Bugungi kunda aholi qatlamming quyidagi vakil lari gastro-
nomik turistlami hosil qiladi:
15.1.1-rasm. Gastronomik turistlaming tarkibi.
Gastroturlar ikki turga boMinadi: qishloq («yashil» deb nom-
lanuvchi) va shahar gastroturlariga boiinadi. Buning o‘ziga xos
farqi shundaki, qishloq joyiga sayohatga
chiqayotgan turist ekologik
toza mahsulotni tatib ko‘rishga yo'naltirilgan. Masalan: «yashil»
turlarda o‘rmonlarda o‘sib turgan yowoyi mevalami yig‘ish, dala-
larda o‘sib yotgan meva va sabzavotlami yig‘ish, ruxsat berilgan
joylarda ov va vino ishlab chiqarish yo'llari bo‘vlab sayohatni
takiif
qiladi.
Shahar gastroturlari konditer fabrikasiga sayohatni yoki kichik
kolbasa sexi, shu sex qoshida joylashgan restoran va shu yerda
tayyorlanadigan tansiq taom sexi mahsulotlari bilan tanishtiriladi.
Bundan tashqari, bizlarga bir hududning turli xil taomlari va
bir xil taomni turli xil mamlakatlarda tayyorlanishi bilan ham aynan
shu gastroturlar tanishtiradi. Bu juda ham mashhur boigan fransuz
va bolgar vinolari turi boiib, sayyohlarni uzum ishkomlari bo‘ylab
sayohatga, uzum yig‘ishga va vinolar tatib ko‘rish (degustatsi-
yasi)ga chorlaydi.
254
Gollandiya, Shveytsariya va Italiyaga pishloqli turlarda
sayohatchilar pishloqlarni eng sara navini tatib ko‘rishi va pishloqli
yarmarkalarga tashrif buyurishi mumkin. Germaniya, Avstriya,
Chexiya, Belgiya bo‘ylab pivo turlarida bu ichimlik ishqibozlariga
pivoning turli xilligidan tashqari, pivo tayyorlanish xonalari, mash-
hur pivo barlari va festivailarga tashrifi bilan ham ajralib turadi.
Shuni ta’kidlash joizki, har bir davlatni o‘ziga xos gastroturizm
salohiyati mavjuddir.
Zero, har bir davlatning o‘ziga xos milliy oshxonasi va unda
boshqa bir mamlakatda takrorlanmaydigan, asrlar osha saqlanib
keiayotgan, o‘zining takrorlanmas mehmondo‘stligi va milliy taom-
lari boigan oshxonasi mavjuddir. Masalan, Yaponiyada turistlar
gid-boshlovchi yordamida ularning milliy taomi boigan «sushi»ni
tayyorlash uchun mahsulotlar xarid qilishadi va turistlar ko‘z oldida
mashhur bosh oshpazlar (shef-povarlar) tomonidan «sushi» tayyor-
lanadi. Pasta Italiya sarhadlaridan chiqib kelgan juda ham oddiy
taom boiib ko‘ringani bilan, kulinar sayohatda turist
bu taomni turli
xilligi, uning takrorlanmas ta’mi va bir xil retseptda turli xil
oshpazlar tomonidan tayyorlangan pastaning mo‘’jizaviy ta’mi bilan
tanishadi hamda uni bir-biri bilan qiyoslaydi.
0 ‘zbekistonda ham turbiznesning bu yo‘nalishi bo‘yicha
afzalliklarini tushunayotgan turflrmalar soni tobora ko‘paymoqda.
Bizda asosan «yashil gastroturizm» keng rivojlanadi, chunki 0 ‘z-
bekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-ok-
tabrda «Umumiy ovqatlanish tashkilotlari faoliyatini takomillash
tirish va xodimlar malakasini oshirish bo'yicha» Qarori60ga asosan
0 ‘zbekiston oshpazlar uyushmasi qoshida milliy oshpazlik san’ati
xalqaro Markazi tashkil etildi. Ushbu qaror bilan uning vakolati
kengaytirildi hamda mustahkamlandi. Uzoq tarixga ega an’ana-
laming borligi va milliy taomlaming turli-tumanligi o‘zbek
oshpazchiligining xorijiy mamlakatlarda keng ommalashishiga olib
kelishi ushbu hujjatda o‘z aksini topgan. Buning uchun bizda
mavjud qadimdan shakllangan, ekologik toza va inson organizmini
tetik qfladigan milliy taomlarimiz degustatsiyasini tashkil qilish
60 "Umumiy ovqatlanish tashkilotlanning faoliyatmi yanada takomillashtirish va xodiinlarining kasbiy
darajasini oshirish chora- tadbiriari to‘g‘risida" O'zbekiston Respublikasi Vaziiiar Mahkamasining 2012-
yildagi 289-son]i Qarori.
Do'stlaringiz bilan baham: