Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


Ekoturistik rayonlarda ekoturizmni rivojlantirishdagi



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

13.2. Ekoturistik rayonlarda ekoturizmni rivojlantirishdagi 
vazifalar
O‘zbekistonning ekoturistik rayonlari xaritasining ishlab 
chiqilishi ham mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirishdagi 
jiddiy tadqiqotlardan hisoblanadi. Shu bilan birga bu ekoturistik 
rayonlarda ekoturizmni rivojlantirishda quyidagi muammo va 
masalalarni hal qilishga to‘g‘ri keladi:
1. Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslaridan ekoturizmni 
rivojlantirishda foydalanishning huquqiy-me’yorlarini ishlab chiqish.
2. Ekoturistik rayonda turizmda foydalanish mumkin bo‘lgan 
barcha resurslarning ro‘yxatini tuzish va ta’rif-tavsiflarini 
tayyorlash.


174
175
3. Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslarining ro‘yxatini 
tuzish va ta’rif-tavsiflarini tayyorlash.
4. Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirish yo‘nalishlarini, 
imkoniyatlarini, ilmiy, amaliy va tashkiliy jihatlardan ishlab 
chiqish.
5. Ekoturistik rayonning ekoturistik resurslari reklamalarini 
ishlab chiqish.
6. Ekoturistik rayondagi ekoturizm resurslariga ekoturistik 
ekskursiya va ekoturistik marshrutlar ishlab chiqish.
7. Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirishning tashkiliy, 
ekologik va iqtisodiy tizimlarini ishlab chiqish.
8. Ekoturistik rayonda aholini ekoturizm sohasiga tayyorlashda 
bepul o‘qitish va ekoturizm tadbirkorligi markazlarini tashkil 
qilish.
9. Ekoturistik rayonda ekoturizmni rivojlantirishning hududiy 
dasturlari va strategik rejalarini ishlab chiqish.
10. Ekoturistik rayonlardagi ekoturizm resurlarida 
(obyektlarida) ekturistik infratuzilmalar yaratishga kirishish.
11. Respublikamizdagi viloyatlar o‘zlarining ijtimoiy va 
iqtisodiy rivojlantirish dasturlariga ekoturizmni rivojlantirish 
dasturlarini ham qo‘shishi.
O‘zbekistonning ekoturistik rayonlarida ekoturizmni 
rivojlantirishni turizmda qisqa muddatlarda hal qilinadigan 
masalalar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Chunki, yuqorida keltirilgan 
vazifalar mukammal ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishni va tashkiliy-
iqtisodiy tizimlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Shuning uchun ham 
ekoturizm mutaxassislari dastlabki bosqichda mamlakatimizning 
viloyatlarida ekoturizmni rivojlantirish muammolarini o‘rganishni 
boshlashlari lozim bo‘ladi. Bu yo‘nalishda dastlabki natijalar 
yuzaga (Navoiy viloyati bo‘yicha) chiqdi
54
.
Bu holatning asosiy sababi birinchidan, O‘zbekistonda hali 
majmuali turni, majmuali turmahsulotlarni ishlab chiqaruvchi 
54
Islomova R.A. Ekologik turizmni rivojlantirish muammolari. Toshkent: «Iqtisodiyot», 
2014. 131-b.
malakali turoperatorlarning juda kamligi hisoblanadi. Ikkinchidan, 
turoperatorlarimiz respublikamizning tabiiy geografiyasini, 
tabiiy mintaqalarning biologik xilma-xillik resurslarini yaxshi 
bilishmaydi. Uchinchidan, viloyatlardagi turistik resurslarning 
rayonlashtirilmaganligidir. Shu sababli turoperatorlar turistik 
resurslarning umumiy ro‘yxati bilangina ishlashadi, yoki 
viloyatlarda faqat ancha ommaviylashgan turistik obyektlargagina 
turmahsulot, turistik marshrutlar ishlab chiqishmoqda. 
Ichki turizmda ham, ayniqsa xalqaro turizmda bunday, 
ya’ni har bir turistik obyektdan individual usulda foydalanish 
davridan o‘tdik. Bu davrning turistik mahsuloti eskirdi. Hozir 
xalqaro turizmni rivojlantirish uchun yangi va faqat yangi turistik 
mahsulotlar ishlab chiqishimiz talab qilinmoqda. 
Turistik resurslardan majmuali foydalanishning mazmuni 
shundaki, tajribali turoperator bir turistik obyektni ko‘rishga kelgan 
turist yoki turistlarni qo‘shni turistik obyekt yoki turistik hududga 
qiziqtirishning uddasidan chiqishi lozim. Yevropa, Amerika va 
Xitoy davlatlaridagi turoperatorlar shu usulda ishlashadi. Shuning 
uchun ham biz viloyatdagi ekoturistik-rekreatsion resurslardan 
turizmda foydalanish uchun bu resurslarni viloyat bo‘yicha 
rayonlashtirish bugungi turizm rivojining dolzarb talablaridan deb 
hisoblaymiz. 
Turistik rayonlashtirishda ko‘plab tadqiqotchilar hududlarning 
turizmga yaroqliligi, turistik resurslarning jozibadorligini asos qilib 
turizm tizimini hududiy va mintaqaviy loyihalashtirishni taklif 
qilishgan. Turistik hududiy birliklarda rayonlashtirilganda tahlil 
obyekti qilib (asos qilib) geografik joylashishni, tabiiy sharoitini, 
biologik resurslarini, etnik, madaniy, tarixiy va tarixiy-madaniy 
resurslarini (arxitektura obidalari, o‘ziga xos an’anaviy madaniyati, 
muzeylari, madaniy markazlari), turizm industriyasining madaniy-
texnik resurslarini, hududning ijtimoiy-iqtisodiy va zamonaviy 
ekologik holatiga bahoni, ekologik ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarni 
asos qilib oladi. 
Yana bir muhimi ekoturistik rayon ichidagi ekoturistik hududlar 


176
177
bir-biriga chegaradoshligi, bir ekoturistik hududdan ikkinchi 
bir ekoturistik hududga o‘tishi mumkinligi ham hisobga olindi. 
Shuning uchun ham, bizning xulosalarimiz bo‘yicha bir ekoturistik 
rayon ichidagi ekoturistik hududlardan majmuali foydalanish 
imkoniyatlari yuqori darajada bo‘ladi (masalan, o‘rmonlardan suv 
havzalariga, ulardan ijtimoiy-madaniy resurslarga va boshq.).

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish