rekreatsiyani
amalga oshirish
ekanligini mukammal tadqiq qilganlardan biri hisoblanadi. I.T.
Kol bo‘yicha «rekreatsiya» mehnatdan keyin imkoni boricha tabiat
bag‘rida qisqa (asosan yakshanba kuni, yoki bir necha kunlar)
muddatli dam olish hisoblanadi.
Rekreatsiya atamasi lotin tilida «recratio» – «tiklanish»
ma’nosini bildiradi. Fransuzlar bu so‘zni «recreation» deb
yozishadi va tarjimasini – ko‘ngilxushlik, dam olish, ishdan
xoli holda harakatlarni o‘zgartirish va bu harakatlarni amalga
oshiruvchi manzillarning tavsiflarini keltirishni tushunadi. Ikkala
holatda ham rekreatsiya atamasi insonning hayot faoliyatini tiklash
(bo‘sh vaqtda) bilan birga o‘sha bo‘sh vaqtni o‘tkazish makonini,
manzilini ham bildiradi.
Turizm faoliyati asosan bo‘sh vaqtda amalga oshiriladi. Shuning
uchun ham
rekreatsiya
va
turizm
so‘zlarining ma’nolarini ko‘rib
chiqishda – vaqtni samarali o‘tkazish bo‘yicha – ularning biologik
va ijtimoiy-iqtisodiy mazmunlarining mohiyatini anglab olishni
talab qiladi. «Dam olish» va «bo‘sh vaqt» har xil nisbatlarda –
biologik va ijtimoiy mazmunga ega. Ya’ni, «dam olish» ijtimoiy
muhitda, «bo‘sh vaqt» biologik muhitda amalga oshiriladi.
64
Kol I.G.«Jamovaiy harakat va ular yaratgan ko‘ngil ochish xizmatlari va
suv kurortlari» (1841) Åðäàâëåòîâ Ñ.Ð. Ãåîãðàôèÿ òóðèçìà. Àëìàòè, 2000.
C. 330..
Rekreatsiya keng chegaralarni hosil qiladi. Rekreatsiya qisqa
muddatli (ish vaqtida qisqa muddatli dam olish) va uzoq muddatli
bo‘lishi mumkin (ta’tillar, bayramlar, hafta oxiridagi dam olish).
Birinchisida ma’lum bir qolip-chegaradan chiqilmaydi (kundalik
ishdagi qisqa dam olish). Ikkinchisida har kunlik bir xil odatiy
faoliyat butunlay o‘zgaradi. Ya’ni rekreatsion faoliyat rekreatsion
sharoitga boradi.
Turizmning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, uning ta’sir
doirasining kengligi, ommaviyligi va ahamiyati – bularning
hammasi turizmni tushunish iboralari – «dam olish», «bo‘sh
vaqt», «rekreatsiya», «turizm» to‘planib hozircha bitta tushuncha
– turizmni tashkil qilmoqda. Lekin turistik faoliyat hamma
vaqt ham rekreatsiya bo‘lmaganidan, rekreatsiya ham hamma
vaqt turizm bo‘laolmaydi. Masalan, ishchanlik turizmi ishlab
chiqarish talablaridan kelib chiqib asosan ish vaqtida bajariladi.
Bu turizm. Bu yerda turizm ishchanlik turizmini, rekreatsiyani,
bo‘sh vaqtni qamrab olgan. Bularning qisman uchrashuvi
rekreatsiya turizmini tashkil qilmoqda.
«Rekreatsiya», «rekreatsion faoliyat» va «rekreatsion xizmatlar»
tushunchalarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini anglashda
insonning dam olish faoliyati bilan bog‘lik hodisalarni tushunish
lozim. Bu hodisalar esa insonning dam olish faoliyatining tasniflari
deb tushuntiriladi
65
:
1. Aniq jismoniy yuklama bilan bog‘langan faoliyat (sport bilan
shug‘ullanish, sayrga chiqish).
2. Havaskorlik mashg‘ulotlari faoliyati (ovga chiqish, baliq
ovlash, qo‘ziqorin va mevalar terish, har xil buyumlarni to‘plash-
kolleksiya qilish.
3. San’at dunyosi bilan bog‘lanish (teatrlarga, konsertlarga,
muzeylarga, badiiy galereyalarga borish.
4. Intellektual faoliyat (o‘z ustida ishlash, gazetalar, jurnallar,
adabiy kitoblar o‘qish, televideniya ko‘rsatuvlarini kuzatib borish).
65
Åðäàâëåòîâ Ñ.Ð. Ãåîãðàôèÿ òóðèçìà: Èñòîðèÿ, òåîðèÿ, ìåòîäèêà,
ïðàêòèêà. Àëìàòè, 2000. C. 330.
190
191
5. O‘z qiziqishi va tanlashi bo‘yicha bo‘sh vaqtni o‘tkazish.
6. Faol ko‘ngil ochish (o‘yinlar, raqs) va sust ko‘ngil ochish-
tomosha.
7. Qiziqish va qoniqish – zavq-shavq olish uchun sayohatga
chiqish.
Yuqorida qayd qilingan dam olish turlari majmuali holda yuzaga
chiqadi yoki bir-biri bilan bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatadi, ayniqsa
sayohat vaqtida bir-biri bilan bog‘liq holda birdaniga yoki ketma-
ketlikda amalga oshiriladi. Shuning uchun ham «rekreatsiya»,
«rekreatsion faoliyat» va «rekreatsion xizmatlar» atamalari mehnat
qilish xususiyatlari o‘zgarganda, bo‘sh vaqtdan foydalanish tarkibi
va shakllari o‘zgarganda jismoniy jihatdan eng yaxshi dam tinchlik
emas, faoliyatning o‘zgarishi deb tushunilgandagina alohida-
alohida ma’nolarga ega bo‘ladi.
Og‘ir mehnatdan keyin quvvatni tiklash, tiklanish uchun dam
olish asosan yashash joyida amalga oshirilib kelinardi, hozir ham
shunday. Asta-sekinlik bilan sutkalik, haftalik, oylik va yillik
mehnat qilishning to‘planib borishi natijasida inson o‘zini-o‘zi
avaylashi nuqtayi nazaridan dam olishni tobora samaraliroq
o‘tkazishni xohlaydigan va buni «samarali o‘tkazish» uchun
moddiy-iqtisodiy sharoitlar yaratilganidan keyin sanatoriya-
kurortlarni tanlay boshladi.
Shuning uchun ham bo‘sh vaqtni samarali o‘tkazishni,
insonning hayotiy faoliyatlaridan kelib chiqqan tanlash
xususiyatlarining paydo bo‘lishiga «rekreatsiya», «rekreatsion
faoliyat» deb qarash to‘g‘ri bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki,
turizm tushunchasi rekreatsiya tushunchasiga nisbatan ancha tor
ma’noni, tor doirani hosil qiladi. Bundan xulosa qilish mumkinki,
insonning rekreatsiya faoliyati bo‘sh vaqt davomida amalga
oshirilganligidan «dam olish» yoki «dam» turizm, rekreatsiya,
ekskursiya tushunchalaridan yuqorida turadi.
Dam olish rekreatsiya mashg‘ulotlaridan iborat bo‘lib, bu
mashg‘ulot bilan uyda ham, uydan boshqa joyda ham shug‘ullanish
mumkin. «Rekreatsiyada» inson albatta o‘z uyidan rekreatsiya
makoniga borishi kerak. Bu borish o‘zida «turizm va ekskursiyani»
birlashtiradi. Turizm esa+dam olish turi+rekreatsiya turi, aniqrog‘i
turizm rekreatsiyaning bir qismi. Ekskursiya ham, dam olish ham
rekreatsiya – turizm.
Hozirda turizm sohasidagi tadqiqotchilar, turizm ta’limidagi
tadqiqotchilar insonning «rekreatsiya faoliyati», «rekreatsion
faoliyat» atamalarini ko‘proq ishlatishmoqda. «Rekreatsion
faoliyat» ruscha va o‘zbekcha so‘zlardan iborat bo‘lganligidan,
ikkinchidan «rekreatsion faoliyat» insonning «rekreatsiya
faoliyati»ni anglatgani uchun «rekreatsiya faoliyati» atamasini
ko‘proq adabiyotlarga kiritishimiz to‘g‘riroq bo‘ladi. Agarda ikkala
atamani ham ishlatsak har ikkala atamaning rekreatsiyadagi turli
tavsiflarni yaratishga to‘g‘ri keladi. Bunday tavsiflarni yaratishning
iloji yo‘q. Chunki, bu ikkala atamaning tavsiflari aynan bir xil
hisoblanadi.
Insonning rekreatsiya faoliyatlarini tasniflashni izohlash
uchun juda ko‘p hajmdagi ma’lumotlarni yozish mumkin.
Chunki, inson rekreatsiyani turizmning turlari bo‘yicha ham
tanlashi mumkin. Bunday holatda rekreatsiyaning faoliyatlarini
tasniflash qayd qilganimizdek, juda katta hajmlarni oladi.
Shuning uchun ham rekreatsiya faoliyatini jamoaviy tasniflash-
guruhlash ancha tushunarli hisoblanadi. Rekreatsiyaning
jamoaviy tasnif-guruhlari
66
.
67
.
68
;
1. Rekreatsiyaning tibbiy-biologik faoliyati:
rekreatsiyaning tibbiy-
biologik guruhi faoliyati-sanatoriya va kurortlarda davolanish va
sog‘liqni tiklashdan iborat hisoblanadi. Ya’ni, insonni rekreatsiya
turizmi orqali sog‘lomlashtirish va dam oldirishda ushbu jamoaviy
guruh yordam beradi (rekreatsiya xizmatlari).
2. Rekreatsiyaning ijtimoiy-madaniy faoliyati:
rekreatsiyaning
ijtimoiy-madaniy faoliyatlari (yuqorida dam olish tizimining
66
Åðäàâëåòîâ Ñ.Ð. Ãåîãðàôèÿ òóðèçìà. Èñòîðèÿ, òåîðèÿ, ìåòîäèêà,
ïðàêòèêà. Àëìàòè, 2000. C. 330.
67
Êóñêîâ À.Ñ., Ãîëóáåâà Â.Ë., Îäèíöîâà Ò.Í. Ðåêðåàöèîííàÿ ãåîãðà-
ôèÿ, ÊíîÐÓÑ, Ìîñêâà. 2010. C. 500.
68
Àëåêñàíäðîâà À.Þ. Ãåîãðàôèÿ òóðèçìà. ÊíîÐÓÑ, Ìîñêâà. C. 592.
192
193
yo‘nalishlarida keltirildi) natijasida ishchi kuchi qayta tiklanadi.
Ayniqsa, ijtimoiy turizmda (imtiyozli rekreatsiya), shuningdek,
madaniy rekreatsiyada ham ishchining mehnat qilish qobiliyati
oshadi, kengayadi, asabiy holatlar kamayib, ko‘plab xavfli
kasallanishning oldi olinadi.
3. Rekreatsiyaning iqtisodiy faoliyati:
rekreatsiyaning iqtisodiy
faoliyati bir necha yo‘nalishda amalga oshiriladi:
• mamlakatning aniq bir hududida aniq xo‘jalik tarkibining
rivojlanishi kuchayadi;
• rekreatsiya xizmatlari natijasida aholining ish bilan bandligi
oshadi;
• rekreatsiya markazlarida aholining iqtisodiy daromadlari
oshib boradi;
• xorijiy turistlarga rekreatsiya xizmatlari ko‘rsatishda valuta
tushumlari hosil bo‘ladi.
4. Rekreatsiyaning siyosiy faoliyati:
siyosiy jihatdan
rekreatsiyaning faoliyati shundan iboratki, u xalqlarni tanishtiradi,
yaqinlashtiradi va do‘stlashtiradi.
5. Rekreatsiyaning ekologik faoliyati:
rekreatsiyaning ekologik
faoliyatida inson tabiat bag‘rida dam olishi bilan birga tabiatni
asrash va muhofaza qilishga hissa qo‘shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |