Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-mavzu: B2B bozorida xaridlarni amalga oshirish



Download 0,88 Mb.
bet38/173
Sana29.01.2022
Hajmi0,88 Mb.
#415262
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173
Bog'liq
B2B маркетинг

4-mavzu: B2B bozorida xaridlarni amalga oshirish
4.1. B2B bozorida oldi-sotdi jarayonini tashkil etilishi
4.2. Xarid jarayonining asosiy bosqichlari
4.3. Xaridlarni amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omillar


4.1. B2B bozorida oldi-sotdi jarayonini tashkil etilishi

Xaridor va savdo vakili o’rtasidagi o’zaro aloqalar xarakteri asosan xarid vaziyati turi (yangi vazifalarni hal qilish uchun xarid, o’zgarishlarsiz takroriy xarid yoki o’zgarishlar bilan takroriy xarid) va xarid haqida qaror qabul qilish jarayoni bosqichiga (xarid zarurligini anglab yetish, zarur mahsulot spesifikasiyasi, tavsifnomasi va miqdorini aniqlash) bog’liq bo’ladi.


Yangi mahsulotni yangi xaridorga sotayotgan savdo vakili standart tovarni takroriy xarid amalga oshirayotgan bitta yoki bir nechta ta’minotchiga sotayotgan vakildan tamomila boshqacha vazifaga duch keladi. Ko’rinib turibdiki, bunday hollarda turli marketing va sotuv strategiyalarini qo’llash talab etiladi va ularni tanlash muayyan xarid vaziyati xarakteriga bog’liq bo’ladi. Oldi-sotdi vaziyatlari tasniflaridan biri Xakanson (Hakanson), Yoxanson (Johanson) va Vuts (Wootz) tomonidan taklif etildi. Ular xaridorlar duch keladigan uch xil turdagi noaniqliklarni sanab o’tganlar:
1) ehtiyojlar noaniqligi – mahsulotga ehtiyojni aniqlash qiyin, mahsulot tavsifnomalarini baholash va aniq spesifikasiya berish oson bo’lmagan hollarda kuzatiladi;
2) bozordagi noaniqlik – sotuvchilar ko’p va ular turli tavsifnomalarga ega bo’lgan, bozor esa tez o’zgaradigan, buning natijasida sotuvchilarni taqqoslash qiyinlashadigan, qaror qabul qilish esa foydalanilmagan imkoniyatlar xarajatlari yuqoriligi bilan bog’lanadigan hollarda o’ringa ega bo’ladi;
3) bitimni amalga oshirishdagi noaniqlik – mahsulotni sotuvchi tomonidan xaridorga berish katta muammolar bilan bog’liq bo’lgan hollarda o’ringa ega bo’ladi (masalan, madaniyatlar o’rtasidagi tafovutlar haqida gap boradigan xalqaro bitimlarda).
Sanab o’tilgan istalgan turdagi noaniqlik darajasi xaridorlar orasida bezovtalik uyg’otadi, ular bartaraf qilishi lozim bo’lgan noaniqlik turlariga nisbatan sotuv strategiyalari taklif etiladi. Qoidaga ko’ra, «o’zining» ta’minotchilari noaniqlikni barqarorlashtirish yoki pasaytirishdan manfaatdor bo’ladi. «Begona» ta’minotchilar esa odatda noaniqlikni xaridor yangi muqobil variantlar ko’rib chiqishga tayyor bo’lgan darajagacha oshirishga harakat qiladi. Agar ehtiyojlar noaniqligi darajasi yuqori bo’lsa, narxdan ko’ra sifat ko’proq tashvishga soladi va ular manbaga moyillik yuqoriligini namoyish etadilar. Bu esa shuni anglatadiki, xaridor tashkilotning xarid markaziga ko’proq odamlar kela boshlaydi.
Bundan tashqari, xaridorlar, ehtimol, qo’shimcha axborot manbalaridan foydalanishga qaror qiladi va chetdan mutaxassis va maslahatchilar xizmatlaridan foydalanadi. Qaror qabul qilish jarayoni odatdagidan ko’proq vaqt talab qilish ehtimoli yuqori, chunki u ko’proq sonli odamlarning manfaatlari bilan bog’liq bo’ladi, turli xaridorlar mezonlarini hisobga oladi va ko’proq hajmdagi axborot bilan ishlashni taqozo etadi. Noaniqlik yuqori bo’lgan sharoitlarda bitim tuzishda xaridor, ehtimol, bir nechta manbadan mahsulot xarid qilishi mumkin. Bu vaziyatda muqobil variantlarni baholashda ko’rib chiqiladigan eng muhim predmetga yetkazib berish aylanadi. Xarid haqida yakuniy qaror qabul qilishdan oldin bir nechta ta’minotchi bilan uchrashuv bo’lib o’tishi ehtimoli yuqori, bunda asosiy e’tibor tovarni kerakli miqdorda yetkazib berishni kafolatlash imkoniyatiga qaratiladi.



Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish