Nazorat va muhokama uchun savollar: 1. Global marketingda narx shakllanishining o’ziga xos xususiyatlari nimalar?
2. Xalqaro bozorlarda narx shakllantirish qanchalik muhim?
3. Tashqi savdoda narx shakllanishining asosiy shakllari ayting.
4. Zamonaviy narx shakllanishining asosiy shakllariga nimalar kiradi?
5. Narx strategiyalarining turlarini bilasizmi?
6. Mahsulotlarga narx belgilashda narx strategiyalarining o’rni qanchalik muhim?
9.2-ma’ruza. Global marketingda narx strategiyalari qo’llanilishi va inkoterms narxlar Reja: 1. Tashqi savdo narhlarini hisoblashning umumiy uslubiy yo‘nalishlari. 2. Marketingda narhlarni hisoblash usullari. 3. INKOTERMS ta’minot bazisi asosidagi jahon narxlari.
1. Tashqi savdo narxlarini hisoblashning umumiy uslubiy yo‘nalishlari Eksport narxini hisoblash mexanizmi o‘z ichiga quyidagilarni kiritadi:
mavjud ma’lumotlardan eksport qilinishi lozim bo‘lgan tovarga o‘xshash tovarlarning oxirgi yillardagi narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tanlab olinadi;
sotish tavsiya etilayotgan tovarning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, jumladan, yetkazib berish shartlari va narxlar oldindan tayyorlab qo‘yilgan jadvalga kiritiladi;
tijorat o‘zgartishlari yordamida sotish taklif etilayotgan tovar narxi tanlangan bozorda sotish shartlariga keltiriladi. Bunda mazkur tovarning raqobatchi tovaridan texnik-iqtisodiy farqlari hisobga olinadi (agar farq sizning foydangizga bo‘lsa, narx o‘sadi, aks holda esa - kamayadi);
raqobatchi tovarlardan bir nechtasini tanlash maqsadga muvofiqligi sababli o‘rtachalashtirilgan narxni olish zarur. Bu narx haridor bilan muzokaralarda boshlang‘ich narx vazifasini o‘taydi. Eksportchi o‘zining tijorat takliflarida boshlang‘ich narxni 10-20 %ga oshirib qo‘yadi va asta-sekinlik bilan haridor uchun maqbul darajagacha tushiradi.
Import narxni hisoblashda uning shakllanishidagi o‘ziga xosliklarni hisobga oluvchi boshqacha tartib belgilangan:
1. Haridor asosiy ishlab chiqaruvchi firmalardan o‘ziga kerakli tovarni yetkazib berish bo‘yicha takliflarni so‘raydi. Bu maqsadda ishlab chiqaruvchilar manziliga kerakli mahsulotga bo‘lgan texnik-iqtisodiy talablar va uni yetkazib berishning asosiy shartlari yuboriladi.
2. Javob tariqasida olingan tijorat takliflari (oferta) oldindan tayyorlab qo‘yilgan va taklif etilayotgan tovarga qo‘yilgan talab bo‘yicha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar, shuningdek, haridor firmalar tomonidan taklif etilgan narx va yetkazib berish shartlari ko‘rsatilgan jadvalga kiritiladi.
3. Bu ma’lumotlar har bir firma bo‘yicha to‘g‘irlashlar yordamida yagona bazisga keltiriladi va uning asosida tovarning keltirilgan narxi yaratiladi.
4. Jadvaldagi eng kichik narx sotuvchi bilan kelishishda asos qilib olinadi va haridor uchun qulay narxga kelguncha tushiriladi.