39-Yangi diniy harakatlar



Download 20,33 Kb.
Sana09.08.2021
Hajmi20,33 Kb.
#143458
Bog'liq
Yakuniy savollari 39-40


39-Yangi diniy harakatlar.

Islomiy jihod ittihodi, Akromiylar va Turkiston islom harakati

Tashkilot nomi. «Islomiy jihod ittihodi» yoki «Islom jihodi uyushmasi» (arab. -»Ittihad al-jihad al-islamiy», ingliz. - «Islamic Jihad Union» (IJU), rus. - «Soyuz islamskogo dji­xada») terrorchi guruhi. Shuningdek, «Islom jixrdi», «Islom jihodi-mujohidlar jamoati» nomlari ham mavjud.

Asoschisi va yuzaga kelish tarixi. «Islomiy jixod ittixodi» guruhiga avvallari, «Turkiston islom harakati»ning a'zosi bo‘lgan Najmiddin Jalolov (o‘zini «amir» deb e'lon qilgan, uning laqabi «Abu Yax'yo Muhammad Fotih») tomonidan 2001 yilda asos solingan. U 2009 yilning 14 sentyabrida Pokistonning Mir-Ali shahri yaqinida AQSH xavo kuchlarining aksilterror hujumi natijasida bir qancha jangarilar bilan birga o‘ldirilgan.

Mutaxassislar «Islomiy jihod ittihodi» guruhining «Turkiston islom haradati»dan ajralib chiqqanini e'tirof etishadi. Bunga moliyaviy masalalar, strategiya va maqsadlar bo‘yicha «Turkiston islom harakati»ning rahbari bilan bir guruh jangarilar o‘rtasida ixtilofning yuzaga kelishi asosiy sabab bulgan.

Tashkilotning bosh maqsadi. «Islomiy jihod ittiho­di» xarakati «jihod» yo‘li bilan amaldagi dunyoviy konsti­tusion tuzumni ag‘darib tashlab, «islomiy davlat» qurishni maqsad qilgan.

Tashkilot nomi. “Turkiston islom harakati” (Sobiq “O‘zbekiston islom harakati”) diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilot.

Asoschisi va yuzaga kelish tarixi. Ushbu tashkilot 1996 yilda “O‘zbekiston islom harakati” nomi ostida tashkil etilgan. Haraktni shakillantirishda 1992-1993 yillarda O‘zbekistonda faoliyati ta'qiqlangan “Adolat uyushmasi” (Namangan), “Islom uyg‘onish partiyasi” (1990 yil Astraxanda asos solinib, 1991 yil yanvaridan O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatgan) “Odamiylik va insonparvarlik” (Qo‘qon), “Turkiston islom partiyasi”, “Islom lashkarlari” (Namangan) kabi diniy ekstremistik guruhlarning sobiq faollari ishtirok etgan.

Tashkilot g‘oyalari va asoslari. Tashkilotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo hududida “Buyuk islom xalifaligi”ni tuzish, unda musulmonlar yashaydigan Kavkaz va Rossiya Federatsiyasining Volga bo‘yi respublikalarini qamrab olishdan iborat.

Harakat strategiyasi. Tashkilot o‘z maqsadiga erishish uchun qo‘paruvchilik va terrorchilik haraktlarni amalga oshirish, harbiy harakatlar uyushtirish, odamlarni garovga olish orqali mintaqadagi ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish kabi vositalardan foydalanadi.

“Turkiston islom harakati” so‘ngi yillarda talofatlar, strukturaviy o‘zgarishlar, rahbar a'zolar orasidagi yo‘qotishlarga duch keldi. Hozirda g‘oyaviy targ‘ibot kuchaytirilib, bosma va elektron nashrlar tarqatilishiga katta urg‘u berilmoqda.

Tashkilot nomi. «Islomiy jihod ittihodi» yoki «Islom jihodi uyushmasi» (arab. -»Ittihad al-jihad al-islamiy», ingliz. - «Islamic Jihad Union» (IJU), rus. - «Soyuz islamskogo dji­xada») terrorchi guruhi. Shuningdek, «Islom jixrdi», «Islom jihodi-mujohidlar jamoati» nomlari ham mavjud.

