12  m 
botirilgan sardobada butun yoz bo‘yi muzdek va toza suv saqlangan.
Zarafshon ekoturistik rayonida Zarafshon daryosi bo‘ylarida 
joylashgan to‘qay landshafti, undagi o'simlik va hayvonot dunyosini 
muhofaza qilish uchun tashkillashtirilgan  «Zarafshon  qo‘riqxonasi» 
mavjud.  Buxoro  viloyatining  Shofrikon  o‘rmon  xo‘jaligi  hududida 
joylashgan qum-choi landshafti, u yerdagi o‘simliklar va hayvonlar 
hamda  tarixiy  yodgorliklar  (Vardanza  shahar  harobalari)  davlat 
tomonidan qo‘riqlanadi. «Vardanza» qo'riqxonasi,  «Tocdako‘l flora 
va  faunasini  boyitish»  buyurtmaxonasi,  Qoravulbozor  xo‘jaligida 
joylashgan  «Jayron»  ekomarkazi,  suv  va  botqoqqa  moslashgan 
qushlarni  ko‘paytiruvchi  «Dengizko‘1»  buyurtmaxonasi,  Zarafshon 
tog‘  tizmalaridagi  Omonqo‘ton  va  Temurlang  karst  g‘orlari, 
Zirabuloq-Ziyovuddin  tog‘  tizmalaridagi  ko‘p  qavatli  «G‘untak» 
g‘ori va boshqalar diqqatga sazovordir.
247


Turkiston ekoturistik'rayonida ekoturlarni alohida muhofaza 
etiladigan  hududlarga  uyushtirish  mumkin.  Chunki  bu  rayonda 
Turkiston  tizmasining  shimoliy  yonbag‘rida  1959-yilda  tashkil 
etilgan,  absolyut balandligi  1760-3500  m,  umumiy  maydoni  21735 
ga bo‘lgan «Zomin» davlat qo‘riqxonasi, maydoni 24110 ga bo‘lgan 
noyob  tog‘-areha  ekosistemalarini  tiklash  va  rekreatsiya  maqsad- 
larda  foydalanish  uchun  1978-yilda  tashkil  etilgan  «Zomin»  milliy 
bog‘i mavjud.
Qashqadaryo  ekoturistik  rayoni  cho‘l,  dasht,  tog‘  oldi  va 
tog‘li  hududlardan  iborat.  Bu  rayonda  yoz  va  bahor oylarida  cho‘l 
va  dashtlarda,  yilning  barcha  fasllarida  esa  tog‘  oldi  va  tog‘li 
hududlariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Qashqadaryo ekoturistik 
rayonida 1979-yilda tashkil etilgan, 3938 ga maydonga ega boigan
MDH  davlatlari  ichida  yagona  «Kitob»  davlat  geologiya  qo‘riq- 
xonasi,  1992-yilda  tashkil  etilgan  «Muborak»  buyurtmaxonasi, 
1992-yilda tashkil etilgan «Sechenko‘1» buyurtmaxonasi mavjud.
Surxondaryo ekoturistik rayonida  Ko‘hitang tog‘li  hududda 
1987-yilda tashkil etilgan, 53,7 ming ga maydonda 800 xil o‘simlik 
va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon turlarini muhofaza qilish- 
ga  yo‘naltirilgan  «Surxon»  davlat  qo‘riqxonasi  mavjud.  Surxon­
daryo ekoturistik rayoni  respublikamizning o‘ziga xos hududlaridan 
biri,  bu  yerda quruq  subtropik  iqlim  mintaqasi  hukmron.  Shuning 
uchun  ham  yilning  ko‘p  oylarida  ekoturlar  uyushtirish  imkoniyati 
bor58.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, 0 ‘zbekistonda ekoturizm- 
ni  rivojlantirish  uchun  shart-sharoitlar  yetarli,  imkoniyatlar  katta. 
Ekotumi  yilning  barcha  fasllarida  o‘tkazish  va  uni  tarixiy,  diniy 
turizm bilan qo‘shib olib borish mumkin.
Toshkent shahriga yaqin bo‘lgan Xumson -  Oqtosh zonasining 
turistik  salohiyati  tur  mahsulot  xizmatlarining  narxi  uncha  baland 
emasligi  va  hududning  katta  imkoniyatlari  bilan  farqlanadi.  Xum- 
songa  qilinadigan  tashriflaming  o‘rtacha  soni  har  mavsumda  10 
ming kishiga yetadi,  Xumsonning Oqtosh zonasiga bir kunlik tash- 
riflami ham qo‘shib hisoblaganda kamida  120 ming kishiga yetishi 
mumkin.
580 ‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi ma’lumotlari asosida.
248


Xumson xalqaro turizm yo‘nalishida kam tilga olinadi. Chet el 
sayohatchilari  bu  yerlarga  faqat  Toshkentga  qilgan  tashriflari 
doirasida kelishadi (ularning ulushi atigi 2% ni tashkil qiladi, boiish 
muddatlari  2  kungacha).  Bu  hoi  xalqaro  miqyosda  reklama  ishlari 
hali  to iiq   yo‘lga  qo‘yilmaganligini  anglatadi.  Shu  bilan  birga, 
Xumson  -   Oqtosh  turistik  zonasiga  qiziqish  bildiradigan  mahalliy 
turoperatorlar mavjud.  Masalan,  Asia rast,  Ecosan tour,  Elena tour, 
AST, Ark-Osiyo firmalari shular jumlasidandir.
Xumson -  Oqtosh  zonasi  bo‘yicha  tavsiya qilinadigan  turistik 
mahsulot yo‘nalishlari:
-  tog‘da otda yurish marshrutlari;
-  tog'da piyoda yurish marshrutlari;
-  folklor va gastronomiya;
-  tabiat  qo‘ynida  hordiq  chiqarish,  joylarga  ekologik turlar 
uyushtirish;
-  baliq ovi, dorivor o‘simliklar yigish.
Yuqorida  ko‘rsatilgan  marshrutlar  o'tkazish  uchun  eng  qulay 
vaqtlar:
-  trekkinglar -  aprel-iyun oxiri va sentabr-oktabr o‘rtalari;
-  togiarga chiqish -  may-sentabr;
-  suvda sayr qilish -  may-iyul;
-  otda sayr qilish — iyun-iyul va sentabr-oktabr;
-  paraglayding va deltaplenerlik -  may-oktabr;
-  tog‘ changisi va taxtalari (snoubording) -  yanvar-mart oxiri.

Download 13,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish