davomida ekskursantlaming tik oyoqda va ochiq havoda bo‘ lishi
gidlarni qisqa gapirishga, guruh oldida turgan obyektlarni aniq
tavsiflashga, hodisalami lo‘nda hikoya qilishga majbur qiladi.
Gid hikoyasining davomiyligi obyekt o‘ziga jalb qila olishi
mumkin bo'lgan vaqtdan ziyod bo‘lmasligi, ko‘p holda bu jarayon
5-7 daqiqani tashkil etadi. Agar bu vaqtga rioya etilmasa, hikoya
qanchalik jonli bo‘lmasin, hech qanday usullar ekskursantlar
diqqat-e’tiborini tiklay olmaydi. Shuning uchun, uslubiy adabiyot-
larda «obvekt tili» degan atarna ishlatiladi. Gidning asosiy vazi-
falaridan biri ham obyektni «gapirtira olishi»dir.
Do'stlaringiz bilan baham: