Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi


-chizma. Korxona missiyasini aniqlash



Download 0,95 Mb.
bet22/84
Sana31.03.2023
Hajmi0,95 Mb.
#923890
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

3-chizma. Korxona missiyasini aniqlash
Biznesning aniq maqsadlari va strategiyasini ishlab chiqish uchun strategik audit asosida to‘planadigan haqqoniy va keng axborot talab qilinadi. Marketing auditi - marketing tashqi muhiti, umuman korxona yoki uning alohida xo‘jalik birliklari faoliyatining alohida turlari va strategayalari maqsadlarini to‘liq, tizimli, mustaqil va davriy tekshirishdir. Marketing auditining maqsadi bo‘lib muammolar va yangi imkoniyatlar hamda marketing faoliyatining samaradorligini oshirish rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar berilishi mumkin bo‘lgan joylar aniqlanadi. Audit ichki va tashqi auditga bo‘linadi. Birinchisi ishlab chiqarish, moddiy-texnika ta’minoti, sotish, marketing va sotishdan keyingi xizmat ko‘rsatish, shuningdek, personalni boshqarish, korxonaning infratuzilmasi va texnologiyalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi asosan korxonaning makro-muhitini va uning strategik rejalarini yechish sharoitlarini o‘rganish bilan bog‘liq. Strategik auditni o‘tkazishda eng muhim narsa bo‘lib korxonaning balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot hisoblanadi. Bir necha -yillik moliyaviy ko‘rsatkichlarni taqqoslab korxona faoliyatidagi ham salbiy, ham ijobiy hodisalarni aniqlash mumkin va ularni yo‘lga solish, to‘g‘rilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish mumkin. Strategik auditni o‘tkazishda eng qimmatli axborot SWOT-tahlil o‘tkazishda to‘planadi. Ma’lumki, u korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarini hamda imkoniyatlar va xavflarni ancha ob’ektiv baholashga imkon beradi.
Korxona missiyasini aniq belgilab olgandan keyin oliy rahbariyat ishlab chiqarish portfelini ishlab chiqishga kirishadi (ba’zan uni biznes-portfel deb ham atashadi). U korxona harakatlari dasturida bo‘lgan faoliyat va chiqarilayotgan tovarlar turlari ro‘yxatidan iborat. Dastavval, korxonaning mavjud ishlab chiqarish portfelini tahlil qilish kerak. Bu yerda korxona faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini (tovar guruhi, tovar, savdo markasi), ulardan har birining jozibaliga darajasini, investitsiya va foyda olish imkoniyatlarini aniqlash nazarda tutiladi (portfelni rejalashtirish usullari, xususan, BKG, Dji-I-Makkenzi, Ansoff va boshqalarni qo‘llash 5-bobda berilgan).
Strategik rejalashtirishda marketing xizmatining roli juda muhimdir. Bu narsa marketing strategik rejani ishlab chiqish uchun zaruriy boshlang‘ich ma’lumotlarni taqdim etishi, qo‘yilgan vazifa va maqsadlarni bajarish uchun strategiyani yaratishda ishtirok etishi va, nihoyat, asosiy marketing konsepsiyasi, ya’ni korxona strategiyasini iste’molchilar asosiy guruhlarining talab va ehtiyojlariga yo‘naltirilishining ta’minlashi bilan tushuntiriladi. Boshqa tomondan marketing xizmati korxonaning har bir xo‘jalik birligi (bo‘limi)ni baholash bo‘yicha kerakli ishlarni amalga oshiradi va ular uchun maqsadlarni va ularga erishish chora-tadbirlarini belgilab beradi. Aytilganlarga yakun yasab, marketingni rejalashtirishda milliy korxonalarimiz tomonidan qo‘llanilishi kerak bo‘lgan bir nechta tamoyillarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchidan, bu rejalashtirish jarayonining ko‘p variantli vaziyatli harakteri, ikkinchidan, korxonalarning turlari, ularning maqsad va vazifalarining, chiqarayotgan mahsulotining xilma-xilligi o‘z navbatida marketing faoliyatini rejalashtirishni tashkil etishga yondashuvlarning ham xilma-xilligini keltirib chiqaradi, uchinchidan, rejalashtirishning uzluksizligi xususiyati, korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi barcha o‘zgarishlarni darhol rejalarga kiritish va, to‘rtinchidan, rejalashtirishga tizimli yondashuv va marketingni rejalashtirishda ishtirok etuvchilarning hammasi tushunadigan konsepsiyaning mavjudligi. Ishlab chiqilgan strategik reja qo‘yilgan maqsad va vazifalarga qanchalik javob berishini, kutiladigan natijalar qanday bo‘lishi va ularga erishish ehtimoli qandayligini quyidagi savollarga javob berish orqali aniqlash mumkin: Reja haqiqiy va barqaror afzallikni beradimi? Zaruriy resurslar va xizmatlarga yo‘nalganlik bormi? Boshlang‘ich axborotning sifati qanday? Xavf-xatar darajasi qanday va qanday omillar muvaffaqiyat yoki mag‘lubiyatni belgilaydi? Reja elementlari o‘zaro muvofiqlashtirilganmi va ular tashqi hamda ichki muhit xususiyatlariga mos keladimi? Rejaning haqiqiy moliyaviy-iqtisodiy jozibaligi qanday?



Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish