Samarqand iqtisodiyot va servis instituti raxmatulla xaitboyev ekologik turizm


O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasi



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/115
Sana02.03.2022
Hajmi5,76 Mb.
#478634
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115
Bog'liq
ekologik turizm

3.2. O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasi
XX asrning ikkinchi yarim yilliklaridan boshlangan ilmiy-texnika 
rivoji tabiat va uning resurslaridan rejasiz, ayovsiz foydalanish davrini 
boshlab berdi. Qudratli texnika yer bag‘rining 10 km chuqurligicha 
kirib bordi. Xalqaro bozordagi raqobat tabiiy resurslardan qayta 
ishlab mahsulotlar ishlab chiqarishni kuchaytirdi. Sayyoramiz 
atmosferasining zaharli gazlar bilan ifloslanishi, unumdor yerlarning 
qishloq xo‘jaligi foydalanishidan tobora ko‘plab maydonlarda 
chiqarilishi, biologik resurslardagi turlarning yer yuzidan yo‘qotilishi 
kuchayib borayotganligi, dunyo okeanining ifloslanib borishi o‘tgan 
asr oxirlarida xalqaro hamjamiyatni tashvishga solib qo‘ydi.
Yer yuzida insoniyat hayotini saqlab qolishning ko‘pdan ko‘p yo‘llari 
izlandi. Shu izlanishlardan biri ekoturizmni tashkil qilish masalalari edi. 
Hozirgi yillargacha o‘tgan muddatda ekoturizmni rivojlantirishning 
maqsadi, vazifalari, mohiyatiga ko‘p yillik tortishuvlardan keyin 
baho berildi. Ekoturizmning tamoyillari belgilandi, shu bilan birga 


38
39
ekoturizmni rivojlantirishning ko‘plab metodlari, amaliyoti va xalqaro 
miqyosda tan olingan modellari yaratildi.
Tabiat muhofazasida va insonlarda ekologik ong va madaniyatni 
shakllantirishda ekoturizmning muhim o‘rnini dastavval sezgan 
davlatlar qayd qilingan metodlar va xalqaro modellarni hech 
ikkilanmasdan qabul qildilar va o‘z davlatlarida ekoturizmni jadal 
sur’atlar bilan rivojlantirib bormoqdalar. 
Sayyoramizda tabiat boyliklarining tobora kuchayib borayotgan 
inqirozi inson jamiyatining umum halokatini tezlashtiradi degan 
xulosa va isbotlarning jahon nashriyotlarida e’lon qilinganiga ham 
ko‘p yillar bo‘ldi. Insoniyat faqat tabiatni saqlab qolgandagina bu 
holatning oldini olishi mumkin. Insoniyat hayotiga og‘ir xavflarni 
solishi mumkin bo‘lgan eng xatarli ekologik muammolar quyidagilar:
1. Global iqlimiy o‘zgarishlar.
2. Atmosferada ozon qatlamining yemirilishi.
3. O‘rmonlarning qurib borishi va qirqilishi.
4. Sayyoramizda cho‘llanishning kuchayib borayotganligi.
5. Dunyo okeanining ifloslanib borayotganligi.
6. Biologik turlarning yo‘q qilinishi.
7. Yer unumdorligining pasayishi.
8. Ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishning 
pasayishi.
9. Chuchuk suv zaxiralarining kamayib borayotganligi.
Insoniyat oldida turgan sayyoraviy muammolarni insoniyatning 
o‘zi bartaraf etishi kerak va bartaraf etishga majbur. Shu nuqtayi 
nazardan ham, ekoturizmni rivojlantirish dunyodagi barcha 
davlatlarning davlat siyosatiga aylanib borayotganligida ham 
tushunish mumkin. BMTning konferensiyasi va sammitlarida 
150 dan ortiq xalqaro tabiat muhofazasi bilimlarining, 
ko‘rsatmalarining qabul qilinishi natijasida ekologik boshqaruv 
milliy mexanizmlarining ko‘plab zaruriy elementlari yaratilmoqda. 
Bu qarorlardagi eng muhim tamoyillar:
1) har qanday ishlab chiqarish sohalarida ekologik boshqaruvni 
amalga oshirish ta’minlansin;
2) har bir davlatlarda yashayotgan xalqlarning ekologik bilimi va 
madaniyatini shakllantirish ekologik muammolarni hal qilishdagi 
birinchi imkoniyatlar, kuchlar ekanligi alohida ta’kidlansin.
O‘tilgan mavzularda ekoturizmning kelib chiqishida va 
shakllanishida insoniyatning o‘z yashash makoni bo‘lgan tabiatni 
g‘orat qilib kelishi natijalari ekanligini keltirgan edik va bu fikr-
mulohazalar boshqa mavzularda ham ko‘plab ta’kidlandi. Dunyo 
turizmida ekoturizm ham kelib chiqqandan keyin mamlakatlarda 
turizmdagi bu muhim sohani rivojlantirishning davlat dasturlari, 
strategik rejalari ishlab chiqila boshlandi. Bu yo‘nalishda ham 
iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar birinchilardan bo‘lishdi. Yangi 
soha esa albatta o‘zining rivojlantirish «Konsepsiyasi»ni talab 
qiladi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga butunlay yangi 
kirib kelgan sohaning rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish 
esa juda katta ilmiy salohiyatlarni talab qiladi.
O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirishda hali jiddiyroq ilmiy 
maqolalar e’lon qilinmagan bir sharoitda «O‘zbekistonda ekoturizmni 
rivojlantirish Konsepsiyasi»ni O‘zbekiston Respublikasi «Ekologiya 
va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi» va «Davlat 
Bionazorati» tashkiloti ishlab chiqishdi. Shu o‘rinda Ekologiya 
va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasini boshqargan, 
mamlakatimiz tabiatini muhofaza qilishda Respublikamizdagi 
fidoyilardan bo‘lgan B.Alixonovning xizmatlari alohida hurmatga loyiq. 
«O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish Konsepsiyasi» 2007-yilda 
«Ekologiya xabarnomasi» jurnalining 6-sonida e’lon qilindi. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish