2.2-chizma.
Raqobatchi firmaning o‘z zararlarini eng kam darajaga
tushirish
MS
AS
MR=AR=P
B
D
C
A
q
1
q
P
19
1.2- chizmaning avvalgisidan asosiy farqi ishlab chiqarish doimiy
harajatlarning ortib borishidir. Bu narsa umumiy o‘rtacha harajatlar (AS)ni
oshiradi, ammo o‘rtacha o‘zgaruvchan harajatlarni o‘zgartirmaydi. Natijada 1.2-
chizmada ko‘rinib turganidek baho (R) o‘rtacha harajatlar (AS)dan pasayib qoladi.
Shunga ko‘ra AV kesmasi ishlab chiqarishning o‘rtacha zararlariga teng bo‘ladi.
Monopolistik raqobat o‘z nomiga mos xolda ustun keladigan raqobatning
bir qadar monopol hukmronlik bilan aralashmasidan iborat. Raqobatchilardan
anchagina sonli bo‘lishi ulardan har birining bozor narxlarini nazorat qilish
imkoniyatini to‘liq bo‘lmasada, ammo sezilarli darajada cheklaydi. Monopolistik
raqobatga xos bo‘lgan muxim belgi sotuvchilarni tovarlarni tabaqalashtirishga
intilishidir.
Tabaqalashtirish, ya’ni tovarlarga aloxida uni o‘ziga o‘xshash tovarlardan
ajratib turadigan sifat berish sotuvchiga raqiblarining xudi shunday tovarlarga
qaraganda uning tovarini afzal ko‘ruvchi haridorlar haridorlar doirasini yaratish
imkoniyatini beradi.
Oligopoliya - tarmoqda bir necha firmaning o‘zaro bog‘lanib qolishi,
ularning har biri o‘z harakati bilan raqiblarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi, va uni o‘zi
ham ularning ta’siridir. Bozorning oligopoliya tuzilmasida firmalar aynan o‘xshash
ish deyarli bir xil yoki bo‘lmasa tabaqalangan mahsulotlar ishlab chiqarishdlari
MS
AS
P=MR
D
A
P
B
C
q
1
q
E
F
AVS
20
mumkin. Oligopolik bozorda narx bo‘yicha peshqadam bo‘lish ko‘p uchraydi. Bu
peshqadam tarmoqdagi eng yirik ish eng samarali ishlayotgan firma bo‘ladi.
Tarmoqdagi peshqadam o‘z mahsuloti narxini o‘zgartirish bilan boshqa hamma
firmalarni narxlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur etadi. Oligopoliyada raqobatchi
firmalar sonini ko‘p bo‘lmasligi ularning narxlar yetkazib berish xajmlari, bozorni
bo‘lib olishni birgalikda boshqarish maqsadlarida til biriktirish ehtimoli
imkoniyatlarini keltirib chiqaradi. Oligopoliya tarmoq sharoitlarida firmalar
hamkorlikni yuridik jixatdan rasmiylashtirilmasdan va bu haqida oshkora xabar
bermasdan manfaatdor bo‘lishlari mumkin. Xo‘jalik sub’ektlarining raqobatni
jiddiy cheklashga olib keladigan noqonuniy kelishuvlariga yoki o‘zaro kelishilgan
faoliyatiga ko‘ra kurashish bozor iqtisodiyoti davlatlaridan monopoliyadanchiqish
qonuniy xujatlar yordamida xal qilinayotgan vazifalaridan biridir.
Mukammal (sof) monopoliya. Mukammal (sof) raqobatning butunlay aksi.
Bu modelda yaqinroq o‘rinbosar bo‘lmagan mahsulot taklif etadigan yagona ishlab
chiqaruvchi mukammal monopolist hisoblanadi. Bu modelda bozorda tanho
sotuvchi yoki ularning soni naqadar kamki ularning har biri raqiblari bilan
kelishilgan xolda mustaqil tovarlar va xizmatlar taklifi umumiy xajmiga va
ularning narxiga ta’sir ko‘rsatishga qodir. Monopol bozorlar barcha mamlakatlarda
shu jumladan raqobat mamlakatlarda darajasi yuqori bo‘lgan bozor iqtisodiyoti
mamlakatlarda kam mavjud. Bu bir qancha sababalrni paydo qiladi.
Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ko‘p xollarda kam chiqimli
unumdor ishlab chiqarishga erishish uchun uning miqyosini kengaytirishi ham
mutloq ma’noda kam harajat talab etadi. Shunday tarmoqlar ham borki ularda
mahsulot yoki xizatlar borligiga to‘g‘ri kekeladigan harajatlarni pasaytirish ayniqsa
ishlab chiqarish ko‘lamiga va raqibning bor yo‘qligiga bevosita bog‘liq.
Real bozor, mukammal raqobat – mukammal monopoliya o‘qi bo‘yicha
turli modelning qaysi biriga muvoqfiqroq kelishiga qarab shu bozorda tovarlar va
xizmatlar sotuvchisi bo‘lgan tadbirkorlar raqobat kurashining turli yo‘llaridan
foydalanadilar.
21
“Bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida qonunlar reklama sohasidagi raqobat
kurashiga monelik qilmaydi. Tadbirkorlarga xususan faqat ularning tovar yoki
xizmatni sotib olish g‘oyani afzal ekanligiga haridorni ishontirishga urinishlarda
juda katta erkinliklar beradi”.
8
Raqobat vositalarining shakl va taomyili, uning namoyon bo‘lishi sohalari
g‘oyat ko‘p va keng . Uning tarmoq ichidagi kapitalning bir tarmoqdan ikinchi
tarmoqga oqib o‘tishiga olib keladigan tarmoqlararo, jahon bozorlarida turli
mamlakatlar xo‘jalik kompleks raqobati kabi turlari mavjud. Raqobatni amalda
tasavvur etish uchun shu ko‘rinishlarga mansub bo‘lgan hozirgi usullardan
ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz va jahondagi hamma mamlakatlarda qonuniy
hisoblanadigan va amalda keng qo‘laniladigan raqobat xulqining turli ishlarini
tavsiflaymiz. Narx bilan raqobatlashuv an’anaviy shakl. Uning an’anaviy va eng
ko‘p qo‘llaniladigan usullariga quyidagilar kiradi:
- “Narxlar jangi” – yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan surib
chiqarish uchun narxlarni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi.
“Narxlar jangi”ni boshlagan baquvvat firma tovarning sotish xajmi ko‘payganligi
hisobiga ko‘proq daromad ko‘rishni ko‘zlaydi. Yirik kompaniyalarning o‘zlari
uchun yangi bo‘lgan mamlakatlarda ochilgan korxonalari filiallari boshqa xorijiy
va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bozordan siqib chiqarish uchun aksariyat
“narxlar jangi”ni qo‘llaydi. Iste’molchilar dastlab tarmoqdagi “narxlar jangi”dan
foyda ko‘radi, ammo keyinchalik bunday monopoliyalashtirishning jabrini
tortishlari mumkin. Davlat mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning tarmoqni
o‘zlashtirishdan manfatdor bo‘lib qudratli xorijy firmalar bilan kurashda mahalliy
bozorda o‘rnashib qolishga yordam berish uchun ularni aloxida imtiyozlar va
afzalliklar tizimi bilan qo‘llab-quuvatlashga harakat qiladi, u yoki bu tarmoqda
xorijiy xo‘jalik yurituvchi shakxsga tadbirokrlik faoliyati uchun mahalliy sherik
ishtirokida qo‘shma korxona barpo etish majburiy shart qilib qo‘yadi yoki boshqa
cheklash va tartibga solish choralarini ko‘radi;
8
V.A. Chjen Bozor qonuniyati asoslari. Toshkent 2002 y. 181-bet
22
- demping – amal qilish va maqsadlarga ko‘ra “narxlar jangi”ga yaqin
bo‘lgan narx bilan raqobatlashuv usuli. Uning mohiyati shundaki yirik tovar ishlab
chiqaruvchilar boshqa mamlakatlar xududida korxona qurmaydilar, ammo uning
bozorlarida o‘z ichki bozordagi narxlardan, jahon narxlaridan arzon. Dempingning
ma’nosi tovar ishlab chiqaruvchi mamlakatning ichki bozorida sotilayotgan
ortiqcha mahsulotni yo‘qotish va yangi bozorlarga kirib olishdan iborat.
Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan davlatlar rivojlanishi pastroq mamlakatlarga
dempingni eksportchi kompaniyalarga byudjetdan maxsus eksport mukofotlari va
subsidiyalari to‘lash bilan rag‘batlantiradi va bu to‘lovlar kompaniyalar ko‘radigan
zararni qisman qoplaydi. Bunday ishlardan davlatning manfaatdorligi boshqa
malakat bozorida o‘z ishtirokini kuchaytirish, iqtisodiy manosabatlarni yanada
rivojlantirish uchun negiz yaratishga intilish bilan izohlanadi.
Rivojlangan mamlakatlardan rivoji pastroq mamlakatlarga demping tovar
chiqarish amaliyotda doimiy xodisa. Demping narxlar iste’molchilarni so‘zsiz
qoniqtiradi, ammo “narxlar jangi”di bo‘lgani kabi bozorda bunday tovarlarning
hozir
bo‘lishi
mahalliy
tovar
ishlab
chiqaruvchilarning
rivojlanishini
qiyinlashtiradigan omilga aylanishi mumkin. Demping tovarlar kiritayotgan davlat
- bu jarayonni savdo cheklashlarini joriy etish, muayyan turdagi tovarlarni kiritish
uchun bojlarni ko‘tarish bilan nazorat qilish, shuningdek demping narxlarda
sotilayotgan
tovarlarga
o‘xshash
tovarlar
ishlab
chiqaruvchi
mahalliy
tadbirkorlarga yordam berish imkoniyatlariga ega.
Halqaro amaliyotda mahsulot narxidan chalg‘itmaslik, tovarning qiymati
va sifati sohasida raqobatni qiyinlashtirmaslik uchun chegirma va saylovlarning
eng yuqori miqdorlarini belgilab qo‘yish kam uchraydi. Shuningdek narx bilan
raqobatlashuvga quyidagilarni kiritish mumkin:
- muayyan toifadagi iste’molchilar uchun imtiyozli narxlar (masalan,
aviakompaniyalardan yo‘lovchilar guruxiga bir yo‘la olinadigan “Oilaviy” biletlar
yakka-yakka olishga qaraganda arzonroq) sotiladi;
23
- vaqti va joyiga qarab narxlarni tushirish yoki ko‘tarish (kinoteatrga ertala
borish kechkidan ko‘ra, ish kunida borish dam olish kunidan ko‘ra arzonroq
turadi);
- ko‘rasatiladigan xizmatlar xajmi ko‘paygan yoki tovarlar sifati
yaxshilangan sharoitlarda ham amaldagi narxlarni saqlab turish;
- haridorlar uchun kredit muddatlarini uzaytirish va boshqalar.
Narx bilan raqobatlashuvga kirmaydigan raqobat usullarini “narxsiz
raqobat” deb ataladi. Bu atama garchi noaniq bo‘lsada amaliyot va ilmiy
adabiyotda keng qo‘llaniladi, raqobat kurashidagi turli usullarga yagona nom
berishga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |