13-mavzu. TURIZM INDUSTRIYASI VA INFRATUZILMASI
Reja:
13.1. Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasining mohiyati
hamda tarkibiy qismi.
13.2. Turoperatorlar va turagentlar faoliyati.
13.1. Turizm industriyasi va turizm infratuzilmasining
mohiyati va tarkibiy qismi
Turizm industriyasi jahon iqtisodiyotining eng jadal rivojlanib
borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi, turizmning jahon yalpi
ichki mahsulotidagi ulushi 10 foizdan ko‘proqni tashkil etadi,
tarmoqda jahondagi mehnatga qobiliyatli aholining 8 foizga yaqini
ish bilan band, turizm xizmatlari jahon eksportining 7 foizdan
ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Bugungi kunda «turizm industriyasi» tushunchasining ko‘p-
lab ta’riflari mavjud bo‘lib, bunday ta’riflardan eng ishonchli va
mukammali Birlashgan millatlar tashkilotining savdo va taraqqi-
yotga bag‘ishlangan anjumanida berilgan edi44. Ushbu anjumanda
e’tirof etilganidek, turizm industriyasi turistlar ehtiyojini qondirish
uchun turistik mahsulotlar yaratishga yo‘naltirilgan barcha turistik
tashkilotlarning turli faoliyatlar yig‘indisidan iborat.
Keyingi yillar davomida ushbu ta’rifhing mazmun va mohiyatini
aniqlash hamda turizm industriyasining tarkibiy qismlarini tavsiflash
yo‘lida ko‘plab tadqiqotlar bo‘ldi. Ammo bunga qo‘l urgan tadqiqot-
chi va amaliyotchilar
turli qiyinchilik, to‘siqlarga duch keldilar. Bun
day qiyinchiliklaming yuzaga kelishiga asosiy sabab turizm industri
yasining iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan chambarchas bog‘liq-
ligidadir. Turizmning keng darajadagi ehtiyojini qondirishda sanoat va
qishloq xo‘jaligi, qurilish va savdo sohalari yagona, alohida bir
tuzilmalar sifatida ishtirok etadilar. Shu sababli, turizm industriyasini
boshqa sohalardan keskin chegaralash o‘ta mushkul masaladir.
Hozirgi kunda faol iste’molchi o‘ziga kerakli xizmatlar haqida
individual tasawurini shakllantiradi va bu taklifga bevosita ta’sir
,4hlln://wwwunwtoorg
219
o‘tkazadi. Natijada turizm industriyasi o‘z tarkibini o‘zgartirib, yan
gi, zamonaviy turistning xohish-istaklari hisobga olingan turistik-
rekreatsion obyektlami yaratadi hamda turistlarga xizmat ko‘rsatish
sohasiga yashash tarzining qulayligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar
ning yuqori sifatliligini, originailigini ta’minlash uchun zarur
bo'lgan yangi faoliyat turlarini jalb etadi. Bu esa, o‘z navbatida,
turizm infratuzilmasini tashkil etuvchi muhit va resurslardan jadal
foydalanishga hamda avvallari turistik hisoblanmagan yangi
resurslami (qishloq va ekologik turizm) muomalaga jalb etishga
undaydi. Turizm industriyasi mavjud resurslardan shunchaki
foydalanib qolmasdan, balki muhitga nisbatan o‘z individual
talabini shakllantirib, o‘zaro ta’sir xarakterini o‘zgartiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: