O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI IQTISODIYOT KAFEDRASI
Ik320 - guruh
Bajaruvchi_____________
Imiy rahbar: ________________________
5230100- “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)”
Samarqand-2021
Hisobot rejasi:
Kirish
Oʼzbekiston Respublikasida Davlat boshqaruvi uch turdagi xokimiyatlar tomonidan tashkil etiladi. Bular Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlaridan iborat. Qonun chiqaruvchi xokimiyat - Oliy Majlis boʼlib, u quyi va yuqori palatadan tashkil topgan.
Ijro xokimiyatiga Vazirlar Maxkamasi boshchiligida vazirliklar, idoralar, Toshkent shaxri va shaharlar xokimliklari kiradi. Ijro xokimiyati bir soʼz bilan aytganda joylarda qonunlarning ijrosini taʼminlash vazifasini bajaradi. Sud xokimiyatiga Respublika Oliy sudi boshchiligida turli soxalardagi barcha sudlar kiradi. Sudlar ijro xokimiyati xamda fuqarolar tomonidan qonunlarning buzilishiga yoʼl qoʼymaslikni taʼminlaydi.
Shahar xokimligi shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xududlarda Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari, xalq deputatlari shahar Kengashi xamda shahar xokimining qaror va farmoyishlari, bayonnomalari, topshiriqlari ijrosini taʼminlaydi.
Shahar xokimligi oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Maxkamasi xamda xalq deputatlari shahar Kengashi oldida xisob beradi. Shahar xokimligi vakolatlarining amalga oshirilishi shahar xokimi, xokim oʼrinbosarlari, shahar xokimligining doimiy, muvaqqat komissiyalari, tegishli qarorlar bilan tashkil etilgan boshqa ishchi organlarning xamda shahar xokimligi apparatining tashkiliy-amaliy ishi bilan taʼminlanadi.
Shahar xokimligi faoliyati shahar xokimi tomonidan tashkil etiladi. Shahar xokimi qonun xujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida xududdagi barcha organlar, korxonalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʼlgan qarorlar chiqaradi. Shahar xokimining meʼyoriy tusdagi yoki muxim axamiyatga ega boʼlgan xujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi. Shahar xokimining tezkor va boshqa joriy masalalar boʼyicha xujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi. Shahar xokimligi apparati oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va "Maxalliy davlat xokimiyati toʼgʼisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 29 mart 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Oʼzbekiston Respublikasi shaharlari, shaxarlari va tumanlari xokimliklari apparatlarida ish yuritish va xujjatlar ijrosini nazorat qilishni tashkil etish boʼyicha yoʼriqnoma" xamda shahar hokimligining reglamentiga amal qiladi. Fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlari boʼyicha ish yuritish "Fuqarolarning murojaatlari toʼgʼrisida"gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |