yosh y o ‘nalishi bo‘lishiga qaramasdan, ommalashuvi boshqa turistik
y o ‘nalishlarga nisbatan 2-3 barobar jadal kechmoqda46.
0 ‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov
Singapur Respublikasiga Davlat tashrifi arafasida shu mamlakatning
46 http://kun.uz/news/2017/03/08/o‘zbekistonda-ekoturizmni-rivozlantirish-imkoniyatlari-kandaj
234
markaziy nashrlaridan biri «Today» («Bugun») gazetasi mux-
birining savollariga bergan javoblarida 0 ‘zbekistonda ekologik
turizmning katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidlagan holda, bu
yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar haqida quyidagilami kelti-
radilar: «Go‘zal geografik va tabiiy sharoitlar respublika hududida
ekologik turizmni rivojiantirish uchun g‘oyat qulaydir. Bu borada
mamlakatning tog‘li hududlarida joylashgan, zamonaviy jihoz-
langan sayyohlik majmualarida qishki va noyob sayyohlik dasturlari
tashkil etilgan. Sayyohlikning yangi yo‘nalishi - yirik qo‘riqxonalar
va bog‘lar hududida tashkil etilgan tabiatshunoslik turizmi rivoj-
lanmoqda. Turizm infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda, yangi meh-
monxonalar, sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etildi. Ular xalqaro
sayyohlar uchun keng koiamli xizmatlami taklif etishga tayyor»47.
Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo hududidagi
davlatlar orasida katta ekoturistik imkoniyatlarga ega boigan va bu
borada raqobatbardoshligi yuqori boigan mamlakatlardan hisob
lanadi.
Ayni paytda 0 ‘zbekistonda 800 dan ortiq turizm faoliyatini
ko‘rsatuvchi turoperatorlik firmalari, 600 ga yaqin mehmonxonalar,
30 dan ortiq muhofazaga olingan hudud (qo‘riqxona, milliy bog\
nodir tabiat yodgorliklari va h.k.)lar, 60 ta o‘rmon xo‘jaIiklari
faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, 0 ‘zbekistonda 400 dan ortiq
tabiatning noyob yodgorliklari mavjud48.
0 ‘zbekistonda ekologik turizm rivojlanib borishining yana bir
sababi, turist o‘zi qiziqgan tabiat va uning tabiiy sharoiti, biologik
resurslari bilan tanishibgina qolmasdan, bu tabiat bag‘rida dam ola-
di, tabiat go‘zalligini chuqur his qiladi. Uning resurslarini avaylash
xohish-istagi paydo boiadi. Respublikamizning ekologik turizm
salohiyatini hisobga olganimizda ekologik turizmni rivojlantirish-
ning asosiy resurslari - 4 faslli tabiat mavsumlari, o‘zining ekologik
tizimlariga ega boigan 5 ta tabiiy landshaft bio-xilma-xilliklarida
endemik (faqat 0 ‘zbekiston tabiatida) turlaming mavjudligidan
iborat.
Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan turoperatorlik firmalari
tomonidan Chorvoq, Bildirsoy, Chimyon, Zomin, Haydarkoi
47Xalq so‘zi gazetasi, Toshkent, 2007-yil 26 yanvar, №19.
48 http://km.uz/ne ws/2017/03/08/o‘zbekistonda-ekoturizmni-rivoztaitirish-imkomyatlari-kandaj
235
kabilarga o‘tkazilayotgan ekoturlar, ch o i hududlarda tuyada sayr
qilish kabi turlar ichki hamda xalqaro turizmni rivojlantirishda katta
ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, ekoturizm xizmatlarini ko‘rsatayotgan
turoperatorlik firmalari asosan, Chimyon - Chorvoq rekreatsiya
zonasi doirasida faoliyat ko‘rsatmoqda, xolos. Biroq 0 ‘zbekis-
tonning Hisor, Bobotog‘, Ko‘hitangtog‘ (Surxondaryo), Chaqchar
(Qashqadaryo), Nurota (Navoiy - Jizzax), Zarafshon (Samarqand),
Turkiston (Jizzax), Oloy (Farg‘ona), Qurama, Chotqol (Namangan)
tog‘lari, Qizilqum cho‘lidagi qoldiq tog‘lar, Qizilqum cho‘li, Orol
dengizining qurigan tubi va qoldiq sho‘r ko‘llar, Ustyurt platosi,
Borsa kelmas sho‘rxogi, Mingbuloq botig‘i, Aydarkoi, Dengizko‘1,
Amudaryo va Sirdaryo sohilidagi to‘qaylar, Muruntov karyeri va
tabiatning noyob yodgorliklari bo‘ylab majmuali va mavzuli
ekoturlar tashkil etish bugungi kunda yechimini kutib turgan
vazifalar qatoriga kiradi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 0 ‘zbekiston Markaziy
Osiyoning o‘rtasida, ekologik turizmning rivojlanishi uchun qulay
transport, geografik hududlarida joylashgan. Mavzuning dolzarbligi
shundaki, rivojlanib borayotgan mamlakatlaming turizm industri
yasi asosan tabiiy yoki ekologik turizm hisobiga amalga oshiril-
moqda. Ekspertlarning ma’lumotiga qaraganda, ekoturizm sayyoh-
lik bozorining 10-20 %ini qamrab olgan, o‘sish sur’ati esa umumiy
turizm induslriyasining o‘sish sur’atidan 2 - 3 marotaba oshib ketdi.
Shuning uchun ham bugungi kunda ekologik turizmni rivojlantirish
hamda ekologik resurs maskanlariga turistik marshrutlar tuzishning
uslubiy asoslarini ishlab chiqish zarur bo‘lmoqda.
Ekologik turizmni rivojlantirishning dolzarbligini hisobga olib,
ekologik turizmning mohiyatiga va ekologik turizm resurslariga
baho berish, ekologik turizm resurslariga turistik marshrutlar
tuzishning uslubiy tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqish, ekologik
turizmni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini tashkil
qiladi.
Ekoturizm so‘zi XX asming 80-yillaridan boshlab turizm
industriyasiga kira boshlagan boisa-da, biroq ekoturizm tushun-
chasiga olimlar tomonidan hozirgacha yagona ta’rif berilmagan.
« 0 ‘zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish Konsepsiyasida»
236
ekologik turizmning ta'riflashda xalqaro tashkiiotlaming izohlash-
lari keltirilgan.
Ekoturizm tabiiy turizm bo‘lib, tabiat muhitini hosil qilish va
tushinishni o‘z ichiga oladi. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro
ittifoqi (TMQXI) ta’rifiga ko‘ra, “ekologik turizm yoki ekoturizm
tabiat muhitiga nisbatan mas’uliyat bilan sayohat qilishga,
hududlafning tabiatiga ziyon yetkazmagan holda o‘rganish hamda
betakror, go‘zal joylaridan zavq olish maqsadida tabiatni muhofaza
qilishga ko'maklashadi, atrof-muhitga “yumshoq” ta’sir etadi,
mahalliy aholining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitini faollashtiradi va shu
faoliyatdan ularning imtiyozlar olishini ta’minlaydi” 49. Turizm
jamiyati esa “ekoturizmni tabiiy hududlarga mas’uliyat bilan
sayohat qilish natijasida tabiatni muhofaza etishni ta’minlaydi va
mahalliy xalqning turmush darajasini yaxshilaydi”50, deb hisoblaydi.
« 0 ‘zbekistonda ekologik turizmni rivojiantirish Konsepsiya-
sida»51 ekoturizm deganda, nafaqat ma’rifiy - ma’naviy maqsadlarni
ko‘zlagan holda ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va
o‘simlik dunyosiga sayohat, balki ijtimoiy - iqtisodiy masaialami
amalga oshirilishi yordamida ekologiya muammolarini hal qilish
bilan bir-biriga bog‘liq majmuaiar yig'indisini tushunamiz.
Ekoturizm - ijtimoiy ma'sulyatli va ekologik barqaror
rivojlanishni, tabiiy va madaniy merosni, bioxilma-xillikni
saqlashni, nazarda tutuvchi turizmning serdarod innovatsion
yo'nalishidir52.
0 ‘zbekistonlik ekolog olimlaming fikricha, ekoturizm ma’ri-
fiy-ma’naviy tushunchalar ostida ekoturistlaming ekzotik tabiiy
hududlarga, ularning hayvonot va o‘simliklar dunyosiga, tabiiy
hududlaming tarixiy yodgorliklariga, arxeologik topilmalariga,
geologiyasiga, paleontalogiya qoldiqlariga sayohatlari kabi tabiat
bilan bogiiq majmuaiar kiradi.
Ekoturizmning maqsadi - hozirgi va kelajak avlodlarning
ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun
49 “0 ‘zbekistonda ekoturizmni rivojiantirish Konsepsiyasi” Ekologiya xabamomasi, 2007, № 6 , 10-b.
40 “0 ‘zbekistonda ekoturizmni rivojiantirish Konsepsiyasi” Ekologiya xabamomasi, 2007, № 6 , 10-b.
51 O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi davlat bionazorati, ‘TVzbekistooda
ekologik turizmni rivojiantirish Konsepsiyasi”. Экологический вестник, №
Do'stlaringiz bilan baham: |