Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi



Download 0,95 Mb.
bet6/84
Sana31.03.2023
Hajmi0,95 Mb.
#923890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
Bog'liq
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti marketing kafedrasi

3. Marketingning maqsadlari

Marketing maqsadi ishlab chiqarishni haridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda uni tashkil etgan narx, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:



  • haridorlar ehtiyojini o‘rganish va aniqlash;

  • narxning faoliyatini haridorlar ehtiyojiga moslashtirish;

  • avvalo talab va taklif to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o‘rganish;

  • tovarlar reklamasini tashkil etish, haridorlarni tovarlarni sotib olishga qiziqishini orttirish;

  • tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadkikotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to‘plash va tahlil qilish;

  • tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish;

  • to‘ldiruvchi tovarlar va o‘rnini bosuvchi tovarlar to‘g‘risida axborot yig‘ish;

  • tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amlaga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.

Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiklashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
Marketingni vazifalari quyidagi chizmada berilgandir.


2-chizma. Marketingni vazifalari5.
Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati anik natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o‘zaro aloqadordir. Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:

  • bozorni egallash;

  • rentabellik;

  • moliyaviy barqarorlik;

  • ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash;

  • bozordagi mavjud va prestijni tashkil etish va mustahkamlash.

Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo‘lish mumkin. Ular iqtisodiy ko‘rsatkichlar va firmaning o‘xshash mahsulotni ishlab chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy tasdiqlangan maqsadi bo‘lib inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat ekanligini hisobga olgan holda, «Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?» degan savolga umumlashgan tarzda to‘rtta muqobil javob mavjud:
1. Maksimal yuqori iste’molga erishish.
2. Iste’molchilarning maksimal qondirilishiga erishish.
3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta’minlash.
4. Hayot sifatini maksimal ko‘tarish.
Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste’molga erishish. Ko’pchilik rahbarlar marketingning maqsadi - ishlab chiqarishning maksimal o’sishi va korxonaning boyishida asosiy omil yuqori iste’molga erishishni rag‘batlantirishda deb biladilar. Bu fikrni boshqacha ifodalasak, odamlar qancha ko’p sotib olsa va qancha ko’p iste’mol qilishsa, shuncha baxtli bo’ladilar degan ma’noni anglatadi. Lekin, ba’zi bir kishilar moddiy boyliklar massasining ortishi katta baxtga erishishdan dalolatdir degan fikrga shubha bilan qaraydilar. Demak, marketingning maqsadi faqat mumkin bo’lgan maksimal iste’molga erishishdangina iborat emas ekan.
Iste’molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish. Bu nuqtai nazarga muvofiq marketing tizimining asosiy maqsadi mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste’molga erishish emas, balki iste’molchilarning talabini maksimal qondirishdan iboratdir. Bu degani tovar massasi iste’moli ko’p bo’lsada, u biron-bir ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Ularning ahamiyatliligi, tovar massasining ko’pligi bilan emas, balki bu tovar massalarining qanchalik darajada iste’molchilarning talabini qondira olishi bilan o’lchanadi. Afsuski, iste’molchilarning talabining qondirilish darajasini o’rganish to hozirgi kungacha muammoligicha qolmoqda.
Iste’molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashga imkoniyat yaratish. Ba’zi bir bozor mutaxassislari marketing tizimining asosiy maqsadi tovarlar xilma-xilligini maksimal ta’minlash va iste’molchilarning keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratishdan iboratdir deb hisoblaydilar. Tizimning maqsadi iste’molchining talabiga to’liq mos keladigan tovarni topishiga yordam berishdan iborat bo’lishi kerak.
Aholi turmush darajasi sifatini oshirish. Ko’pchilik mutaxassislar marketing tizimining asosiy maqsadi aholi “turmush darajasining sifati”ni yaxshilashdan iborat deb biladilar. Bu tushuncha quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) tovarning sifati, miqdori, assortimenti, narxi;
2) mehnatga haq to’lash darajasi;
3) madaniy muhitning sifati va boshqalar.
Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo‘lib hisoblanadi. Marketingni qo‘llaydigan firmaning asosiy umumlashgan maqsadi va vazifasini Filipp Kotler quyidagicha ta’riflaydi:

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish