Gigiyenaning predmeti Atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri



Download 18,75 Kb.
bet1/2
Sana16.04.2022
Hajmi18,75 Kb.
#556212
  1   2
Bog'liq
Gigiyenaning predmeti


Mavzu: Gigiyenaning predmeti

Atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri. Inson hayoti tabiat bilan uyg‘unlikda kechadi, degan qarash yetakchi sanaladi, binobarin ro'y beradigan tabiiy ofatlar inson tomonidan sodir etilgan salbiy xatti-harakatlar uchun tabiiy kuchlar yuborgan jazo sifatida talqin etilgan. Ana shunday halokatlarning oldini olishda eng maqbul yo‘l - tabiatga ziyon yetkazmaslik, uni asrab-avaylash va boyitishdan iborat. Mazkur g'oya mohiyatida sog'lom turmush tarzining asosiy kategoriyalaridan biri o'z ifodasini topadi. Darhaqiqat, tabiat, shuningdek, atrofmuhit musaffoligiga erishish kishilar o'rtasida keng tarqaladigan va inson salomatligiga jiddiy xavf soladigan yuqumli xastaliklar kelib chiqishining oldini oladi. Turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishida muhim manba bo'luvchi omillar sifatida issiq va sovuq havo, ochlik, ruhiy iztirob, buzilgan taomni iste’mol qilish. tozalik va atrof-muhit ozodaligiga amal qilmaslik, turli zararli hasharotlar (pashsha, chivin, kana, sichqon, kalamush va boshqalar)ning
ko‘payishi va havo (atmosfera)ning ifloslanishi kabilar misol bo‘ladi.
Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da bu borada ilgari surilgan fikrlar, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Asarda sanitariya masalalari xususida so‘z yuritilar ekan, atrof-muhit ozodaligiga erishish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Xususan: axlatlarni berkitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh yoki kul bilan ko’mib tashlash.
Shu yo’l bilan mikroblar o‘ldirilgan va kamaygan. Shuningdek, mikroblami olov, issiqlik va sovuqlik vositasida yo‘qotish «Avesto»da eng samarador poklovchi va xavfni bartaraf etuvchi vosita sifatida e’tirof etiladi. Olov bilan hatto kiyimkechaklar zararsizlantirilgan. Kimyoviy yo‘l, kul, sirka, sharob, turli giyohlar, isiriq piyoz, aloe va boshqalarni tutatish yoki ularning suvini tomizish bilan ham turli mikroblar o‘ldirilgan.
Atrof-muhit ozodaligini saqlash kishilar salomatligini ta’minlovchi muhim omildir. Darhaqiqat, atrof-muhitning ifloslanishi turli mikroblarning ko'payishi hamda ularning yashovchanligini ta’minlovchi muhitni yuzaga keltiradi. Shu bois ushbu metodik tavsiyalar orqali o‘quvchi uy-joylarni toza tutish, shaxsiy gigiyenaga amal qilish, aholi yashaydigan joyni zararli narsalardan tozalash, shuningdek, kishilarga soya beruvchi daraxtlarni kesmaslik, aksincha, daraxtlar ekish kabi xayrli ishlarni qilishga undovchi da’vatlarga amal qilishga o‘rgana boradi.
Sog‘lom turmush tarzi asoslariga bag‘ishlangan o‘quv fanlari o‘quvchiyoshlarning odam sog‘lig‘i, unga ta’sir etadigan omillar va uni yaxshilash usullari xaqidagi bilimlarini kengaytiradi. Sog‘liqni, tabiiy muhitni tadqiq qilishning eng oddiy usullarini o‘zlashtirish» o‘z-o'zini kuzatish, atrof-muhitni yaxshilash, ekologiya va gigiyenaga doir bilimlarni targ'ib qilish bilan bog‘liq bo'lgan o‘quv va malakani rivojlantiradi.
O’quv-tarbiya jarayonida sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risida olingan bilimlar, hayot davomida keng qo‘llanilib, oila va mahallada «Sog’lom avlod», «Sihat-salomatlik» yili Davlat dasturlarini amalga oshirishga yordam berishi lozim. Atrof-muhitni muhofaza qilish va unga salbiy ta’sir qiluvchi omillarga qarshi kurashish maqsadida quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:

  • yoshlarga ekologik bilimlar berish, kerakli kо’nikma va malakalarni hosil qilish va ekologik madaniyatni shakllantirish;

  • odam sog‘lig‘iga ta’sir etadigan omillarni bilish. Odamning salomatligini o‘rganishda ekologiya bilan meditsinaning o‘zaro bog‘liqligi; odamning o‘z salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilishga javobgarligi; salomatlikning atrofmuhitga bog‘liqligi xaqidagi bilimlar;

  • tabiiy omillarning salomatlikka ta’siri; ekologik omillar va kasalliklarning tarqalishi;

  • odamning xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq holda tabiiy muhitning o‘zgarishi: atrofmuhitning qishloq xo‘jaligi va sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi; transport atrofmuhitni ifloslantiruvchi omil ekanligi;

  • tabiatni muhofaza qiluvchi jamoat tashkilotlari, ularning vazifalari;

  • tabiat va odob-axloq. Tabiiy zahiralardan ayamay foydalanishning oldini olish;

  • ob-havo, iqlim va yashil o‘simliklarning gigiyenik ahamiyati; - atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri.

Ekologiya va salomatlik mavzusida turli xil tadbirlar o‘tkazish, yuqorida keltirilgan vazifalarni amalga oshirish, atrof-muhitga salbiy ta’sir qiluvchi omillarga qarshi kurashish, kelajak avlodning sog‘lom, barkamol o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi..

Download 18,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish