HADIS (arab. – “xabar”, “yangilik”), hadislar – Muhammad s.a.v. ning aytgan so’zlari, qilgan ko’rsatmalari to’g’risidagi rivoyatlar. Ikki qismdan iborat bo’ladi: matn va isnod. Hadis ikki turga bo’linadi: 1. Hadisi qudsiy; 2. Hadisi Nabaviy. Hadislar e’tiborga olinishi jihatidan yana uch qismga bo’linadi: 1. Sahih. 2. Hasan. 3. Zaif.
HAZRATI IMOM MAJMUASI, Hastimom – Toshkyentdagi mye’moriy yodgorlik. Majmua qurilishiga imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil al-Qaffol ash-SHoshiy (904-976) ning qabri asos bo’lgan. Qabr va uning atrofida vujudga kyelgan qabriston hamda mye’moriy yodgorliklar majmuasi (Kaykovus bog’i bilan birga) Hazrati imom nomi bilan ataladi. XVI asrning 30 –yillarida 2 ta maqbara qurilgan; kattasi Toshkyentning shayboniylar sulolasidan bo’lgan xoni Suyunchxo’jaxon maqbarasi dyeb taxmin etiladi. XVI asrning 50- yillarida bu binolar Baroqxon madrasasi mye’moriy yodgorligt tarkibiga qo’shilgan. O’sha davrda Qaffol SHoshiy maqbarasi bunyod etilgan.
HIJRIY YIL HISOBI – xalifa Umar ibn Xattob tomonidan joriy qilingan musulmonlar yil hisobi. Muhammad s.a.v. va safdoshlarining Makkadan Madinaga ko’chishi bilan bog’liq. Qamariy (hijriy-qamariy yil) va shamsiy (hijriy-shamsiy yil)ga bo’linadi. Qamariya bo’yicha Hijriy yil hisobi 622-yilning 16-iyulidan boshlanib, sinodik oy (29,530588 kun)ga asoslangan. O’n ikki oydan iborat bir qamariy yil 354, 3671 kundan iborat bo’ladi. Qamariy yilda 1, 3, 5, 7, 9 va 11 oylar 30 kundan, qolganlari 29 kundan butun qilib olingan. Oylar tartibi bilan muharram, safar, rabbiul avval, rabbiul oxir, jumodil oxir, rajab, shabon, ramazon, shavvol, zulqada, zulhijja dyeb ataladi. Qamariy yil tropik yildan (hozirgi grigoriy taqvimidan) 10-12 kun qisqa.
Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari:
Asosiy adabiyotlar
“Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari / Mualliflar jamoasi. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2017.
Shermuhamedov K., Karimov J., Najmiddinov J., Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari /O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: «Toshkent islom universiteti» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2017
Hasanboev O‘. O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari: diniy tashkilotlar, oqimlar, mafkuraviy kurashning dolzarb yo‘nalishlari. –Toshkent: “Toshkent islom universiteti” nashriyot-matbaa birlashmasi, 2014.
Tulepov A. Islom va aqidaparast oqimlar. To‘ldirilgan nashr. Mas’ul muharrir Shayx Abdulaziz Mansur. – Toshkent: Sharq, 2014.
Do'stlaringiz bilan baham: |