Asoschisi va yuzaga kelish tarixi. «Islomiy jixod ittixodi» guruhiga avvallari, «Turkiston islom harakati»ning a'zosi bo‘lgan Najmiddin Jalolov (o‘zini «amir» deb e'lon qilgan, uning laqabi «Abu Yax'yo Muhammad Fotih») tomonidan 2001 yilda asos solingan. U 2009 yilning 14 sentyabrida Pokistonning Mir-Ali shahri yaqinida AQSH xavo kuchlarining aksilterror hujumi natijasida bir qancha jangarilar bilan birga o‘ldirilgan.

Mutaxassislar «Islomiy jihod ittihodi» guruhining «Turkiston islom haradati»dan ajralib chiqqanini e'tirof etishadi. Bunga moliyaviy masalalar, strategiya va maqsadlar bo‘yicha «Turkiston islom harakati»ning rahbari bilan bir guruh jangarilar o‘rtasida ixtilofning yuzaga kelishi asosiy sabab bulgan.

Tashkilotning bosh maqsadi. «Islomiy jihod ittiho­di» xarakati «jihod» yo‘li bilan amaldagi dunyoviy konsti­tusion tuzumni ag‘darib tashlab, «islomiy davlat» qurishni maqsad qilgan.

Tashkilot g’oyalari. «Akromiylar» vakillari hozirgi musulmonlar

go'yoki, kufr davlatida yashayotganini da'vo qilib, ularga namoz ham, ro'za ham,

zakot ham, haj ham farz emas, degan g’oyani ilgari surgan. Islom tarixidan

ma'lumki, Makka davri, ya'ni Payg’ambar (alayhis-salom) to Madinaga ko'chib

o'tgunga qadar 13 yil davomida kishilar faqat Alloh va oxiratga imon

keltirishga da'vat qilinganlar. Namoz, ro'za, haj, zakot kabi ibodatlar

Madina davrida farz bo'lgani uchun to islom davlati qurilmaguncha mazkur

ibodatlarni bajarish shart emas, deb qaraydilar. hattoki, ular o'z jamoa

a'zolariga «johiliyat» davrida yashayotganligi uchun mast qiluvchi

ichimliklarni ichish va chekishga ruxsat bergan.

a'zolariga «johiliyat» davrida yashayotganligi uchun mast qiluvchi

ichimliklarni ichish va chekishga ruxsat bergan.

Al-Qoida va Musulmon birodarlar tashkilotlari

Al-qoida.

Tashkilot nomi. Al-Qoida (arabcha القاعدة - "asos") sunniy jihodchi harbiy tashkilotlarning xalqaro birlashmasidir. Uning ildizlari 1989 yili Sovet qurolli kuchlarining Afgʻonistondan olib chiqilishi bilan mamlakatda kuch yigʻa boshlagan diniy fundamentalistlar va ularning homiylari(Usoma bin Lodin va boshqalar)ga borib taqaladi. Al-Qoidaning dasturiga musulmon oʻlkalarda xorijiy taʼsirlarga chek qoʻyish va yangi islomiy xalifalik yaratish kiradi.

„Al-Qoida“ tashkiloti 1980-yillar oxirida tashkil etilgan. 1998-yil AQShning Tanzaniya va Keniyadagi elchixonalaridagi portlashlar va 2001-yil 11-sentyabrida Nyu-Yorkdagi teraktlardan soʻng „Al-Qoida“ jahondagi eng yirik va qudratli terrorchilik tashkiloti sifatida koʻrila boshlandi. Tashkilot asoschisi Usoma bin Lodin 2011-yil mayida Pokistonda yoʻq qilingan. Uning oʻlimdan soʻng Ayman al-Zavahiriy tashkilot etakchisiga aylandi.

«Al-qoida» – «Butunjahon yahudiy va xristianlarga

qarshi kurash islom jihodi fronti» bir qator xalqaro diniy-ekstremistik

va terrorchi tashkilotlar bazasidan iborat.Mazkur harakat asosan«alqoida» deb yuritiladi. «Al-qoida» tashkilotining bo'linma va

shaxobchalari ko'plab mamlakatlarda hozirgi kunda ham faoliyat olib boradi.

Tashkilot g’oyalari.Butun dunyo musulmonlarini ijtimoiy, milliy va

davlat boshqaruvi qanday bo'lishidan qat'i nazar «diniy» birligini

ta'minlash hamda ularning siyosiy jihatdan yagona «xalifa» atrofida

birlashish g’oyasini ilgari suradi. «Al-qoida» faoliyati soxta salafiylik

g’oyalari va Sayyid Qutbning kitoblarida bayon qilingan tamoyillarga

asoslanadi. Shu bilan birga, o'z saflariga qo'shilmagan musulmonlarni

«takfir»da ayblab, ularga qarshi «jihod» e'lon qilgan.

a'zolariga «johiliyat» davrida yashayotganligi uchun mast qiluvchi

ichimliklarni ichish va chekishga ruxsat bergan.

"MUSULMON BIRODARLAR" ("al-Ixvon al-muslimun") — diniy- siyosiytashkilot. 1928 yil Misrning Ismoiliya shahrida tuzilgan. Asoschisi — Shayx hasan al-Banno (1906—49). Uning siyosiy qarashlari Muhammad al-Gʻazoliy, Muhammad Abdu, Jamoliddin alAfgʻoniy, Rashid Rizo kabi panislomiy modernistlarning taʼsirida shakllangan. U islomning sunniylik oqimitaʼlimotidan chetga chiqmagan holda "jihod", "islomiy milliyatchilik", "islomiy davlat"konsepsiyalarini ishlab chikdi. Sayyid Qutb, Mustafo as-Siboi tashkilotning tanikli mafkurachilari boʻlgan. Sayyid Qutbning "Islomda ijtimoiy adolat" asari uyushma taʼlimotining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Tashkilotning maqsadi musulmon oʻlkalarda "islomiy adolat" tamoyillariga asoslangan jamiyat barpo etishdan iborat. Bunga esa "islomiy taraqqiyot yoʻli" bilangina erishish mumkin. "Musulmon birodarlar" mafkurasining gʻoyaviy asosini "islom faqatgina diniy eʼtiqod boʻlmasdan, balki mukammal dunyoqarash hamda ijtimoiy tuzumdir", degan aqida tashkil etadi. "Musulmon birodarlar" murakkab tuzilmali, harbiylashgan boʻlimlarni oʻz ichiga olgan. Misrdan boshqa mamlakatlar (Suriya va Livan)da ham boʻlimlari bor. Uning faoliyati keng ijtimoiy qatlamlarni qamrab olgan boʻlsada, tashkilot aʼzolari talaba-yoshlarni oʻzlarining asosiy zarbdor kuchi deb hisoblaganlar. "Musulmon birodarlar" xayr-ehson qilish va maʼrifatchilik faoliyatidan (1928—36) to siyosiy hayotda terror metodini keng qoʻllashda faol ishtirok etishgacha boʻlgan murakkab taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdi. 1930-yillarning oʻrtalaridan xalifalik shaklidagi "islomiy davlat" qurish gʻoyasi targʻibotiga zoʻr bera boshladi. Hasan alBanno vafotidan soʻng "Musulmon birodarlar" faoliyati yanada siyosiylashib bordi. Natijada u 3 yoʻnalishga boʻlinib ketdi: "moʻʼtadil birodarlar" (asosan, Hasan al-Banno va Sayyid Qutb izdoshlari); "islomiy demokratlar" "islomiy sotsializm" taʼlimotining turli kurinishlari tarafdorlari; harbiylashgan ekstremistik islomiy tashkilotlar ("Katoib Muhammad", "Junud Alloh", "at-Takfir va-l-hijra", "at-Tahrir al-islomiy"). "Xizb uttaqrir al-islomiy" diniysiyosiy partiyasi ham shular jumlasiga kiradi. "Musulmon birodarlar" uyushmasi boʻlinishi tufayli yagona tashkilot sifatini yoʻqotdi va 1950-yillardan "Musulmon birodarlar" harakati ("alIxvoniyya") deb yuritila boshladi. Shu davrdan boshlab "Musulmon birodarlar" harakati ekstremistik faoliyati uchun faqat Misrda emas, balki boshqa davlatlarda ham gʻayri qonuniy deb eʼlon qilinib man etilgan. "Musulmon birodarlar" harakati Misr, Suriya, Iordaniya va Livanda faoliyat koʻrsatib, bu mamlakatlardagi siyosiy jarayonlarga katta salbiy taʼsir qilmoqda. "Musulmon birodarlar"ning birinchi jur. "al-Ixvon al-muslimun" 1933 yildan chiqa boshlagan. 1980-yillardan boshlab "ad-Daʼva" ("Daʼvat") jur. "Musulmon birodarlar" ning asosiy nashridir.

40-davlat va din munosabatlari.

Davlat va din munosabatlarining ildizlari juda qadim

davrlarga borib taqaladi. Ayni paytda ushbu munosabatlar turli tarixiy davrlarda har xil mazmun kasb etgan.

O‘rta asrlarda din jamiyatning barcha sohalarida, shu

jumladan, davlat hayotida to‘la hukmronlik qilgan davrlar ham bo‘lgan. Ayrim davlatlarda din butunlay inkor

etilgan, ya’ni ateizm ustunlik qilgan.

XXI asr boshlarida davlat va dinning o‘zaro munosabatlari bo‘yicha davlatlarni quyidagi guruhlarga bo‘-

lish mumkin:

• dinga davlat dini maqomi berilgan davlatlar;

• cherkov ta’siri doirasidagi davlatlar;

• dunyoviy yoki diniy munosabatlarda betaraflik

yo‘lini tutuvchi davlatlar;

• rasmiy dinga ega bo‘lmagan davlatlar;

• din davlatdan ajratilgan davlatlar;

• katolik cherkovi bilan kelishuvga ega davlatlar;

• huquqiy e’tirof etilgan diniy guruhlarni muhofaza

qiluvchi davlatlar;

• diniy-jamoaviy tizimli davlatlar.

Davlatlarni bunday guruhlashtirish nisbiydir. Shunday bo‘lsa-da, u davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarning asosiy xususiyatlarini ochib beradi. Shu bilan birga, bir davlat o‘z belgilari bo‘yicha bir necha guruhga

ham kirishi mumkin.

DAVLAT VA DIN MUNOSABATLARINING

HUQUQIY ASOSLARI

Hozirgi davrda jahondagi bir qator davlatlar dinning

davlatdan ajratilganini yoki davlatning diniy tashkilotga

nisbatan betarafligini Konstitutsiya yoki qonun darajasida belgilab qo‘ygan.

Yuridik tan olingani yoki olinmaganidan qat’i nazar,

barcha davlatlar din va e’tiqod erkinligiga hurmat bilan

qarashlarini e’lon qilganlar.

Hozirgi davrda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar bir qator xususiyatlari bilan ajralib turishini

ta’kidlash zarur. «Sovuq urush» davri tugaganidan keyin

dinga qarshi hujumkorlik hamda diniy faoliyat ustidan

nazorat qilish siyosati yengillashdi. Bu, bir tomondan,

diniy erkinlikning ta’minlanishiga xizmat qilgan bo‘lsa,

ikkinchi tomondan, diniy sektalarning ko‘payishi, yangilarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Mazkur jarayon sektalar yoki yangi diniy oqimlar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishni taqozo etdi.

O‘ZBEKISTONDA DAVLAT VA DIN

MUNOSABATLARI

O‘zbekistonda o‘z mohiyati, mazmuni va huquqiy

asoslariga ko‘ra din davlatdan ajratilgan hamda vijdon

erkinligi, konfessional bag‘rikenglik tamoyili mustahkamlangan. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilganligi hamda

qonun oldida tengligi qayd etiladi. Shu bilan birga

davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmasligi

belgilab berilgan.

Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonuni mazmunini tashkil etadi. Bu esa mamlakatimizda

davlatning diniy ishlarga, dinning esa davlat ishlariga

(qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno) aralashmasligini anglatadi. Shu bilan birga Asosiy Qonunimizda davlat o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va

an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deb ta’kidlanadi.

Diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradilar. Diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish

ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir.

Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da,

din jamiyatdan ajratilmagan. Chunki, har qanday dinga

e’tiqod qiluvchi fuqaro jamiyatning tarkibiy qismi va

shu sababli din fuqarolik jamiyatida o‘z mavqeyiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi demokratik prinsiplarga sodiqligining ifodasi sifatida davlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarida quyidagi

prinsiplarga amal qilishini e’lon qildi:

• dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;

• diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;

• diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning

ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham

huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib

qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

• ma’naviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun

ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash;

• dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga

yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish.

Respublikamiz hududida davlat va din munosabatlarini

tartibga solish, diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita shug‘ullanadi.

Qo‘mita o‘z faoliyatini 1992-yilda boshlagan. O‘tgan davr

mobaynida yangi sharoitlarning yuzaga kelishi, davlatimiz

taraqqiyotning yangi bosqichiga o‘tishi munosabati bilan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi farmoniga binoan qo‘mita faoliyati isloh qilindi.

Jumladan, xodimlar soni ko‘payib, ularning oylik maoshlari oshirildi. Shu bilan birga qo‘mita huzurida din sohasida



yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘rganish

bo‘yicha markaz tashkil qilindi.
Download 20,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish