Respublikasining ―Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida‖gi
(1996y.), ―Turizm to‘g‘risida‖gi (1999y.), ―Mahsulotlar va xizmatlarni
sertifikatlashtirish to‘g‘risida‖gi (1993y.), ―Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida‖gi,
―O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi to‘g‘risida‖gi (1999y.), ―Alohida
Ayniqsa, turizm bozorida turistik faoliyatni huquqiy ta‘minlash va tartibga
solishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari va
ta‘minotini takomillashtirish borasida bir qator masalalar o‘z yechimlarini
to‘g‘risida‖gi Qonuniga zamonaviy turistik munosabatlar nuqtai nazaridan kelib
23
Xalqaro miqyosda turistik faoliyatni tartibga solish amaliyoti davlatlarning
turizm
masalalari
bo‘yicha
xalqaro
konvensiyalar,
deklaratsiyalar
va
shartnomalarga qo‘shilishi, ularning xalqaro turistik dasturlar va loyixalardagi
ishtiroki, hukumatlararo xamkorlik shartnomalarini tuzishi xamda turizmni
rivojlantirishdagi miliy konsepsiyalarni shakllantirishi va milliy turizmga oid
qonunchilikni ishlab chiqishda xalqaro xujjatlardagi asosiy tamoyil va qoidalarni
inobatga olishi orqali amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda turizm sohasiga oid ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni
tartibga solishda xalqaro huquqiy aktlar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularni bir
nechta guruhlarga bo‘lib o‘rganish mumkin.
Ushbu me‘yoriy aktlarning birinchi guruhiga O‘zbekiston Respublikasining
xorijiy mamlakatlar bilan turizm sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlari
hamda turizm sohasidagi xalqaro idoralararo shartnomalar kiradi.
Xalqaro me‘yoriy aktlarning ikkinchi guruhiga xalqaro konvensiyalar
kiritilib, xalqaro turizm bozorining sub‘ektlari o‘rtasidagi shartnomaviy-kelishuvga
oid aloqa va munosabatlarni tartibga soluvchi hamda xalqaro miqyosda tan olingan
qoidalarni o‘rnatuvchi me‘yoriy-institut sifatida xizmat qiladi.
Xalqaro me‘yoriy aktlarning uchinchi guruhiga BMT kabi xalqaro
tashkilotlarning, BMT tizimidagi ixtisoslashtirilgan muassasalarning, masalan,
Butunjahon Turizm Tashkilotining va boshqa xalqaro tashkilotlarning qarorlari
(rezolyusiyalari) hamda turizm bo‘yicha Xalqaro konferensiyalarda qabul qilingan
xalqaro dekloratsiyalar kiritiladi.
Xalqaro me‘yoriy aktlarning to‘rtinchi guruhiga BTT ning hamda boshqa
xalqaro tashkilotlarning turizm sohasiga oid tavsiyanomalari kiritiladi (masalan,
BTT ning turistik statistikani soddalashtirishga oid tavsiyalari).
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda turizm faoliyatiga
asosiy davlat siyosati darajasida qaraldi. Soha rivoji uchun barcha zarur tashkiliy-
huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi va
bugungi kunga qadar takomillashtirilib borilmoqda. Bularning barchasi, hozirgi
kunga kelib, O‘zbekiston Respublikada turizm sohasini davlat tomonidan tartibga
24
solishning barcha zaruriy institutlari shakllanishi va takomillashib borishining
asosini tashkil etadi
Do'stlaringiz bilan baham: