Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm: nazariya


bilan bir qatorda,  Britaniya turistik agentliklar uyushmasi —



Download 13,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/403
Sana08.01.2022
Hajmi13,38 Mb.
#334375
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   403
Bog'liq
turizm nazariya va amaliyot boltaboyev m r va boshqalar 2

bilan bir qatorda,  Britaniya turistik agentliklar uyushmasi — 
«Britich
 
Travel Authority»
 
(BTA) tomonidan taklif qilingan tasniflash  tizimi
139


qoilaniladl.  Buyuk  Britaniyada  amal  qiluvchi  «tojiar»  tizimini 
«yulduzlar»  tizimi  bilan  uyg‘unlashtirish  uchun  «tojlar»ning 
umumiy  miqdoridan  bitta  «yulduz»ni  ayirish  kerak  (masalan,  to‘rt 
«tojli»  daraja  uch  «yulduzli»  darajaga  teng).  Yuqorida  ko‘rib 
chiqilgan Britaniya agentliklari uyushmasi tomonidan taklif qilingan 
mehmonxonalami  tasniflash  tizimi  ham  shunday  muvofiqlikni 
nazarda tutadi:
-  budjet mehmonxonalari -  «1  yulduz»;
-  turistik toifa mehmonxonalari -  «2 yulduz»;
-  o‘rtacha toifa mehmonxonalar -  «3 yulduz»;
-  birinchi toifa mehmonxonalari -  «4 yulduz»;
-  oliy toifa mehmonxonalari -  «5 yulduz».
Jahonda  mehmonxonalami  Fransiya  milliy  tasniflash  tizimida 
daraja lash keng tarqalgan. Bu tizim turistik mehmonxonalami  6 toi- 
faga ajratadi.  Shulardan besh toifa mehmonxonalarga ma’lum  miq- 
dorda yulduzlar berishni nazarda tutadi  («1  yulduzli»,  «2 yulduzli», 
«3  yulduzli»,  «4 yulduzli»  yoki  «5  yulduzli»  mehmonxonalar).  Bir 
toifa  -   yulduzsiz.  Bunday  tizim  mehmonxona  xizmatlari  bozorini 
ancha to‘liq qamrab olish  imkonini beradi. Minimal talab-mezonlar- 
ga javob bermaydigan mehmonxona toifa olishga da’vogar bo‘la ol- 
maydi. Bunday talab-mezonlar quyidagi guruhlarga birlashtirilgan:
A -  xonalar miqdori;
В -  umumiy binolar va xonalar;
С -  mehmonxonaning jihozlanishi;
D -  yashash joyining shinamligi;
E -  xizmat ko‘rsatish;
F  — nogironlar  hamda  harakatlanishi  cheklangan  shaxslarga 
yaratilgan qulayliklar.
Germaniya tasniflash tizimiga ko‘ra, mehmonxona korxonalari 
besh  toifaga  ajratiladi.  Bu  tizimni  Yevropa  tizimi  bilan 
uyg‘unlashtirish maqsadida bu yerda har bir toifa ma’lum yulduzlar 
miqdoriga mos kelishi nazarda tutiladi:
•  turistik toifa —«1 yulduz»;
•   standart toifa — «2 yulduz»;
•  komfortli toifa — «3 yulduz»;
•  birinchi toifa -  «4 yulduz»;
140


•  lyuks -  «5 yulduz».
Boshqa tasniflash  tizimlari  ham  o‘zming  «yiildiizlar» tizimiga 
muvofiqligini belgilashga harakat qiladi. Masalan, Gretsiyada A toi- 
fa  mehmonxonalari  «to‘rt  yulduzli»  darajaga,  V  toifa  mehmonxo- 
nalari  «uch  yulduzli»  darajaga,  S  toifa  mehmonxonalari  «ikki  yul­
duzli»  darajaga,  D  toifa  mehmonxonalari  «bir  yulduzli»  darajaga 
mos  keladi.  Italiyada birinchi  toifa mehmonxonalar shartli  ravishda 
«to‘rt yulduzli» darajaga, ikkinchi toifa mehmonxonalar uch yulduz­
li  darajaga,  uchinchi  toifa mehmonxonalar «ikki yulduzli» darajaga 
mos keladi.
Gernianiya  tasniflash  tizimining  o‘ziga  xos  jihati  shundan 
iboratki,  unda  pansionlar,  karvonsaroylar,  «garni»  otellar  singari 
mehmonxona  korxonalari  uchun  ham  toifalar  nazarda  tutilgan. 
Bunday  turdagi  mehmonxona  korxonalariga  tegishli  toifalami 
belgilashda «restoran»,  «ovqatlanish  servisi» kabi  majburiy talablar 
nazarda tutilmaydi, qo‘shimcha talablaming zarur miqdori esa ancha 
kam: 

'
-  birinchi toifa uchun -  90;
-  komfortli toifa uchun -  50;
-  standart toifa uchun -  15.
Bundan  tashqari,  mazkur  korxonalarga  ko‘pi  bilan  birinchi 
toifa («4 yulduz») berilishi mumkin.

Download 13,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish