Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ekskursiya xizmatini tashkil qilish


Salla ostidan kiyiladigan do‘ppi va yozuvli



Download 9,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/283
Sana10.02.2022
Hajmi9,27 Mb.
#441585
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   283
Bog'liq
Ekskursiya xizmatini tashkil qilishю Tuxliyev I Amriddinova R

Salla ostidan kiyiladigan do‘ppi va yozuvli
erkaklar do‘ppisi.
Joylaming tabiati kishilar didi, xalq amaliy san’ati usullari 
ta’sirida do‘ppining turli xillari vujudga kelgan. Viloyatlarning tu- 
manlarida tikiladigan 
Iroqi, Chust d o 'p p i, Gilam do ‘ppi, Chakma
to ‘r, Qizil gul, Piptado 'zi, Zardo ‘ppi, Guldirma 
deb nomlanadi- 
gari milliy do‘ppi turlari mavjud. Masalan, Surxondaryo (ayniqsa,
246


Boysunda) va Qashqadaiyoda yumaloq, konussimon tuzilishdagi 
do‘ppilar ipak tolalaridan tikiladi. Shahrisabzning tepa va kizagi 
yaxlit (ipak va ipdan) to ‘qilgan «gilam do‘ppi» si ham o‘ziga xos. 
Surxandaryoning Boysunida konussimon-yumaloq shakldagi, 
«to‘ldirma» deb ataluvchi kashta bilan bezatilgan, chetlariga jiyak 
va popuk bilan bezak berilgan piltado‘zi do‘ppilar mashhur. Bun- 
dan tashqari, ushbu hududlarda «Sanama», «Chizma», «Тах’уа», 
«Chumakli», «Qush» kabi turlari ham bor.
Buxoroda ularga asosan zardo‘zi kashta bilan bezak beril­
gan. Buxoro zardo‘zlarining zamindo‘zi ( «Yulduz», «Tovus» va 
boshqa ) do‘ppilari badiiy jihatdan yuqori baholanadi. Qadimda 
Buxoro erkaklarining do‘ppilari yumaloq shaklli, chap tomonida 
popugi bo‘lgan.
Chust, Marg‘ilon, Q o‘qon, Andijon kabi shahariarda do‘ppilar 
boshqa hududlardan ancha ilgari yaratilgan. Bugun ko‘pgina 
hududlar, masalan, Samarqand, Jizzax erkaklarining tepasi baland 
do‘ppilari aslida vodiydan kirib kelgan. Farg'ona vodiysida do‘ppi 
turlari rang-barang bo‘lib, ulardan «Sandali», «Akka ikki so‘m», 
«Chimboy» va «Surkachekma» kabi do‘ppilardir.
Toshkentda «duxoba do‘ppi» mashhur. U «Oq par», «Chor- 
gul» deb ham atalib, sidirg‘a baxmaldan tikiladi. Toshkent va An- 
dijonda biser bilan bezatilgan «Nozik» nomli do‘ppi ham mash­
hur.
Xorazmda do‘ppi deyarli kiyilmaydi. Voha erkaklari asosan 
chugurma kiyishadi.
Demak, do‘ppilaming oltita mahalliy guruhi farqlanadi: tosh- 
kentcha, farg‘onacha, buxorocha, qashqadaiyocha, surxondaryo- 
cha va xorazm-qaraqalpoqcha. 0 ‘sha davrlarda do‘ppilar nomi- 
ga ular yaratilgan shaharlar nomi ham qo‘shib aytilgan: «Chust 
do‘ppi», «Qo‘qon do‘ppi», «Shahrixon do'ppi», «Marg‘ilon 
do‘ppi», «Gilam (Shahrisabz) do‘ppi» va b.
Farg‘ona do‘ppichiligida «chust» do‘ppilaridan keyin, ularga 
o‘xshatma qilib marg‘ilon do‘ppilari yaratildi. Do‘ppining tepa
247


qismi to‘rt kaijga ajratilib, har karjiga bir dona qalampir nusxa 
tikilib, asosan qora rangdagi satin va ipak matolardan tayyorlanadi.
Marg‘ ilon do‘ppilarining qalampir nusxasi chust do‘ppisinikiga 
nisbatan ingichkaroq va kashta tikish usuli bilan farq qiladi. 
Marg'ilon xotin-qizlari do‘ppiIarining o ‘ziga xosligi shundaki, 
ularning tagligi yaxlit oq iplarda tikiladi. Bezagidagi asosiy mav- 
zu-gullayotgan buta, ba’zan uning shoxida turgan yashil yoki ko‘k 
rangdagi qush bo‘lib bunday do‘ppilar Farg‘onaning markaziy va 
g‘arbiy qismidagi barcha joylariga xos. Do‘ppilaming gullari oq 
ipak bilan tikilib, gul naqshlari bo‘rtib turadi. Bunday ko'rinishni 
hosil qilish uchun naqsh chizig‘i bo‘ylab chok ostidan yo‘g ‘onroq 
xom ipak (to‘shama) to ‘shalib tikiladi. Namga chidamli qog‘oz 
yoki matodan ingichka tasma qirqilib, tasma kashta naqshi ostiga 
joylanadi. Do‘ppilar «piltado‘zi» usulida tayyorlanib, kizagiga 
qora paxta va ipak ipdan tayyorlangan «chalrma» jiyaklar tikiladi.
12.8-rasm. 

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish