Quyidagi savollarga javob bering:
1. “Bahora” savdo do‘konining bekasi Diloromxonning amaliy ish yuritish faoliyati bilan rozimisiz?
2. Bu savdo korxonasining faoliyatidagi ijobiy tomonlari nimalardan iborat?
3. Siz qaysi kamchiliklarga urg‘u bergan bo‘lardingiz va firma faoliyatida foydalanilmayotgan qanday imkoniyatlar mavjud.
4. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Dasturidan kelib chiqib, Siz ushbu savdo do‘konida qanday yangiliklarni amalga oshirgan bo‘lardingiz.
TEST-TOPSHIRIQLAR:
1. Marketing fani ilk bor amaliy-ilmiy fan sifatida qachon va qayerda o‘qitila boshlandi?
a) XX asrning boshlarida, AQShda
b) VIII asrning oxirlarida, Fransiyada
c) XX asrning o‘rtalarida, Germaniyada
d) XIX asrning boshlarida, Angliyada
2. Qaysi javobda Filipp Kotlerning marketingga bergan ta’rifi keltirilgan?
a) Marketing – raqobat sharoitida firmaning strategiyasi va taktikasini belgilaydigan zamonaviy biznes falsafasidir.
b) Marketingni maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yo‘q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi haridorlarni shunday o‘rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, pirovardida o‘zini-o‘zi sotadi.
c) Marketing – tovarlarni yaratish, taklif etish va ayriboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir.
d) Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir.
3. Boshqaruv muammolari bo‘yicha yetakchi nazariyotchi olim Peter Drukkerning marketinga bergan ta’rifi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
a) Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir.
b) Marketing – tovarlarni yaratish, taklif etish va ayriboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir.
c) Marketing – raqobat sharoitida firmaning strategiyasi va taktikasini belgilaydigan zamonaviy biznes falsafasidir.
d) Marketingni maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yo‘q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi haridorlarni shunday o‘rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, pirovardida o‘zini-o‘zi sotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |