turistik resurskrdan samarali foydalanish uchun imkoniyatlami
izlab topish haqida flkr-mulohazalar bildirildi.
Keyingi yillarda ishlab chiqilgan muhim hujjatlar qatoriga
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-iyundagi «Bu
yuk Ipak yo‘li» ni qayta tiklashda 0 ‘zbekiston Respublikasi ishtiro-
kini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojiantirish
borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni hamda mazkur
farmonni amalga oshirish maqsadida e’lon qilingan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-iyundagi « 0 ‘zbe-
kiston Respublikasida xalqaro turizmnmg zamonaviy infratuzil-
masini Ьафо etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorini kiritish
mumkin.
Yurtimizdgi turizm ishini yanada rivojiantirish va uni tashkil
etishni takomillashtirish, turizm xizmatlari bozorida kichik turistik
tashkilotlarining qatnashishini faollashtirish, xorijiy sarmoyador-
larni turizm sohasidagi faoliyatga keng jalb qilish maqsadida
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998-yil 8-avgustda
«Turizm tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish
to‘g‘risida» Qaror qabul qildi. Qarorda Xususiy
turistik tashkilotlar
uyushmasi (XSTU) ni tashkil etish va uni «O'zbekturizm» MK
tarkibiga a’zo sifatida kirishi belgilab berildi. XSTU faoliyatining
asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
• «Buyuk Ipak yoii»ni tiklashda, respublikada turizmning
zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirishda faol qatnashish;
• uyushma a’zolari bo‘lgan xususiy turizm tashkilotlariga
ko‘maklashish va ular faoliyatini muvofxqlashtirish;
• turizm sohasida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish;
• xususiy turizm tashkilotlarini rivojlantirishga xorijiy sarmo-
yadorlami va mamlakatimizdagi yuridik va jismoniy shaxslaming
mablag‘larini jalb qilish;
• « 0 ‘zbekturizm» MK da, davlat organlarida va
jamoat tash-
kilotlarida uyushma a’zolari bo‘lgan xususiy sayyohlik tashkilot
larining manfaatlarini ifodalash;
• uyushma a ’zolariga axborot, maslahat va uslubiy yordam
ko‘rsatish;
316
•
turizm biznesi sohasida xodimlaming kasb tayyorgarligiga
va ularni qayta tayyorlashga ko‘maklashish.
« 0 ‘zbekturizm» MK tomonidan vazirliklar, korxonalar, tash
kilotlarning taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda 0 ‘zbe-
kiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
markazi 1998-yil 31-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazgan «Mehmon
xonalar klassifikatsiyasi» ishlab chiqildi. Mazkur standart kamida
10 nomerga ega bo‘lgan mehmonxonalar, motellar, kempinglar,
turistik bazalar, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan
turistlar va fuqarolaming boshqa vaqtincha yashab turish joylarining
klassifikatsiyasini belgilaydi. Unda, shuningdek, ishlatiladigan
asosiy terminlarning sharhi, mehmonxonalarga qo'yiladigan umu-
miy talablar, ularning javobgarligi, turli toifadagi mehmonxonalarga
qo‘yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Ayniqsa,
turli toifadagi mehmonxonalarga qo‘yiladigan talablarda: bino va
unga tegishli hudud, texnik jihozlar, nomerlar fondi, texnik ta’mi-
not, mebel va boshqa jihozlar ta’minoti, jihozlash va nomerlardagi
sanitariya-gigiyena buyumlari, umumiy foydalanish sanitariya
obyektlari, jamoat joylari, ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatish joylari,
xizmatlar, ovqatlanish xizmatlari, xizmatchilar va ulami tayyor
lashga boigan talablar haqida 1-5 yulduzli mehmonxonalarga xos
aniq vazifalar berilgan.
1999-yil 20-avgustda 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
tomonidan «Turizm to‘g‘risidagi» Qonun qabul qijindi. Bu qonun
asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga
qo‘yildi hamda dunyo bozori bo'yicha raqobatbardosh turistik
mahsulot yaratila boshlandi.
0 ‘zbekistonda turizm sohasini yangi bosqichga ko:tarishda
Respublika Prezidentining 1999-yil 15-apreldagi «2005-yilgacha
bo‘lgan davrda 0 ‘zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi
to‘g‘risida» gi Farmom alohida ahamiyatga egadir. Ushbu Farmon
millatlararo aloqalami kengaytirish va mustahkamlashga ko‘mak-
lashish hamda xalqaro turizm bozoriga uzviy qo‘shilish,
0 ‘zbekistonning madaniy-tarixiy va ma naviy merosini jahon
hamjamiyatiga targ'ib qilish, shuningdek, turistlarga xizmat
ko‘rsatish sifatini xalqaro andozalar darajasiga ko‘tarish maqsadida
qabul qilinib, 2005-yilgacha bo‘lgan davrda 0 ‘zbekistonda
turizmni
317
rivojiantirish Davlat dasturi va uni amalga oshirish bo‘yicha
Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi tasdiqlandi.
Farmonda mulkchilik shaklidan qat’i nazar, turistik tashkilotlar
xorijdan keltiriladigan texnologiya va mehmonxona uskunalari,
turizm maqsadlariga mo'ljallangan transport vositalari uchun
bojxona bojlari to‘lashdan uch yil muddatga ozod qilinishi ko'rsatib
o‘tildi. Shuningdek, « 0 ‘zbekturizm» MK tizimidagi korxonalarga
xorijiy turistlarga erkin ayirboshlanadigan valyuta hisobidan turistik
xizmat va qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish huquqi berilib, buning
uchun maxsus kassalar ochilishiga ruxsat berildi. «Umid» jam-
g'armasi har yili talabalarni turizm industriyasi mutaxassisliklari
bo'yicha yetakchi xorijiy mamlakatlarga ta’lim olish uchun yu-
borishni ko'zda tutishi ko‘rsatib o‘tildi. 0 ‘zbekiston Respublika-
sining Tashqi ishlar, Moliya va Madaniyat ishlari vazirliklarining va
« 0 ‘zbekturizm» MKning 0 ‘zbekiston Respublikasining AQSH,
Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Italiyadagi
elchixonalarida madaniyat va turizm masalalari bo‘yicha masla-
hatchi lavozimi birliklarini joriy etishlariga ijozat berildi.
Ushbu Davlat dasturi olti bo‘limdan iborat bo‘lib, 1-bo‘lim:
«Тurizmning me’yoriy - huquqiy bazasini shakllantirish» deb nom-
lanib, unda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida» gi
Qonunini tayyorlash, fuqarolarimizning xorijga chiqishi va 0 ‘z-
bekistonga xorijiy fuqarolaming kirishi haqidagi takliflami o‘rgan-
gan holda, xorijiy turistlar uchun boj, viza va boshqa hujjatlami
rasmiylashtirish Nizomiga o‘zgartirishlar kiritish;
Do'stlaringiz bilan baham: