Bozorni segmentlash – kompaniyaga mijozlar doirasini belgilash va ularni marketing faoliyatiga javobi bo‘yicha differensiatsiyalash imkonini beradigan strategiya.
Bozorni vertikal segmentlash – maqsadli tarmoqning turli darajalarida mijozlar guruhlarini ajratish va tanlash.
Bozorni gorizontal segmentlash – maqsadli mijozlarni turli tarmoqlarda aniqlash va tanlash jarayoni.
Bozorga chiqishning optimal nuqtasi – kompaniya taklifi mijozlar uchun eng katta foyda va qiymatga ega bo‘ladigan, mijozlar esa faolroq va marketing tadbirlariga ta’sirchanroq bo‘ladigan nuqtadir.
Broker – tovarga egalik huquqini o‘z zimmasiga olmaydigan va haridor hamda sotuvchi nomidan harakat qila oladigan agentlar turi.
Differensiatsiyalangan marketing –ikki (yoki undan ortiq) puxta tanlangan segmentlarga turli marketing yondashuvlari qo‘llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |