Xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar markasi
AQShda hukumat tomonidan rasman tasdiqlangan mehmonxonalarni tasniflash tizimi mavjud emas. Shinamlik darajasiga qarab mehmonxonalar odatda 5 toifaga ajratiladi. Oliy toifa (5 yulduz) ikki muassasa: «American Automobile Assosiation» (AAA) va «Mobile Travel Guide» tomonidan beriladi.
Mehmonxona tarmoqlari mehmonxonalarni tasniflashga nisbatan o‘z yondashuviga ega. Odatda ularda toifalar emas, balki markalar ajratiladi. Bunday markalar muayyan tarmoqdagi barcha mehmonxonalarda amal qiladi. Har bir markada nafaqat shinamlik darajasi, balki mehmonxonaning vazifasi, jyolashgan yeri va boshqa ayrim mezonlar ham hisobga olinishi mumkin.
Masalan, Yevropadagi yirik «Accor» mehmonxonalar tarmog‘i (Fransiya) har xil xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarning bir nechta markasini taklif etadi:
Sofitel;
Nnovotel;
Mercury – u shinamlik va narx-navo darajasiga ko‘ra yana 3 guruhga bo‘linadi:
RelaisInn – standart nomerlar, sifatli xizmatlar taklif etadi;
HotellMercury – nisbatan yuqori saviyada xizmat ko‘rsatiladi, shinamlik darajasi ham yuqori;
GrandHotell – mehmonxona juda qulay yerda joylashgan, shinamlik darajasi juda yuqori bo‘ladi, kun bhyi xizmat ko‘rsatiladi;
Ibis;
Etap;
Formule 1.
Bozor kon’yunkturasidan kelib chiqib, «Accor» mehmonxonalar tarmog‘i, turizm bozorining ma’lum segmentlariga xizmat ko‘rsatish maqsadida, qaysi markaga egaligidan qat’i nazar, bir qancha mehmonxona korxonalarini birlashtiradi. Masalan, «Novotel» va «Mercury» markasiga ega bo‘lgan ayrim mehmonxonalar kongressmenlar, ko‘rgazmalar va boshqa shunga o‘xshash anjumanlar va tadbirlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan «Atria» guruhiga kiradi. Mehmonxonalarning boshqa bir guruhi o‘z nomida «Goralia» belgisiga ega bo‘ladi – bu «kurort mehmonxonasi» degan ma’noni anglatadi.
AQShdagi «Holiday Inn» yirik mehmonxonalar tarmog‘i markalarni belgilashda mehmonxona korxonasi qayerda joylashganini, mijozlar bu yerda qancha vaqt bo‘lishini va ayrim boshqa mezonlarni hisobga oladi va quyidagi markalarni nazarda tutadi:
Garden Cort – iqtisodiy toifadagi mehmonxonalar;
Holiday Inn express – kvartira tipidagi mehmonxonalar (apart-otellar);
Holiday Inn sun sprii resorts – katta daromadli shaxslar uchun mo‘ljallangan kurort mehmonxonalari;
Holiday Inn select – ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan mehmonxonalar;
Holiday Inn hotels end – nomerlar fondining 10% ni uzoq vaqt yashaydigan ishbilarmon odamlar uchun mo‘ljallangan apartamentlar tashkil etuvchi mehmonxonalar.
Ayrim hollarda mehmonxonalar markalarining nomlari foydalanuvchiga tegishli axborot bermaydi. Shu bois turoperatorlar har bir markani Yevropa tizimidagi yulduzlar miqdoriga mos ravishda belgilay boshladilar. «Accor» mehmonxonalar tarmog‘i bilan bog‘liq holda: Sofitel – 5 yulduz; Novotel – 4 yulduz; Mercury – 3 yulduz; Ibis – 2 yulduz; Formule 1 – yulduzsiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |