Qanday sharoitlarda bir birlik mahsulotni 10 sh.p.b da sotish iqtisodiy jixatdan maqsadga muvofiq hisoblanishini;
Qanday sharoitda narx 24 sh.p.b ga teng bo‘lganda minimal bo‘lishini.
2-Topshiriq: Tovarga bo‘lgan talab narxi 20 so‘m bo‘lganda 10000 donani tashkil qiladi. Tovarning narxi 2 so‘mga oshirilsa, talab 1200 taga qisqaradi. Narx elastikligini aniqlang.
3-Topshiriq: Mebel fabrikasiga 200 komplekt yumshoq mebel uchun buyurtma tushdi. Ushbu partiya mahsulotni ishlab chiqarishning doimiy harajatlari 500 mln so‘mni, bir komplekt mebelni ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan harajatlari 3,8 mln so‘mni tashkil qiladi. Bir komplekt yumshoq mebelning narxi necha so‘m bo‘lganda ishlab chiqarish harajatlari qoplanadi.
4-Topshiriq: Mebel fabrikasi 200 komplekt yumshoq mebel uchun ishlab chiqarish uchun 900 mln so‘m investitsiya kiritdi. Ushbu kiritilgan kapitaldan korxona 40% foyda olishni ko‘zlamoqda. Ya’ni bunda maqsadli foyda miqdori 360 mln so‘mga teng bo‘ladi. Bir komplekt mebelning tannarxi 7,2 mln so‘mni tashkil qiladi. Korxona ko‘zlangan foydani olish uchun bir komplekt mebelning narxini necha so‘m qilib belgilash lozim.
5-Topshiriq: Korxonaning marketing bo‘limi A mahsulotning sotuvi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarga ega:
Sotish xajmi 9500 dona
Sotish narxi (QQSsiz) 5,5 ming so‘m(bir donasining narxi)
Savdo tarmog‘i mahsulotni sotishdan 20% foyda olishni ko‘zlaydi.
A tovarning chakana narxini aniqlang.
Tovarning narxi 5% ga arzonlashtirilsa umumiy foyda darajasini saqlab qolish uchun A tovardan necha dona sotish talab qilinadi.
6-Topshiriq: Savdo firmasi tovarning har bir donasini 1850 so‘mdan harid qiladi va har haftada o‘rtacha 700 dona tovarni 2250 so‘mdan sotadi. Marketing bo‘limi bozorni tahlil qilish asnosida kelgusi bir haftada tovar narxini 10% oshirishni taklif qildi. Talab elastikligi 0,9 ga teng.
Firmaning yalpi daromadi o‘zgarmasligi uchun necha dona tovar sotilishi kerak? Tovar narxi 10% oshirilgandan keyin talab xolatini hisobga olgan xolda firma qancha foyda oladi?
7-Topshiriq: 5 ming dona tovarni ishlab chiqarish uchun Dx = 6 mln. so‘m doimiy harajatlar, U x = 15 mln so‘m o‘zgaruvchan harajatlar qilingan. Qilingan harajatlar 20% foyda beradi. Bir dona tovarning narxini aniqlang.