4.Ishlab chiqarishni modernizasiyalash va texnologik qayta jihozlash zarurati.
O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasida belgilangan ”Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari” qismida ishlab chiqarishni modernizasiyalash va yangi tovar ishlab chiqarish asosida mamlakatning eksport salohiyatini oshirish masalasiga kattae’tibor qaratilgan. Ushbu muammo ishlab chiqarish korxonalari zimmasiga jiddiy vazifalarni qo’ydi.
Zamonaviy fikrlovchi tadbirkorlar rahbarlik qilayotgan ilg’or biznes subyektlari, allaqachon mahaliy va chet el bozorlarida talab mavjud bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishni o’zlarining ustuvor maqsadi qilib belgilab olishgan. Ushbu masala istiqbolli va juda foydali bo’lgani bilan uni hayotga tatbiq qilish oson ish emas. Bu yerda gap bizning korxonalar uchun ishlab chiqarish texnologiyasi va mahsulot turi yangi bo’lgan yoki umuman dunyo amaliyotida hozirgacha bavjud bo’lmagan yoxud ba’zi bir yangi istyemol xususiyatlari o’zgartirilgan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish haqida bormoqda. Bunday ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun birinchidan ishlab chiqarishning tashkiliy, texnik va texnologik loyihalarini ishlab chiqish, ikkinchidan ishlab chiqilgan loyihalarga mos keladigan jihoz, uskuna va texnologik liniyalarni tanlash, uchinchidan texnologik loyiha ishlashi uchun kerak bo’lgan, lekin mavjud bo’lmagan qism va elementlarni yangidan loyihalash va yaratish talab qilinadi.
5.Yangi tovar yaratish jarayoni bosqichlari
Korxonaning raqobatchilari, texnologiya jarayonlari va iste’molchilarning didida bo’ladigan o’zgarishlar faqat mavjud tovarlar bilangina faoliyat yuritish etarli emasligidan dalolatdir. Iste’molchilar yangi va takomillashgan mahsulotlarni hoxlaydilar va kutadilar. O’z navbatida raqobatchilar ham xaridorlarni shunday yangi tovarlar bilan ta’minlashga jon-jahti bilan harakat qiladilar. Shu sababli ham, har qanday firma yoki korxonaning yangi tovarlar yaratish bo’yicha o’z dasturi bo’lmasi kerak.
Korxona yangilikni ikki xil usul bilan qo’lga kiritishi mumkin. Birinchidan, yangi korxonani butunlay yoki begona korxonaning tovarini ishlab chiqarishga ruxsat beradigan patent va lisetziyalarni, nau-xaularni sotib olish yo’li bilan. Ikkinchidan o’z korxonasida tadqiqot va ishlab chiqarish bo’limlarini tashkil etib, shular orqali ishlab chiqarishni amalga oshirish yo’li bilan.
Yangi tovar – mahsulot g’oya va xizmatlarning ma’lum bir potensial iste’molchilar tomonidan “yangi ” deb qabul qilinishidir. Mahsulot yangiligining bir necha bosqichlarini ko’rsatish mumkin (11-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |