Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “servis” fakulteti


-jadval “Juma elevatori” AJ da 2020 yil 2-choragi davomida sotilgan maxsulotlar to‘g‘risida ma’lumot (tonna)10



Download 0,63 Mb.
bet13/16
Sana04.06.2022
Hajmi0,63 Mb.
#635847
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2.Gulmurodov Zuxriddin

3-jadval
Juma elevatori” AJ da 2020 yil 2-choragi davomida sotilgan maxsulotlar to‘g‘risida ma’lumot (tonna)10



Mahsulot nomi

Aprel

May

Iyun

Chorak davomida

Hissasi,
%

1

Tashqi tizimga sotilgan un

1 595,9

1 820,0

2 134,9

5550,8

68,0

2

Korxona qoshidagi i/ch makaron va non mahsulotlariga

50,0

30,0

15,0

95,0

1,2

3

Arpa

-

15,0

80,0

95,0

1,2

4

Kombikorma, kepak va boshqa shunga o‘xshash mahsulotlar

817,1

1 098,9

509,0

2425,0

29,6

Jami:

2 463,0

2 963,9

2 738,9

8165,8




Korxonada asosiy mahsulot hisoblangan un mahsulotini sotishning ahvolini o‘rganadigan bo‘lsak, u quyidagicha amalga oshgan. Yilning birinchi choragida 5783,9 tonna un sotilgan bo‘lsa, ikkinchi choragida 5550,8 tonn va uchinchi choragida 6187,5 tonna un mahsuloti sotilishiga erishilgan. Korxonada unni sotish bir oz tekisroq amalga oshgan. Bu ko‘rsatkichlar korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi. Korxonadagi ahvolni yanada yaxshilash uchun uning marketing bo‘limining ishini jonlantirish lozim bo‘ladi. Bu bo‘lim korxonada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotilishini bir tekis xolatga olib kelishga va bir maromli harakatni ta’minlashga xissa qo‘shishi lozim.

4. Korxonaning marketing faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish yo‘llari.

Sanoat ishlab chiqarishi korxonalari faoliyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotilishi orqali foyda olinishi ta’minlanadi. Korxona mahsulotlari tezlikda sotilishi va foyda xajmini oshirib borilishi uchun bu korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning assortimentlarini ko‘paytirib borilishi kerak. Shu bilan birgalikda mahsulotlarning sifatini oshirish va ular reklamasini yo‘lga qo‘yish orqali mahsulotlar sotilishi xajmini ortishiga erishiladi. Bu faoliyatlarning barchasini korxonadagi marketing faoliyatida amalga oshiriladi. Korxona va tashkilotlarning bozor sharoitidagi faoliyatini marketing faoliyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.


Hozirgi sharoitda barcha korxonalar marketing faoliyatini yo‘lga qo‘ydilar va undan imkoni boricha foydalanmoqdalar. Ammo, marketing faoliyatini amalga oshirishda korxona va tashkilotlarda, shu jumladan “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyatida ham marketing faoliyatini olib borishda ba’zi bir kamchiliklar mavjud. Ular tovarlar assortimentlarini tez yangilashning bu korxonada imkoni yo‘qligi, mahsulotlar sifatini muntazam ravishda oshirib borilishi bo‘yicha ishlarning yetarli darajada emasligi, reklama faoliyatiga keng miqyosda e’tibor qaratilmayotganligida ko‘rinadi.
Bu korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning assortimentlarini ko‘paytirish, sifatini oshirish va bu mahsulotlar reklamasini rivojlantirish korxonadagi marketing faoliyatini takomillashtirish jarayonida amalga oshiriladi. Marketing faoliyatini takomillashtirish uchun marketing faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish va samarali marketing muxitini yaratish lozim.
“Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning assortimentlarini ko‘paytirish, sifatini oshirish va bu mahsulotlar reklamasini rivojlantirish uchun korxonada marketing muxitini yaratish lozim. Marketing muxiti - bu korxonaning butun xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy va xuquqiy omillar majmuidir. Marketing muxiti omillari o‘zgarib turuvchi omillardir. Shu sababli, korxona marketologlari va umuman barcha rahbarlari ularni muntazam ravishda tahlil qilib borishlari va undagi o‘zgarishlarni oldindan payqab olishga harakat qilishlari, istiqbolini belgilashga harakat qilishlari lozim. Korxona rahbariyati texnologik jarayonni aniq texnologik rejasini tuzishlari, va unga amal qilishni tashkil etishlari lozim. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida texnologik jarayon takomillashib boradi, shu sababli bu yangiliklarni muntazam ravishda korxonadagi faoliyatda qo‘llab borilishi kerak. Aks xolda raqobat kurashidan ortda qolib, bozor xissasini pasaytirib yuborilishi mumkin.
Marketing muxitining yana bir muhim omili korxonalardagi tashkiliy tuzilishdir. Sanoat korxonalarining tashkiliy tuzilishi uning ichki xolatini, ichki tuzilishini ko‘rsatadi. U asosiy ishlab chiqarishni, yordamchi ishlab chiqarishni, xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarishini, qo‘shimcha ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. Bu ishlab chiqarishlarning har birining ham o‘ziga mos o‘rni va ahamiyati bor. Ularning barchasi zarur. Ammo, korxona faoliyat olib borayotgan vaqt va xolat uchun qaysi biri muxim, qaysi birida muxim bo‘limlar yetishmaydi yoki ortiqcha bo‘limlar mavjudligini bilishning ahamiyati kattadir. Bu tuzilma vaqt davomida o‘zgarib turadi. Marketing faoliyatini tashkil etishda bu o‘zgarishlarni oldindan bilish va unga mos harakat qilish kerak.
Bu omillarni nazorat qilinadigan omillar deb ataymiz. Nazorat kilinadigan omillarni tashkilot va uning marketing xizmati boshqaradi. Ana shu omillardan marketing xizmati tomonidan nazorat qilinmaydigan ayrimlarini yuqori rahbariyat boshkaradi. Korxona va tashkilotlarda umumiy siyosat masalalarini ham marketing qarorlarini ham, bir shaxs odatda mulk egasi yoki yuqori darajadagi rahbar qabul qiladi, lekin bunday xollarda dastavval umumiy maqsadlarni belgilash, so‘ngra ularga marketing rejalarini moslashtirish kerak.
Sanoat korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etishda nazorat qilinmaydigan omillarga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Korxonadagi marketing faoliyatida nazorat kilinmaydigan omillar korxona va uning marketing xizmatlari tomonidan boshqarila olmaydigan faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tarkibiy qismlardir. Nazorat qilinmaydigan omillarning salbiy ta’siri natijasida qanchalik jozibali bo‘lmasin har qanday reja barbod bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tashki muxitni muntazam kuzatish, uning ta’sirini hisobga olish lozim bo‘ladi, kutilmagan vaziyatlar sodir bo‘lganda qilinadigan ishlar rejada ko‘zda tutilishi kerak. “Juma elevator” aksiyadorlik jamiyatidagi marketing faoliyatida quyidagi nazorat qilinmaydigan omillarni xamisha hisobga olishni va oldindan ko‘ra bilishni tavsiya etamiz: iste’molchilar, raqobat, xukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari. Jamiyat faoliyatida bu kabi omillar muhim rol o‘ynaydi. Ba’zi xollarda ularga e’tibor qaratilmaydi. Bu esa iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatining samarasini pasayishiga olib keladi. Buning natijasida hatto, ba’zi bir korxonalar tanazzulga yuz tutganlar.
Yuqoridagilardan xulosa qilsak, “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyatining butun xo‘jalik faoliyati to‘la-to‘kis bozor munosabatlarini mujassamlashtiradi. Korxona va bozor tushunchalari, bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan iqtisodiy kategoriyalar hisoblanadi. Chunki korxonalar faoliyatisiz bozor bo‘lishi mumkin emas.
Marketingni tashkil etish marketing faoliyatida asosiy o‘rinni egallaydi. U orqali butun iqtisodiy faoliyat samarasi aniqlanadi. Marketingni tashkil etish - marketing xizmatini boshkaradigan bo‘limlarning tashkiliy tuzilishi bo‘lib, u yoki bu topshiriqni bajarish uchun bo‘ysunish va javobgarlikni belgilaydi. Topshiriqlar tizimini shakllantiradi.
“Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyati marketingni tashkil etish yo‘nalishida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin, shunga qaramasdan bu yo‘nalishda ba’zi bir kamchiliklar ham mavjud. Mahsulotlar assortimentini yangilash bo‘yicha, sifatini oshirish bo‘yicha hamda reklama fvoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirilishi lozim. Shu sababli, korxonada foyda miqdorini ortishi sur’ati unchalik yuqori emas. Ishlab chiqarish rentabelligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanilmayapti. Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida korxonada marketingni tashkil etishni takomillashtirishni taklif qilamiz.
Marketingni tashkil qilishni korxonada bir necha yunalishda amalga oshirilishi mumkin:
1. Funksional yo‘nalishni takomillashtirish. Bu yo‘nalishda asosiy mas’uliyat taqsimot, sotish, ta’minot va tovar harakatini tashkil qilish doiralariga tushadi. Bu yo‘nalishni takomillashtirish orqali korxonada resurslar taqsimotini optimal xolatga keltirilishi, ta’minot va sotish funksiyalarini amalga oshirishda raqobatdoshlar harakatini obdon o‘rganish va tovar harakatini eng qulay yo‘llarini aniqlash amalga oshiriladi.
2. Marketingni tashkil etishni rivojlantirishning yana bir yo‘nalishi sifatida tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etishni taklif qilamiz. Tovarlar tamoyili bo‘yicha tashkil etishda korxonada ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari bo‘yicha marketing xodimi yoki marketing bo‘yicha rahbar qo‘shiladi. Tovar tamoyili bo‘yicha tashkil etish tovarlar va ular guruxlari bo‘yicha bo‘limlar tashkil etishni talab etadi. Unda tovar bo‘limlari bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi. Marketing xizmatining tashkiliy tuzilishi bu kabi bo‘lgan shakl, avvalo ishlab chiqaradigan tovarlar assortimenti katta bulgan korxonalarga tugri keladi.
Sanoat korxonalari, shu jumladan “Juma elevatori” AJ o‘z mahsulotlarini sotishda bozor tamoyillariga ham amal qiladi. Bu tamoyili bo‘yicha tashkil etishda deyarli barcha korxonalar o‘z mahsulotlarini xarakteri jihatidan turlicha bo‘lgan bozorlarda sotadilar. Turli bozorlarning sotib olish xususiyatlari yoki turli tovar afzalliklariga ega bo‘lgan xollardagina bozor tamoyiliga ko‘ra tashkil etish maqsadga muvofiqdir va samara keltirishi mumkin. Buni hisobga olib marketing xizmati bo‘limlari asosiy bozorlarga qarab tuziladi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyotida, birinchidan manfaatlar to‘qnashib, raqobat yuz bersa, ikkinchidan sub’ektlar o‘z faoliyatini, manfaatlarini ham muvofiqlashtirishga intiladilar. Aks xolda, ularning ishi yurishmaydi. Raqobat iqtisodiy sub’ektlarni ajralishi bo‘lsa, integratsiya ularni birlashtiradi. Integratsiyaning zarurligi har doim raqobat qilavermaydi, murosaga kelish, shu yo‘sinda manfaatlarni moslashtirishni talab qiladi.
Bozor iqtisodiyotida raqobatga xos bo‘lmagan munosabatlar ham kelib chiqadi. Masalan, marketing orqali ishlab chiqarish bilan iste’mol bog‘lanadi. Bunda sotuvchi bilan haridor o‘rtasida raqobat o‘rniga o‘zaro ma’qul aloqa o‘rnatiladi. Haridorga kerakli tovar yetkazib beriladi, narx esa sotuvchi uchun qulay bo‘ladi. Bu yerda manfaatlarning uygunlashuvi yuzaga keladi. “Juma elevator” aksiyadorlik jamiyati singari korxonalar, ya’ni aholiga oziq-ovqat ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar bu usuldan foydalanadilar.
“Juma elevatori”aksiyadorlik jamiyati faoliyatida bozorni har tomonlama o‘rganishda quyidagi yo‘nalishlardan foydalanilishi lozim:
1. Talabni o‘rganish;
2. Bozor tarkibini aniqlash;
3. Tovarni o‘rganish;
4. Raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;
5. Sotish shakli va uslublarini tahlil etish
“Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyatining marketing faoliyatida marketing-menejment funksiyasiga ham e’tibor qaratilishi lozim. Bizga ma’lumki, marketing-menedjment funksiyasi marketingni boshqarishni tashkil etish; nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu ishlarni amalga oshirilishi barobarida marketingni tashkil etish faoliyati bajariladi. Marketingni tashkil etish - marketingni boshqarishdagi muhim funksiya bo‘lib, u yoki bu topshiriqni bajarish uchun bo‘ysunish va javobgarlikni belgilaydi.
Marketingni tashkil etishni takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan yana biri sifatida marketing faoliyatini rag‘batlantirishni taklif qilamiz. Marketing faoliyati bo‘yicha samarali ishlayotgan rahbarlar va bo‘limlar rag‘batlantirib borilishi kerak. Ularning faoliyatini baholashda reyting tizimidan foydalanishni tavsiya qilamiz. Har bir harakat va har bir mahsulotni sotilishi hajmining o‘zgarishi natijasida ballar yig‘iladi. To‘plangan ballar bo‘yicha marketing faoliyatini olib boruvchi xodimlar o‘z ballari bo‘yicha o‘rinlarini egallaydilar. Eng yuqori ballarga ega bo‘lgan xodimlar rag‘batlantirib boriladi. Bu katta samaraga erishilishini ta’minlaydi.
“Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun avvalambor, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, tovar sotish usullarini takomillashtirish talab etiladi. Bu vazifa, ya’ni mahsulotlar va xizmatlar raqobatbardoshliligini oshirish juda ham murakkab jarayon bo‘lib, uning barcha iqtisodiy sub’ektlar uchun to‘g‘ri keladigan yagona yo‘li mavjud emas. Har bir korxona va tashkilotlar o‘z salohiyati va imkoniyatlari hamda yuzaga kelgan iqtisodiy shart-shartlaridan kelib chiqqan holda harakat qiladi.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish “Juma elevatori” aksiyadorlik korxonasida barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Samarali faoliyat uchun mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat umumdorligini oshirish, fondlar sig‘imini kamaytirib, fondlar samaradorligini oshirish va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni optimallash, korxonadagi ishlab chiqarish va iqtisodiy faoliyatini, rejalashtirish va tashkil etish jarayonini takomillashtirish bilan bir qatorda tovar sotish usullarini ham takomillashtirish talab etiladi. Biroq barcha xollarda ham ishlab chiqarish samaradorligining asosida korxona foydasini maksimallashtirish va ishlab chiqarish harajatlarini imkoni boricha kamaytirish yotadi.
Har bir ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish yo‘lida tinimsiz harakat qilishi va bu sohada tadbirlar tuzib, ularni amalga oshirishga harakat qilishi talab etiladi. Korxona ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlarning raqobatbardoshlilik darajasini oshirish hamda tovar sotish usullarini takomillashtirish uchun qator tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi. Ishlab \iqarish-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish uchun hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun ilmiy-asoslangan yo‘nalishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. Bozorga ishlab chiqarilayotgan bir xil mahsulot uchun raqobatchi tashkilotlar bilan daraja bir xil bo‘lgan taqdirda arzimas darajada kichik bo‘lsa ham biron-bir yangilik yaratishga harakat qilish va erishish hamda tovar sotish usullarini muntazam ravishda takomillashtirish. Korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlar va xizmatlar raqobatdoshlar mahsuloti yoki xizmatlaridan bir oz farq qiladi, bir oz sifatliroq yoki bir oz chiroyliroq bo‘lishi iste’molchini diqqatini o‘ziga jalb qiladi.
2. Korxona ishlab chiqarib bozorga olib chiqqan va taklif mavjud bo‘lgan va tanqisroq bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarib yoki xizmatlarni ko‘rsatib, ularning narxlarini bir oz pasaytirish (juda qisqa muddatga bo‘lsa ham) iste’molchilarni jalb qiladi, korxonaning reytingini oshirishi mumkin va raqobat kurashida yengib chiqishiga sharoit yaratadi.
3. Ishlab chiqarish korxonasidagi ishlab chiqarish, xo‘jalik va mahsulot sotuvi bo‘yicha tashkil qilinayotgan barcha ishlarda tijorat sirlarini saqlay bilish. Olib borilayotgan faoliyatni va uning nozik joylarini maxfiy ushlab turish raqiblarga korxona to‘g‘risida ma’lumotlarni bilish qiyinligini bildiradi.
4. “Juma elevator” aksiyadorlik korxonasi ishlab chiqarish va tijorat ishlarida yuqori malakaga ega bo‘lgan xodimlarni ishga jalb qilish, ularning samarali faoliyatini har tomonlama rag‘batlantirib turish, ular uchun samarali ishlash uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berish. Xodimlar mehnatini rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish. Ushbu tadbir yuqori sifatli va raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishda asosiy omillardan sanaladi.
5. Har bir ishlab chiqarish korxonasining o‘zining afzallik tomonlari bo‘ladi. Korxonadagi rahbariyat va xodimlar ana shu afzallik tomonni yaxshi bilishlari va saqlab qolishga harakat qilishlari lozim. Korxonaning raqobatdoshlardan ajratib turadigan xususiyatlarini yuzaga keltirish va ulardan samarali tarzda foydalanish kerak.
6. Ishlab chiqarish korxonasining va uning mahsulotlari yoki xizmatlarining raqobatbardoshlilik darajasini muttasil ravishda oshirib borishga harakat qilish. Tinimsiz ravishda izlanishlar olib borish. Yangiliklar kiritib borish, ishlab turgan tenika va texnologiyani samarali va kam chiqindili texnologiya bilan almashtirishga harakat qilish, dastgoxlarga ish unumdorligini oshirishga olib boruvchi va mahsulot sifatini yaxshilashga sabab bo‘luvchi o‘zgartirishlarni kiritish.
7. Foydalaniladigan xom ashyo va yordamchi materiallarning sifatli bo‘lishiga e’tibor berish. Sifatli bo‘lishi bilan bir qatorda arzonroq bo‘lgan xom ashyo turlarini qidirib topish. Arzonroq narxlarda bo‘lgan xom ashyo va yordamchi materiallar ishlab chiqariladigan mahsulotlarning sifatiga va pishiqligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak. Aks xolda raqobatda yutqazib qo‘yish mumkin.
8. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni jo‘natish muddatlarini qisqartirish, bajariladigan xizmatlar tezligini oshirish, tuzilgan shartnomalarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash ham raqobat kurashida yengib chiqish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birglaikda, korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi.
“Juma elevatori” aksiyadorlik korxonasidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini orttirish mexanizmining yana bir vositasi ishlab chiqarishni intensivlashtirishdir. Shu bilan birgalikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turi va sifatini oshirish hamda jahon andozalari darajasiga yetkazish, korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash singari omillar ham mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish mexanizmining vositalaridandir. Bu ishlarni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy dastgox va asbob-uskunalar, zamonoviy texnologiyalar, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning ilg‘or usullaridan foydalanish lozimdir.
“Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyatida tovarlarni sotishni kengaytirishning muhim yo‘llaridan biri reklama faoliyatini samarali tarzda yo‘lga qo‘yishdir. Reklama marketing faoliyatining muhim elementlaridan biri bo‘ladi. Reklama sotishni rag‘batlantirish vositalari, servis siyosati, to‘g‘ridan to‘g‘ri va shaxsiy sotishlar, ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etish, tovar belgisi, o‘rash-joylash, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida shaxsiy munosabatlarning shakllanishi, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
“Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyatida reklama tadbirlarining maxsus rejasini tuzilishi lozim. Bunda tanlangan reklama mablag‘laridan tashqari rejalashtirilgan sarflar jami ham belgilanadi. Rejada yana quyidagi ma’lumotlar o‘z aksini topishi kerak:

  • reklama aynan kimlar uchun mo‘njallangan;

  • reklama taqsimlanadigan xudud;

  • reklama ishi muddati.

Rejada reklama faoliyatining boshi va oxiri belgilab ko‘rsatiladi, shuningdek, uni tarqatish vositalari haqida ma’lumotlar beriladi. Reklama tadbirlari rejasi bozor o‘rganilishidan olingan natijalar asosida shakllantiriladi.
“Juma elevatori” aksiyadorlik korxonasining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun uning faoliyatidagi xolatni tinimsiz ravishda va ob’ektiv tahlil qilib borish lozim bo‘ladi. O‘tkazilgan tahlillar natijalarida esa, shu korxonadagi kamchiliklar aniqlanadi, foydalanilmayotgan iqtisodiy resurslar va iqtisodiy imkoniyatlar aniqlanadi. Bu imkoniyatlarni amaliyotga joriy qilish orqali korxona samaradorligini oshirishi mumkin bo‘ladi va mamlakatimizning iqtisodiy qudratini oshirishga hissa qo‘shiladi.
“Juma elevatori” aksiyadorlik korxonasida marketing faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:
1. Mahsulotlar ishlab chiqarishda – sifatni oshirish borish, xarajatlarni pasaytirishga muntazam ravishda harakat qilish, mahsulotga quyiladigan talablarni bajarilishiga erishish.
2. Bozorni o‘rganish sohasida – talabni va taklifni muntazam tahlil qilib borish va unga rioya qilish.
3. Bozorga ta’sir o‘tkazish choralari – sotuvni tashkil etish, savdo va reklama faoliyatini olib borish
Shu bilan birgalikda “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyatida yana quyidagi marketing vazifalaridan samaraliroq foydalanishni tavsiya qilamiz:
1. Talabni tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalar.
2. Korxona sohasiga taalluqli vazifalar. Bu vazifalar korxonadagi ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatini olib borish, unda texnologiyadan, moddiy resurslardan va mehnat resurslaridan samaraliroq foydalanishni ko‘zda tutadi.
3. Tashqi muxit va jamiyat tashkilotlari bilan bog‘liq masalalar. Har bir sanoat korxonasi o‘z faoliyati davomida ko‘plab tashkilotlar bilan hamda jamit bilan munosabatlarga kirishadi. Bu masala “Juma elevatori” aksiyadorlik jamiyatining atrof-muxitdagi tashkilotlar bilan hamda xudud aholisi bilan munosabatlari qamrab olishi kerak. Agar korxonani o‘zi faoliyat olib borayotgan xudud va uning aholisi bilan munosabatlari yaxshi shakllangan bo‘lsa, bu korxona iqtisodiy jihatdan yanada yuksalib boraveradi, uning iqtisodiy ko‘rsatkichlari yanada yaxshilanib boraveradi.
4. “Juma elevatori” aksiyadorlik korxonasidagi boshqaruv faoliyatida marketing tamoyillaridan oqilona ravishda foydalanish. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida marketingni boshqarishda, uni tuzilishi qandayligidan qat’iy nazar bir xildagi qonun-qoidalarga rioya qilinmog‘i darkor.
Ularning majmuiga tamoyillar deb ataladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning hozirgi bosqichida marketingni tashkil etishda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi:

  • mehnat taqsimotiga amal qilish;

  • hokimiyatga bo‘ysinish, intizom va tartibga rioya qilish;

  • buyruq berishning yagonaligi, boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik; - mehnatni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish;

  • markazlashuv va ierarxiyaga rioya qilish;

  • ishchi va xizmatchilarning doimiyligi, birligi va yagonaligi;

  • tashabbuskorlik va haqqoniylik (ob’ektivlik);

  • ilmiy asoslanganlik;

  • tejamkorlik va samaradorlik.

Ushbu tamoyillarga rioya qilinishi “Juma elevator” aksiyadorlik jamiyatida samaradorlikni yanada oshirishga va rentabellik darajasini yuksaltirishga olib boradi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish