127
Agar mehmonxonaning nomerlari va xizmat xonalari elektron qulflar bilan
jihozlangan bo‘lsa, kompyuter yordamida ularni yagona
tarmoqqa birlashtirish
mumkin. Bu tarmoq ham bir qancha qo‘shimcha vazifalarni bajaradi:
markaziy pultdan berilgan komanda bo‘yicha nomerni blokirovka qilish, bir yoki
bir nechta nomerni ochish;
nomerga ruxsatsiz kirishga harakat qilingan taqdirda trevoga signalini olish;
eshikning holati (ochiq
berk, qaysi kalit bilan ) haqida axborot olish;
nomerda mehmon bor-yo‘qligi haqida axborot olish.
Ammo bu funksiya ayrim
mamlakatlarda taqiqlangan, chunki mehmonning shaxsiy hayotiga aralashish
hisoblanadi.
3. Mehmonxonani boshqarish kompyuter tizimlari
Mehmonxona majmuini markazlashtirilgan tartibda
boshqarish kompyuter
tizimlari hatto yirik mehmonxona faoliyatini ham ko‘p vaqt va kuch sarflamasdan
muvofiqlashtirish imkonini beradi. Tizim quyidagi vazifalarni hal qiladi:
biznes-jarayonlarni oqilonalashtirish, qog‘ozli hujjat aylanishi hajmini
kamaytirish;
xizmatlar va xodimlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish;
mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash;
operatsion harajatlarni oqilonalashtirish;
statistik va analitik funksiyalar.
Professional tizimlar zamirida ko‘plab mehmonxonalarning
muvaffaqiyatli ish
tajribasi yotadi. Bu tajriba yildan yilga oshib bormoqda va yangi professional
ishlovlarda takomillashtirilmoqda. Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilgan boshqaruv
tizimini tanlashda mehmonxonalar diqqatiga sazovor bo‘lgan bir nechta professional
ishlovlar mavjud.
Mehmonxona xo‘jaliklarini avtomatlashtirish kompleks tizimlari ko‘pligiga
qaramay, bunday tizimlarni tuzishning asosiy prinsiplari ancha o‘xshash.
Barcha tizimlar mehmonxonaning asosiy xizmatlari, chunonchi: nomerlar fondi,
ma’muriy, tijorat, muhandislik, umumiy ovqatlanish
xizmatlari faoliyatini
avtomatlashtiruvchi dasturlar paketidan tashkil topadi. Dasturlarning o‘zi funksional
prinsipga ko‘ra tuzilgan.
Masalan, nomerlar fondini boshqarish xizmati (Front office)ni avtomatlashtirish
dasturi nomerlar fondini boshqarish, rezervlash, bronlash, mehmonlarni ro‘yxatga
olish,
joylashtirish, yashash va ko‘rsatilgan xizmatlar bahosini avtomatik tarzda
yozish yo‘li bilan mehmonlarning hisobvaraqlarini yuritishni ta’minlash imkonini
beradi.
Restoranlar, barlar hamda umumiy ovqatlanishning boshqa bo‘limlarida
mijozlarga xizmatlar ko‘rsatish va ular bilan hisob-kitob qilishni avtomatlashtirishga
mo‘ljallangan dastur quyidagi vazifalarni bajaradi: mehmonlarning ovqatlanishi va
zallarning yuklanishini boshqarish
dasturlarini yuritish, omborda va ishlab
chiqarishda oziq-ovqat mahsulotlari mavjudligini kuzatish, oziq-ovqat omboriga
128
talabnomalarni
rasmiylashtirish, ishlab chiqarish oziq-ovqat mahsulotlarining
harakatini hisobga olish va nazorat qilish, taomlar va menyuni kalkulyatsiya qilish.
Tizimlarning servis modullari hujjatlar va xatlarni tayyorlash va chop etish,
operatsion, statistik va moliyaviy hisobotlar tuzishga mo‘ljallangan.
Kichik
mehmonxonalarda asosan Front offise ni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan
soddalashtirilgan tizimlar qo‘llaniladi. quyida shunday tizimlarning ayrimlarini ko‘rib
chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: