О ‘smalar siqay qoshingga
,
alia,
D o‘ppilar
tikay boshingga, alia.
Allalar aytib uxlatay oyimchani, alia,
Beshikka solib tebratay begimchani, alia.
Tog ‘da kiyikning bolasi, alia,
Bog ‘da uzumning g ‘o ‘rasi, alia.
Do‘ppisida
ukki pari, alia,
Bu kimning nevarasi, alia?
Do‘ppining to‘rt tomoni falakning to ‘rt buijidir. Tomonlarga
chekilgan naqshlar burjlardagi yulduz, oylar aksidir. Bu do‘ppiga
ega xalq falakka yaqin, mumtoz xalqdir. Shoir kuylaganidek,
Qayga bormay, boshda do'ppim,
G‘oz yurarman gerdayib,
Olam uzra dong‘i ketgan
0 ‘zbekiston, o ‘zbegim.
Qayga bormay, boshda do‘ppim,
Shuhratim, qadrim buyuk.
Olam uzra nomi ketgan,
0 ‘zbekiston, o ‘zbegim.
250
Marg‘ilon do‘ppilarining ta’rifini yurtimizdagina emas, balki
xorijiy mamlakatlarda ham e ’zozlanib kelinayotganligiga amin-
miz. Marg‘ilon do‘ppilari Amerika, Kanada, Germaniya, Fran-
siyadagina emas, balki yashil qit’a hisoblangan Avstraliyada
ham o ‘z ixlosmandlariga ega. Buyurtma tarzida tayyorlangan
Marg‘ilon do‘ppilari xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlari-
miz, biznes olami namoyondalari ham katta qiziqish bilan qaraydi.
Yo‘rmado‘zlik Ortiqxon aya, Munisxon aya, Ominaxon aya, Habi-
ba opa, Roziyaxon aya, Adolatxon xoji aya kabi o‘nlab chevar-
larimiz o‘tmishda va hozirgi kunimizda nozik didli xalqimizning
do‘ppiga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondirib kelmoqdalar.
Ziyolilar oilasida tavallud topgan (1940-yil) Adolatxon xoji aya
G'ulomova xondo‘ppido‘zligi hamda milliy liboslar yaratish bora-
sidagi uzoq 50 yillik mehnati evaziga o‘ziga xos bo'lgan «Adolat
xon maktabi»ni bunyod etdi. Besh avlod vakilasi boMgan Adolat
xon aya 8 yoshidan boshlab volidai muxtaramalari Turg‘unoy
onalaridan do‘ppido‘zlik saboqlarini egallagan. Do‘ppining o‘ziga
xos bo'lgan nozik va bejirim «bodomcha», «Iroqi», «Chor guli»
kabi nusxalarini o‘zlashtirish bilan birga, murakkab shakl va ko‘p
qo‘l mehnati talab qiladigan «Tayi do'zi» ni ham o'zlashtirishga
harakat qilib keldi.
D o‘ppi baxmal, sidirg‘a shoyi, satindan bichilib, ip, ipak, zar
iplar bilan kashta tikiladi. Kashta tikib bezatilgan bo‘laklar (tepa,
kizak)ga astar yopishtirilib, mayda nozik chokda qaviladi va mus-
tahkamlanadi. Qaviqlar orasiga paxta yoki qog‘ozdan pilta uriladi.
So‘ng tayyor bo‘laklar bir-biriga ulanadi, kizak atrofi jiyak, ya’ni
tasma bilan hoshiyalanadi. Yelimlangan do‘ppilar taxtakachga
qo‘yiladi. Tayyor bo'lgan do'ppi bichimiga qarab, murabba, ko-
nussimion (dumaloq) shaklga ega bo‘ladi. D o‘ppi to ‘rt qismga
bo‘linadi, uning ikki qarama-qarshi qismi uchburchak hosil qiladi,
qolgan ikki qismi esa ular orasiga ikki buklanib qatlanadi. Shu
holda yangi do‘ppi sal namlanib, bosim tagiga qo‘yiladi, natijada
u m a’lum bir shaklga kiradi.
251
0 ‘zbek d o ‘ppisi - millatimizning faxri, ijodkor xalqimizning
qanchadan-qancha sirli naqshlar, suvratlar tarixini o ‘zida mujas-
sam etgan, chevarlarimiznlng mohirona san’at mahsulidir. Ular-
ning qav birini q o ‘Jingizga olmang, xalqimiz yaratgan san ’at asa-
rining bir butun bo‘Iagini tutgandek b o ‘lasiz.
(Ekskursantlarga d o ‘ppi turlarini kiyib kcrrishlari va
Do'stlaringiz bilan baham: |