Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Diniy ekstremizm va terrorizmning mintaqada namoyon bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari



Download 4,19 Mb.
bet10/19
Sana27.05.2022
Hajmi4,19 Mb.
#611792
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
2 5215581050427676356

Diniy ekstremizm va terrorizmning mintaqada namoyon bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari.
O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillari diniy erkinliklarga keng yo’l ochildi. Haqiqiy diniy e’tiqod erkinligi qonun yo’li bilan kafolatlandi. Bugungi kunda mamlakatimizda turli diniy konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar, shu jumladan, oliy va o’rta mahsus diniy bilim yurtlari faoliyat yuritayotgani, fuqarolarning emin-erkin diniy amallarni bajarayotgani buning yorqin isbotidir. Biroq, bugungi kunda siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan ba’zi guruhlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Ekstremistlarning 2005 yil may oyida Andijonda amalga oshirgan terrorchilik harakatlari, 2006 yilning may oyida Qirg’izistonning Botkent tumani va Tojikistonning Isfara tumanida chegarachilarga, avgust-sentyabr oylarida Qirg’izistonning O’sh va Jalolobod viloyatlarida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga qurolli hujum uyushtirishlari oqibatida begunoh odamlar xalok bo’ldi, xalq osoyishtaligi buzildi. O’tgan asrning 80-yillaridan Afg’oniston diniy ekstremizm va fundamentalizmning yirik o’chog’iga aylandi. Ayrim yirik davlatlar o’zlarining geosiyosiy manfaatlarini ro’yobga chiqarish ilinjida Afg’onistondagi radikal islomchilarni amalda qo’llab-quvvatladi. Markaziy Osiyoga diniy ekstremizmning kirib kelishida Afg’oniston darvoza vazifasini o’tadi. Diniy-ekstremistik guruhlarning bosh maqsadi – “xalifalik” davlati tuzish shiori ostida siyosiy hokimiyatni egallashdir. Hozirgi kunda ko’proq “O’zbekiston islom harakati” (ikkinchi nomi - Turkiston islom harakati), “Hizbut tahrir”, “Akromiylar”, “Nurchilar” va “Tablig’chilar” kabi diniy ekstremistik va terrorchi guruhlarning faoliyati kuzatilmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, O’zbekistonda bunday tahdidning yuzaga kelishiga quyidagilar sabab bo’ldi: – “qayta qurish” davrida nafaqat siyosiy va iqtisodiy inqiroz, balki mafkuraviy parokandalik ham yuzaga kelgan edi. Sovet imperiyasi barbod bo’lgach esa, mafkuraviy bo’shliq o’zining xatarli oqibatlarini namoyon qildi; – e’tiborli diniy ulamolar o’rnini soxta “islomchilar” egallashga intilishlari va ular tomonidan islom asoslari buzib talqin qilinishi boshlandi; – aholining islom diniga bo’lgan katta qiziqishidan foydalanib, xalqaro ekstremistik markazlar tomonidan mintaqada diniy mutaassiblik ruhidagi adabiyotlarni tarqatish kengaytirildi; – din niqobi ostida faoliyat olib boruvchi, aslida ayrim davlatlarning g’arazli geosiyosiy va geostrategik qarashlari natijasi o’laroq shakllangan, qo’poruvchilik maqsadini ko’zlagan turli oqim va yo’nalishlarga mansub xorijiy da’vatchilar mintaqaga o’z g’oyalarini olib kira boshladilar; – mintaqa davlatlari chegaralarining mustahkam emasligi turli ekstremistik kuchlarga narkotrafik, qurol-yarog’larning noqonuniy savdosi orqali moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamlab olishga va mintaqa bo’ylab erkin harakat qilishga zamin yaratdi. Qisqa qilib aytganda, sho’ro davridan meros bo’lib qolgan og’ir ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuki yuqorida qayd etilgan sabablar bilan qo’shilib diniy ekstremistik oqimlarning shakllanishi va faollashuviga qulay sharoit yaratdi. Umuman olganda esa, diniy ekstremizm mintaqada yashirin, keyinroq ochiq-oshkora tashviqot va zo’ravonlikka asoslangan faol harakatlar, so’ng unga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar natijasida yana o’ta maxfiy ishlash asnosida targ’ibot olib borish va qo’poruvchilik xurujlarini sodir etishdek sifatiy bosqichlarni bosib o’tdi, deyish mumkin.
Zamonaviy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash davlatlarning doimiy e’tiborini, uning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan ko’p qirrali siyosatni amalga oshirishda sabrlilik va sobitlikni talab etadi. Shakllanib, keng tarmoq otgan terrorizmga qarshi kurashda kuch ishlatmagan davlatlar zaiflashib, o’z xalqi va mamlakati osoyishtaligi va barqaror rivojlanishini xavf ostida qoldiradi. Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bog’liq bo’lgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir. Shunday ekan, terrorizm global miqyosga chiqqan hozirgi sharoitda, davlat unga qarshi kurashda ichki va tashqi omillarning ta’sirini hisobga olgan holda, muvozanatlashtirilgan strategiyani ishlab chiqishi kerak. Shu nuqtai nazardan qaraganda, O’zbekiston Respublikasining o’z taraqqiyotining o’ziga xos jihatlarini, haligacha terrorizm, narkobiznes, noqonuniy qurol-yarog’ savdosi kabi qator tahdidlar mavjud bo’lgan Markaziy Osiyodagi kuchlar nisbatini hisobga olib, ishlab chiqqan ichki va tashqi siyosati alohida ahamiyatga molikdir. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ushbu strategiyasida mamlakatimizning xalqaro hamkorlik dasturlarida, davlatlarning terrorizmga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarini birlashtirishda faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadlari o’z ifodasini topgan. Bu sohada o’zbek tashqi siyosatining negizini o’z kuchlarini hozirgi davrning asosiy tahdidi bilan qarshi kurashga yo’naltirishga tayyor barcha davlatlar bilan faol hamkorlik qilish tashkil etadi. Shu o’rinda, O’zbekiston amalda mintaqada va butun dunyoda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan barcha xalqaro dastur va ikki tomonlama hamkorlik aloqalarida faol ishtirok etayotganini ta’kidlash zarur. Shuningdek, O’zbekiston davlatining barqaror taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ichki siyosati ham ekstremizmning paydo bo’lishi va rivojlanishi hamda ekstremizmdan terrorizmning kelib chiqishini bartaraf etishga qaratilgan faol strategiyadir. Unda ekstremizmga qarshi kurash orqali bunday tuzilmalar bag’rida voyaga yetishi mumkin bo’lgan terrorchilar faoliyatining oldini olishga intilish o’z aksini topganini ko’rish mumkin. Bugungi kunda o’zbek davlati tomonidan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bu kurash strategiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurish, iqtisodiyot, qishloq xo’jaligi, ta’lim, xususan, o’rta maxsus ta’lim tizimi, sog’liqni saqlash, sport va boshqa sohalardagi keng ko’lamli ijobiy o’zgarishlar bu strategiyaning tarkibiy qismi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi ahvolni belgilab beradigan, mamlakatdagi barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladigan chora- tadbirlar tizimi hisoblanadi. Kuchli iqtisodiyotga ega O’zbekistonning barqarorligi butun mintaqaning barqarorligini bildiradi. Bu, sog’lom muvozanatga asoslangan, serqirra va har xil darajali strategiyada ma’naviyat va mafkuraviy tarbiya alohida o’rin tutadi. Mutaxassislar ekstremizmning paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’lgan omillar ichida mafkuraviy bo’shliqning ta’siri va qadriyatlar mo’ljallaridagi beqarorlikda namoyon bo’lgan nomutanosiblikni alohida ajratib ko’rsatadilar. Mafkuraviy bo’shliq ko’pincha kishilarda jamiyatdagi mavjud holatni, ijtimoiy muhitni noto’g’ri idrok etishga, uning irodasini boshqa kishiga bo’ysundirish va dunyoqarashida agressivlikni shakllantirishga xizmat qiladigan nosog’lom g’oyalar bilan to’ldirilishiga zamin yaratadi. «Zombilashtirish» deb ataladigan bu texnologiya yaxshi shakllanmagan ma’naviyat, bo’sh iroda va nosog’lom intilishlar muhitidagina ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Shuning uchun ham, O’zbekiston ekstremizmga qarshi kurashda, uning paydo bo’lishi va rivojlanishini bartaraf etish ishlarida g’oyaviy tarbiya, xususan, mamlakat yoshlarida yuksak ma’naviyatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor bermoqda. Zero, bunday yondashuvda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, milliy o’zlikni tiklash va mustaqillikni mazmunan boyitishga asoslangan milliy istiqlol g’oyasi, ma’naviyat va ma’rifat, to’g’ri shakllantirilgan ong ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash hamda jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashning eng muhim tizimi sifatida yuzaga chiqadi.

Download 4,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish