Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

Birinchidan,
hozirgi vaqtga kelib turizm sohasi xalq 
xo‘jaligimizning deyarli barcha tarmoqlarini qamrab olish 
darajalarida rivojlanmoqda. Ana shu qamrab olish davrida 
turizmning ko‘plab ishlab chiqarish tarmoqlariga va sohalariga 


200
201
bo‘linishi kelib chiqdi. Yangi tarmoqlarni va sohalarni 
rivojlantirish turizmdagi dolzarb masalalarga va muammolarga 
aylanib borayotganligi va ayniqsa qishloq joylarda aholini ish bilan 
ta’minlash va servis xizmatlarini sifatli, samarali ko‘rsatish davlat 
siyosatiga aylanganligi sababli, ushbu qayd qilingan muammolarni 
yechishni talab qilmoqda. Bu muammolarni yechishning eng 
samarali yo‘llari esa mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish 
hisoblanadi.
Ikkinchidan,
mamlakatimiz xalq xo‘jaligi mustaqilligimizdan 
keyin xalqaro integratsiya sharoitlarida rivojlanishni boshladi. 
Xalq xo‘jaligida eski xalqaro talablarga javob bermaydigan 
texnologiyalar, bir yoqlamaga moslashgan ishlab chiqarish 
tarmoqlari mamlakatni modernizatsiya qilish asosida zamonaviy 
texnologiyalarda ishlab chiqarish usuliga o‘tdi. Bu sharoitda 
ishlab chiqarish va aholiga servis xizmatlarini samarali ko‘rsatish 
birinchi navbatda aholining ish bilan ta’minlanganlik darajalarini 
ko‘tarishni talab qilmoqda. Mamlakatimizda esa deyarli 50% aholi 
qishloqlarimizda yashashmoqda. Qayd qilingan muammolarni 
hal qilishda ichki turizmni qishloqlarni rivojlantirishning barcha 
rejalariga qo‘shgan holatlarda yechish mumkin.
Uchinchidan, 
ichki turizmni rivojlantirish hozirgi vaqtda 
xalqimizning madaniy va ma’rifiy taraqqiyotini rivojlantirishda ham 
kutilgan samaralarni berishi shubhasiz hisoblanadi. Chunki, ichki 
turizmni rivojlantirishda aholi ish bilan ta’minlanadi, ijtimoiy-
iqtisodiy yashash tarzi oshadi, ichki turizm infratuzilmalarini 
yaratishda va ichki turizmda ximatlar qilishda aholining turizmdagi 
faoliyati kuchayadi, viloyatlar va tumanlarda yashayotgan 
aholilarning bir-biri bilan tanishishi va do‘stlashuvi kuchayadi. 
Viloyatlardagi aholilar boshqa viloyatlardagi, tumanlardagi turistik 
resurslardan va ayniqsa rekreatsiya, davolanish va muqaddas 
ziyoratgohlardan xabardor bo‘lishadi.
Eng muhimi shundaki, ichki turizmning rivojlanishi turistik 
ekskursiya xizmatlarining rivojlanishini ta’minlaydi. Ayniqsa, 
bolalar ekskursiyalarining rivojlanishi natijasida bo‘lg‘usi avlodning 
vatanimizni bilishi va uning boyliklarini bilishi, betakror tabiatini 
o‘rganishi xalqimizning madaniy-ma’rifiy taraqqiyotida muhim 
va ahamiyatli hisoblanadi.
To‘rtinchidan,
mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish 
natijasida ishlab chiqarish sohalarida mahsulotlar ishlab chiqarishni 
ko‘paytiradi va kuchaytiradi. Ayniqsa, qishloqlarimizda milliy 
meros mahsulotlarini ishlab chiqarish kuchayadi, unutilganlari 
qayta tiklanadi. 
Beshinchidan,
ichki turizmni rivojlantirish jarayonida 
vatanimizga tashrif buyurayotgan xalqaro turistlarni jalb qilish va 
ularga qiziqarli, jozibali turistik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlari 
hosil bo‘ladi. Chunki, xalqaro turizm ekspertlarining xulosalariga 
ko‘ra xalqaro turistlar birinchi navbatda xalqlarning yashash 
tarziga, milliy madaniyatiga, milliy merosiga, milliy urf-odatlariga 
va milliy o‘yinlariga qiziqishadi.
Qayd qilinganlarga asoslanib xulosa qilishimiz mumkinki, 
mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish milliy turizmning 
shiddat bilan rivojlanishiga asoslar, katta imkoniyatlar yaratadi. 
Bu rivojlanishga va imkoniyatlarga erishish uchun esa birinchi 
navbatda mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirishning 
nazariy-konseptual rejalarini ishlab chiqishimiz kerak.
Ikkinchidan, ichki 
turizmni shaharliklar – qishloqlarga va 
qishloqliklar – shaharlarga shiori va dasturi asosida 
rivojlantirish 
Yevropa davlatlarida o‘tgan asrning 70-yillaridan mukammal 
amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, qishloqlardagi maktab 
o‘quvchilarini shaharlar hayoti va diqqatga sazovor joylari bilan 
tanishtirish ekskursiyalarini muntazam tashkil qilish va aksincha 
shaharlik maktab o‘quvchilarini qishloq hayoti bilan tanishtirish, 
dam oldirish ekskursiyalarini muntazam tashkil qiluvchi turistik 
firmalarga ko‘plab imtiyozlar yaratish Yevropa davlatlarida ichki 
turizmni rivojlantirish dasturlariga kiritilgan.
Uchinchidan, viloyatlar va tuman hokimliklari o‘z 
hokimliklari tasarrufida yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining 
dam olish tizimini samarali tashkil qilishda ichki turizmni 


202
203
rivojlantirish imkoniyatlaridan unumli foydalanish salohiyatlari 
juda katta ekanliklarini e’tiborga olishlari lozim (ziyoratgohlarda 
ziyorat va dam olish infratuzilmalarini yaratish, ishlamayotgan 
va ta’mir talab ziyoratgohlar hamda rekreatsiya obyektlarini 
tadbirkorlarga berish, vatanimizni o‘rganamiz dasturlarini 
yaratish va boshq.).
To‘rtinchidan, maktablarimizdagi yozgi ta’til vaqtida 
shaharlarga, tog‘larga, tabiatning so‘lim maskanlariga, tabiiy 
geografik mintaqalarga o‘quvchilar ekskursiyalarini tashkil qilishda 
viloyatlar va tumanlar, shahar hokimliklarining mablag‘larini 
jalb qilishning huquqiy me’yorlarini ishlab chiqish vaqti keldi. 
Buning uchun birinchi navbatda ushbu yo‘nalishda turistik 
faoliyat ko‘rsatuvchi turistik firmalarga davlatimiz tomonidan 
ko‘rsatiladigan jiddiy moliyaviy yordam va imtiyozlar tizimini 
ishlab chiqish zarur bo‘lmoqda.

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish