Keys stadi
“Tashqi bozorlarga kirish usullari”
1. Marketing vaziyati
Germaniyaning «Dayko» firma 20 yildan ortik vaqt mobaynida armatura, vannaxona va suv tizimlari uchun kurilmalar (kranlar, detallar, maxkamlash vositalari, dushxonalar) ishlab chiqarishga ixtisoslashib keladi. Firma o‘z mahsulotlarini shaxsiy uy xo‘jalikariga ham, turli tashkilotlarga ham taklif qiladi.
Mahsulot differensiatsiyasi firma tomonidan hajmi, rangi, stili, materiali (metall va plastika) bo‘yicha amalga oshirilib, bu bozordan mustaxkam o‘rin egallashga imokn beradi.
«Dayko» firmasi o‘zbekiston bozoriga chiqishga karor qildi va uni tadqiq etishni boshladi. Olingan umidli natijalar kompaniyani O‘zbekiston bozoriga faollik bilan kirishga undadi va buning uchun bir yil muddat belgilandi.
2. Muammo
O‘zbekiston bozoriga kirishning optimal usulini tanlash hisobiga bu bozorga muvaffaqiyatli kirib borishni ta’minlash.
3. Vazifalar
1.Kompaniyaga O‘zbekiston bozoriga kirish yo‘llarini taklif qilish.
2.Har bir imkoniyat bilan bog‘liq potensial kiyinchiliklarni aniqlash.
3.O‘zbekiston bozoriga kirish usulini tanlash va asoslab berish.
4.Tovar harakatlanishi va taqsimoti tizimi bo‘yicha tavsiyalar berish.
4. Vazifani bajarish algoritmi
1. Marketing vaziyati ma’lumotlari umumiy tahlilini o‘tkazing.
Firmaning yalpi aylanmasi 40 mln nemis markasiga teng bo‘lib, firmaning boshqa mamlakatlardagi ulushi to‘g‘risidagi boshlangich ma’lumotlar mavjudligi sababli yangi bozordagi sotuv hajmi ilgari egallangan bozorlarga nsibatan yuqori bo‘lishini taxmin qilish mumkin.
Demak, sotuv hajmi 4-5 mln markadan oshmaydi. Birinchi yilda uchraydigan muammo – o‘zbekiston bozoriga muvaffakiyatli kirib borishni qanday ta’minlash. Bu birinchi navbatda logistika, marketing samaradorligi va xokazolarga bog‘liq.
Kompaniya Germaniya hududidan tashkarida marketing faoliyati tajribasiga ega bo‘lib, uning bozorga ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlari ham mavjud. o‘zbek bozorini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar tovarlarni tarkatish muammolari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Mahsulot keng qo‘llanadi, ishlab chiqarish ixtisoslashmagan. Kompaniya markasi bozorda tan olingan. Vaziyatni ilgari suruvchi, uni harakatlanitruvchi kuch bu kompaniyani kengaytirish, rejalashtirilgan usishdir.
2. Topshiriqda qo‘yilgan vazifalarga muayyan javoblar tayyorlang, bunda quyidagi asosiy va qo‘shimcha materiallardan foydalaning.
Quyidagi qo‘shimcha materiallarni tahlil qilib, bozorga kirib borishning o‘z variantingizni tanlang va uni asoslab bering.
Tovarni harakatlantirsh bo‘yicha o‘z tavsiyalaringizni bering va asoslab bering.
5. Vaziyatni tahlil qilish varagi
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
javob
|
Tahlil
|
Berilgan muayyan vaziyatni tadqiq qilish va uni xal ilish uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash
Vaziyat ob’ekti tavsifnomasi, asosiy ko‘rsatkichlar.
|
|
Muammoni aniqlashtirish
|
Muammoning moxiyatini qisqacha ifodalash
|
|
Harakatlar ketma-ketligini belgilash
|
Axborotni strukturalashtirish
|
|
Konseptual jixatlarni aniqlash
|
Amaliy vaziyatda katnashchilar nuktai nazaridan kurib chiqiluvchi savollarni bayon qilish.
|
|
Mukobil yechimlarni aniqlash va eng yaxshi variantni tanlash
|
Mukobil variantlarni sanab utish. Ularning ijobiy va salbiy jixatlarini aniqlash. Vazifani bajarishning eng optimal mukobil variantini tanlash.
|
|
Yechimni tayyorlash
|
Tanlangan mukobil variantni detalli ifodalash.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |